Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tashrif #Delegatsiya

Myunxen tashrifi chogʻida Bavariya Davlat kanselyariyasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boshqarma boshlig'i Doktor Marten Shlotter bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰"Yangi O'zbekiston" universitetida ilmiy ishlarni Bavariya industriyasi ehtiyojlari bilan integratsiyalash bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi va janob Shlotter tomonidan boshqaruv masalalarida ko‘mak berilishiga kelishib olindi.
———————
During the visit to Munich, the Delegation met with Dr. Marten Schlotter, Head of the Central Asian Cooperation Office of the Bavarian State Chancellery.

🔰A discussion was held at New Uzbekistan University on the integration of research with the needs of the Bavarian industry, and it was agreed that Mr. Schlotter would provide management assistance.
#Tashrif

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya vakillari Oʻzbekiston va Bavariya maktablari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida, Аugsburg shahrida joylashgan matematika va axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan maktabga tashrif buyurdi.U yerda maktab direktori Mariya Aptzsch uchrashuv oʻtkazildi.

🔹Ushbu uchrashuv davomida nemis tomoniga amalda ish yuritayotgan va yangi tashkil etilgan Prezident maktablari, shuningdek, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning taqdimoti oʻtkazildi.

🔸 Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha takliflar kiritildi.
#Tashrif

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori maslahatchisi Pak San Vu va universitetning o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i D.Mamatovlar tashrif buyurishdi.
🟢 Dastavval mehmonlar Abdulla Oripov muzeyida bo‘lishib, shoir hayoti va ijodiga oid eksponantlar bilan yaqindan tanishishdi.
🟢Faollar zalida Adju universiteti rektori maslahatchisi Pak San Vu va universitetning o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i D.Mamatovlar maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazishdi. Suhbat davomida ular Adju universiteti, fakultetlar, o‘qish jarayonlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Tashrif

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
❇️ Dastavval mehmonlar Abdulla Oripov muzeyida shoirning ijodiy va hayotiy yodgorliklari bilan tanishishdi.
❇️Uchrashuvda Sirojiddin Sayyid so‘z olib, badiiy adabiyot, ijod, she’riyat, ustoz ijodkor Abdulla Oripov bilan kechgan xotiralari hamda yosh ijodkorlarga o‘zining dil istaklarini so‘zlab berdi.
❇️Ijod maktabi o‘quvchilari Sirojiddin Sayyid she’rlari va o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi. O‘z navbatida, Sirojiddin Sayyid o‘n nafardan ortiq yoshlarning shaxsiy kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qildi.
❇️Uchrashuv so‘nggida Sirojiddin Sayyid maktab kutubxonasi uchun 150 nusxadagi kitoblar jamlanmasini taqdim etdi. Kitoblarni maktab direktori U.Oripov qabul qilib oldi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Tashrif

⚡️ Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari sessiyada mutasaddilarga Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan film olish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu munosabat bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxalikov tashrif buyurdi.
F.Abduxalikov Abdulla Oripov muzeyida shoirning ijodi va hayotiga oid eksponantlar bilan tanishdi.
O‘z navbatida maktab direktori U.Oripov F.Abduxalikovga shoirning shaxsiyati va xotiralari batafsil yoritilgan kitoblar – A.Saidov va G‘.Mirzoning “Sen bahorni sog‘inmadingmi?..”, A.Erkayevning “Abdulla Oripov dahosi”, Q.Abdurahmonovning “Buyuklar Kahkashonida” kitoblarini taqdim etdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |
#Tashrif

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari – taniqli ijodkor Nosirjon Jo‘rayev va Nusratulla Zikrillayevlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Abdulla Oripov muzeyi, faollar zali, to‘garaklar va sinf xonalarida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Tashrif

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktor o‘rinbosari Taxirov Bosit Baxtiyorovich Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Taxirov Bosit Baxtiyorovich Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo‘lib, Abdulla Oripov muzeyi, to‘garak va sinf xonalari hamda ta'mirlanayotgan va yangi qurilayotgan yotoqxona, oshxonani ko‘zdan kechirdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

🔰Ispaniya davlatining "Gedepsa" kompaniyasi rahbari Alexandro Pastrana Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga
tashrif buyurdi.

Unga Kitob tumani hokimi o'rinbosari Baxtiyor Karimov hamrohlik qildi. Mehmonlarni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova va Qarshi shahridagi Prezident maktabi direktori Dilshod Farmonovlar kutib olishdi.

🎤- O'zbekistonga biznes masalalari bo'yicha kelganman, - deydi Alexandro Pastrana. - Bu yerdagi hamkorlik aloqalari bo'yicha vazifalardan vaqt ajratib ulug' shoir Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga kelishni juda istadi. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda Abdulla Oripov she'rlarining ingliz tilidagi tarjimalarini o'qigan edim va ushbu she'rlar menda juda iliq taassurot qoldirgandi.

⚡️Ma'lumki, bugun, ya'ni 11-iyuldan ijod maktabida 2023/2024-o'quv yili uchun 1-bosqich imtihonlari boshlandi. E'tiborli jihati, xorijlik mehmon jarayonning ustidan chiqib qoldi va unda katta qiziqish uyg'otdi.

📚 Xorijlik mehmon Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, eksponatlar bilan tanishdi. O'z navbatida, u ijod maktabi kutubxonasiga 50 dan ortiq ingliz tilidagi kitoblar jamlanmasini taqdim qildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Qosimov, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining matbuot kotibi Gʻulom Mirzo tashrif buyurishdi.

Shuningdek, ushrashuvda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining viloyat Kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Nilufar O'taganova, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig'i Ulug'bek Sultonov, viloyatdagi OAV xodimlari, viloyat televideniyesi muxbiri, ijod maktabining direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova va o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🏛 Tashrif davomida mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyidagi yangi eksponatlar bilan tanishdilar.

🔶 Akmal Saidov ijod maktabi o'quvchilari va ustozlari bilan suhbat qildi.

❇️ Oʻquvchilar Abdulla Oripovning sheʼrlaridan ifodali oʻqidilar, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'rlarining rus tilidagi o'z tarjimalarini ham oʻqishdi.

📚Akmal Saidov maktab kutubxonasiga oʻz muallifligidagi “Hazrat Zangi ota” kitoblarini topshirdi.

🔹Uchrashuv so'ngida Akmal Saidov shoir Abdulla Oripov ijodini yanada chuqur o'rganish, uning boy adabiy merosi ustida izlanish olib borishga oid topshiriqlar berdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

⚡️O'ZBEKISTON QAHRAMONI VA XALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK QADRDON DO'STI, MASHHUR FAYLASUF TERASAVA SENSEY IJOD MAKTABIGA
TASHRIF BUYURDI

❗️Batafsil bu yerda⤵️⤵️⤵️
#Tashrif

⚡️ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK DO'STI IJOD MAKTABIGA
TASHRIF BUYURDI

🇺🇿🇯🇵 O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat Madhiyasi muallifi Abdulla Oripov nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki dunyoning ko'plab yurtlarida taniqli ijodkorlar, ma'naviyat-ma'rifat kuychilari, olim-u fuzalolari bilan mustahkam do'stlik aloqalarini o'rnatgan edi. Ulardan biri yaponiyalik Terasava Sensey edi.

Terasava Sensey mashhur yapon faylasufi, buddiy rohibi va tinchlik elchisi boʻlib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlikni targʻib qiladi. Koʻp harbiy mojarolarning mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yoʻli bilan yechim topishiga hissa qoʻshgan insonlardan biri.

Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashgan va muloqotda boʻlgan. Koʻplab xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan voz kechishga chorlagan.

2004-yilda Oʻzbekistonda kelganida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan koʻrishgan. Uning “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik dunyoni topshiraman” degan kitobida Oʻrta osiyo xalqlari qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan. Terasavaning yozishicha, koinot bilimlariga ega boʻlgan, bizning qoʻrgʻonlarimizda yotgan qahramonlarimiz uygʻonsa, renessans davri kelishi haqida bayon qilingan. Bu bilimlar insoniyatni koinot va yer bilan uygʻunlashtirib, butun yer yuzida tinchlik barqaror boʻlishini taʼminlaydi.

Olimning taʼkidlashicha, bizning diyorimiz nafaqat buddizm va zardushtiylik dinlarini, balki eng yuksak Kushon tamaddunining beshigi ham boʻlganini eʼtirof etgan. Aynan Kushon sivilizatsiyasi hamma xalqlarni, din va madaniyatlarni birlashtirgan va uygʻunlashtirgan. Ular asrlar davomida bizgacha Beruniy, Navoiy, Ulugʻbek asarlari orqali yetib kelgan. Bizning diyorimiz shu bilimlarni ochsa, buyuk uygʻonish davri yoki renessans davri keladi.

Terasava Sensey Abdulla Oripovning qadrdon do'sti bo'lgan, Toshkent shahrida bir necha bor uchrashishgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni Terasava Sensey Abdulla Oripovning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova bilan birga ijod maktabiga tashrif buyurdi. U ijod maktabida iliq kutib olindi, ularga ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamrohlik qildi.

📚Terasava Sensey shoirning muzeyini tomosha qila turib, muzey eksponatlari ichida shoir do'sti bilan bir necha yillar oldin tushgan foftosuratini ko'rib, juda quvondi. Muzey unda katta taassurot qoldirdi. Shundan so'ng u ijod maktabida o'quvchialr uchun yaratilgan shart-ashroitlat bilan yaqindan tanishdi.

✔️Aytish kerakki, bu tashrif orqali turli millat vakillarining shoir ijodiga bo'lgan e'tibor, qiziqish va hurmat-ehtiromining guvohi bo'ldi. Bu Abdulla Oripov ijodining dunyo bo'ylab taralayotganidan dalolat.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#tashrif

ABDULLA ORIPOVNING YAPONIYALIK DOʻSTI IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI

Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki dunyoning ko'plab yurtlarida taniqli ijodkorlar, maʼnaviyat-maʼrifat kuychilari, olim-u fuzalolari bilan mustahkam doʻstlik aloqalarini oʻrnatgan edi. Ulardan biri yaponiyalik Terasava Sensey edi.

Terasava Sensey mashhur yapon faylasufi, tinchlik elchisi boʻlib, qariyb yarim asrdan beri butun dunyo mamlakatlarga tashrif buyurib, tinchlik va farovonlikni targʻib qiladi. Koʻp harbiy mojarolarning mamlakatlararo uchrashuvlarda tinchlik va kelishuv yoʻli bilan yechim topishiga hissa qoʻshgan insonlardan biri.

Hayoti davomida deyarli barcha davlatlarning rahbarlari bilan uchrashgan va muloqotda boʻlgan. Koʻplab xalqaro konferensiya va simpoziumlarda, shuningdek, BMT tashkilotida ham yirik mamlakatlarni yadroviy qurollardan voz kechishga chorlagan.

2004-yilda Oʻzbekistonda kelganida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan koʻrishgan. Uning “Mangulik makoni. Men senga uch ming yillik dunyoni topshiraman” degan kitobida Oʻrta Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va chuqur falsafasi haqida yozilgan.

Terasava Sensey Abdulla Oripovning qadrdon do'sti bo'lgan, Toshkent shahrida bir necha bor uchrashishgan. Joriy yilning 10-oktabr kuni Terasava Sensey Abdulla Oripovning qizi, tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Oripova bilan birga ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Terasava Sensey shoirning muzeyini tomosha qila turib, muzey eksponatlari ichida do'sti bilan tushgan fotosuratini ko'rib juda quvondi. Muzey unda katta taassurot qoldirdi. Shundan so'ng u ijod maktabida o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Aytish kerakki, bu tashrif orqali turli millat vakillarining shoir ijodiga bo'lgan e'tibor, qiziqish va hurmat-ehtiromining guvohi bo'ldi. Bu Abdulla Oripov ijodining dunyo bo'ylab taralayotganidan dalolat.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tashrif

⚡️MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA
TASHRIF BUYURDI!

🔰Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga
tashrif buyurdi.

Ijod maktabi majlislar zalida o'tgan tadbirda vazir maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov, ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamda maktab o'quvchilari va o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Sizlar bilan yana bir bor diydor ko'rishib turganimdan juda xursandman, - dedi Hilola Umarova. - Sizdek ko'zlari yonib turgan shijoatli, yangi bilim va ilmlarni egallashga tashna, intiluvchan o'quvchi-yu izlanishdan sira charchamaydigan aziz o'qituvchilarni qadrlayman, qo'llab-quvvatlayman.

🏆 Tadbir davomida Hilola Umarova yaqindagina "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladilar.

⚡️Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

✔️Ta'kidlash joiz, ijod maktabining is'tedodli o'quvchilaridan biri Shohista Sherboyeva yaqinda Shveytsariya davlatida o'tkazilgan tanlovda g'olib bo'lgandi. U so'zga chiqib, o'quvchilari tomonidan bildirilgan taklifni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga bildirdi. Ya'ni maktabda nemis tili fani o'rganishga qiziqish yuqoriligi, maktabda ham ushbu til o'qtilsa, nur ustiga a'lo nur bo'lishini ta'kidladi.

❇️ O'z navbatida, vazir Hilola Umarova ushbu taklifni qo'llab-quvvatlab, kelgusi yildan ijod maktabida nemis tili fani o'qitilishi va ushbu fan bo'yicha xorijlik o'qituvchi ajratilishini bildirdi.

➡️
Tadbir samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Самарқанд шаҳридаги Конгресс марказида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг тор доирадаги учрашуви бўлиб ўтди.

В Конгресс-центре города Самарканда состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Французской Республики Эммануэля Макрона в узком формате.

#Mirziyoyev #tashrif #Fansiya #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tashrif

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniya davlatining "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari
Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedovlar tashrif buyurishdi.

📚 Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Ubaydulla Oripov, boshliq o'rinbosari Davron Tojiyev va ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova hamrohlik qilishdi.

Mehmonlar dastavval O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'lib, shoirning ijodi va hayotiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi.

