Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.

Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi

Ma'lumki,  yozgi ta'til davomida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish maqsadida oromgohlar tashkil qilinmoqda.


Abdulla Oripov nomidagi ijod  maktabining bir guruh o'quvchilari:

10-"B" sinf o‘quvchisi Cho'liyev E'zozbek
10-"B" sinf o‘quvchisi Sherboyeva Shohista
10-"A" sinf o‘quvchisi Bozorov Dilbek
10-"B" sinf o‘quvchisi Axmedov Abror
9-"B" sinf o‘quvchisi Omonova Madina
9-"A" sinf o'quvchisi Omonov Azizbek

🏕 Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohiga navbatdagi o‘quvchilar hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketdilar.
#Renessans_oromgohi

Abdulla Oripov nomidagi ijod  maktabining bir guruh o'quvchilari
Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida dam olib, o'quv mashg'ulotlariga ishtirok etmoqdalar.

 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube