#Muzeylar_haqida
Shahrisabzdagi Oqsaroy haqida 10 ta fakt
1. Saroyning qurilishi 1380 yili boshlanib 1386 yili tugallangan, lekin pardozlash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Bu saroy Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab qurilgan. Bizning davrimizga saroyning bir qismi yetib kelgan xolos.
2. Oqsaroyni asosan Xorazm, Eron va boshqa joylardan keltirilgan usta quruvchilar bunyod etganlar. Masalan, asosiy peshtoqning morpech bezagida koshinkor usta Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlangan. U 20 yil davomida qurilgan noyob durdona bo‘lib, bugungi zaif holati ham kishilarni hayratga soladi.
3. U dastlab 73 metr balandlikka ega bo‘lgan. Saroy tomi tepasiga ishlangan hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan. Saroyda suv tozalash, havo almashishi, nur va soya yorug‘ligini muvofiqlashtirib turadigan texnik, me’moriy-badiiy yechim ishlab chiqilgan.
4. Oqsaroy poydevori g‘ishlariga oltin qumi aralashtirilgan. Poydevor ancha chuqur bo‘lib bir necha qatlamlardan iborat, ular saroyning uzoq turishi va nam o‘tkazmaslikka mo‘ljallangan murakkab usullarni mujassam etadi.
5. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag‘ishlagan. Yetti xil (haft rangi) rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan Oqsaroy peshtoqida “Sulton Allohning yerdagi soyasidir” degan mazmundagi yozuvlar bitilgan.Oqsaroy peshtoq ustunining old tomonida, cho‘zilgan oltiburchak shaklida arab tilda “Adolat–davlat asosi va hukmdorlarning shioridir”-deb o‘qiladigan yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning old tomonidagi cho‘zilgan peshtoqida arab tilining “kufiy” uslubida va tilla suvi yugurtirilgan matnda shunday o‘qiladi: “Podsholarning so‘zi so‘zlar orasida podshodir”. Shuningdek, Oqsaroyda “Bizning qudratimizga shubha qilsangiz biz qurgan imoratlarni boqing”, “Oqil o‘z amaliga suyanadi, johil esa orzu-umidiga” kabi hikmatli so‘zlar bitilgan.
6. Bobur ma’lumotlariga ko‘ra, hovli o‘rtasida hovuz, to‘rida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan.
7. Devonxona peshtog‘ida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni bo‘lgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-g‘ishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yo‘g‘on ko‘k belboqqa o‘xshash mujassamotni tashkil etgan.
8. Ranglarning oy yorug‘ida jilolanib oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.
9. 1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtog‘i ostida toj kiyib, taxtga o‘tirganligi peshtoqning o‘sha paytda butun ekanligidan darak beradi.
10. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994-96 yillarda konseravsiya ishlari olib borilgan bo‘lsa, 2002 yilda YUNESKOning homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan qayta ta’mirlangan.

👍17❤2🎉1