Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.11K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi.
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash, 
- videorolik tayyorlash,
- shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan g‘olib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15 aprel kuniga qadar 911699820, 934118631 telefon raqamlariga ochilgan telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

👉@ima_myim
🥰2👍1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Tushimga kiradi Qodiriy bobom

Tushimga kiradi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom.
Egniga eski bir to’n kiyib olgan,
(Shineldir balki u, kimdandir qolgan).

O’sha to’n egnida poxol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.
Yo’q, yuzi somonga o’xshaydi uning,
Charaqlab turguvchi ko’zi to’la mung…

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Tur deydi, muncha ko’p uxlading, bolam.
Boq, bu dam aylanib jo’xorizoring,
O’rog’in qayraydi onaizoring.

U o’rib bo’lguncha rizqu zaringni,
O’ynatib tur chiqib, ukalaringni.
Va mening salomim ayt, der ularga —
Bobosin sog’ingan musichalarga…

Tushimga kiradi Abdullo bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tillo bobom.
Qaro yer qa’rida qon yig’lab qolgan
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

Muhammad Yusuf
O‘zbekiston xalq shoiri

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉@ima_myim
👍8👏1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

TANLOV NATIJALARI

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatilarining 7-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlov natijalari e'lon qilindi.

“Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bog'lash yo‘nalishi bo‘yicha;

1-o'rin

Boyqobilov Hikmatbek
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

2-o'rin

Dilnoza Jabbarova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

2-o'rin

Norqulova Elnura
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

3-o'rin

Hakimjonova Ruxshona
Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

3-o'rin

Zeribboyeva Jasmina
Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

Shoir hayoti va ijodi haqida videorolik tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha;

1-o'rin

Musajonova Shahrizoda
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi

2-o'rin

Abdusalomova Farangiz
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

3-o'rin

Paxtachi tumani ixtisoslashgan maktab-internati o‘quvchilar jamoasi

Shoir she’rlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish yo‘nalishi bo‘yicha;

1-o'rin

Egamberdiyeva Farzona
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

2-o'rin

Muhammadjonova Rayyona
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

3-o'rin

Ibragimova Mashhura
Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi

3-o'rin

Qutbiddinov Abdurahmon
Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi

Barcha tanlov ishtirokchilari va g‘oliblarini muborakbod etamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting!
👉
@ima_myim
👍5🎉2