✔️ Shuningdek, xorijlik mehmonlar ijod maktabi va to'garaklar faoliyati bilan ham tanishishdi. Xususan, joriy o'quv yilidan ijod maktabida faoliyat ko'rsatayotgan nemis tili to'garagi o'qituvchisi Nafisa Hamidova bilan suhbat qurishdi.

❇️ Suhbat davomida kelgusidagi rejalar belgilab olindi. To'garak faoliyati uchun zarur bo'ladigan qo'shimcha adabiyotlarni tavsiya etishdi, nemis tilini o'quvchilarga o'rgatish uchun foydali bo'lgan o'quv qo'llanmalari bilan o'rtoqlashishdi, ayniqsa, bu borada elektron darsliklar bilan ta'minlashni ta'kidlashdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

🇺🇿🇩🇪O'zbekiston-Germaniya qo'shma loyihasi asosida Qashqadaryoga Germaniyaning nufuzli "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari
tashrif buyurishgan va ko'plab uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

🔰 Tashrif doirasida germaniyalik mehmonlar Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lishib, maktab faoliyati, dars jarayonlari va to'garak mashg'ulotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

✔️ Mehmonlarga viloyat hokimligi va Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qilishdi.

Mehmonlar maktabning nemis tili fani o'qituvchisi va nemis tili to'garagi a`zolari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida nemis tilidagi adabiyotlar bilan qiziqishdi va metodika, o'quv adabiyotlari bo'yicha o'z tavsiyalarini berishdi.

📚Shuningdek, ular ingliz tili darsida ham bo'lib, o'quvchilarning ijod namunalari va "Yosh tarjimon" to'garagi a'zolari bilan suhbatlashishdi. Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she'rlarini rus, ingliz, nemis va turk tillarida tinglashdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif
#Akademiklar_bilan_uchrashuv

🔰 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bilan oʻz vaqtida hamfikr va hamnafas boʻlgan, zamondosh, ham ijodiy, ham siyosiy faoliyatlarida chambarchas hamkorlik qilgan mehmonlar - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov
tashrif buyurishdi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqamasi boshligʼi Ubaydulla Oripov
va Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nilufar O'taganovalar ham ishtirok etishdi.

📚 Qalandar Abdurahmonov shoir Abdulla Oripov haqida "Buyuklar kahkashonida" kitobi muallifi, Akmal Saidov "Oʻzbekiston - dilbar Vatanim", "Sen bahorni sogʻinmadingmi?" kabi kitoblar muallifi.

✔️ Davra suhbati tarzidagi uchrashuv samimiy ruhda va savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Mehmonlar oʻquvchilarga Abdulla Oripov shaxsi, hayoti va ijodi haqida ilgari oʻqimagan, eshitmagan qiziqarli maʼlumotlarni, shoirning asarlari yaratilish jarayonlarini, xususan, Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining "Doʻzax" qismini tarjima qilish tarixini hikoya qilib berishdi. Bugungi kunda mamalakatimizda adabiyotga yuksak eʻtibor berilayotgani, bevosita Prezidentimiz tomonidan adabiyot ahliga gʻamxoʻrlik qilinayotgani, buning yaqqol misoli sifatida buyuk ijodkorlar nomida ijod maktablari ochilib, samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi, xususan, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar eʻtirof etildi.

❇️ Ijodkor oʻquvchilarimiz Abdulla Oripovning "Oʻzbekiston - Vatanim manim" sheʻrini rus, ingliz, nemis, turk, tojik tillarida aytdilar va bu mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Mehmonlar maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitoblar jamlanmasi tuhfa etishdi.

📚 Tadbir soʻngida mehmonlarga ijod maktabi nomidan ijodkor-oʻquvchilarning ijodiy ishlari jamlangan 2 ta sheʼriy bayozi hamda Abdulla Oripov sheʻrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlar diski sovgʻa qilindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "Oltin qalam"gazetasining bosh muharriri, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning umr yo'ldoshi, shoira Nazira as-Salom va Buxoro viloyati Ma'rifat targ'ibotchilaridan bir guruhi tashrif buyurishdi.

❇️Mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'ldilar. Tashrif davomida Nazira as-Salom xalqimizning atoqli shoirlari - Abdulla Oripov va Muhammad Yusufning hamkorlik rishtalari, ijodiy aloqalari haqidagi xotiralarni o'rtoqlashdi.
#Tashrif

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga  O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tashrif buyurdi.

  Umida Teshabayeva Maktabgacha va maktab ta'limi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat axborot-kutubxona markazi,  Qarshi shahar bolalar axborot-kutubxona markazi hamda viloyatdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari kutubxonachilari uchun o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilish doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida kutubxonaning umumiy fondi, o'quvchilarning audiotaqdimotlari, elktron darsliklar, ilmiy -metodik adabiyotlar bilan, shuningdek, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ham bo'lib , muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.