Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijodiy_uchrashuv
#Muhammad_Ali_80_yoshda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Davlat mukofoti laureati, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti sohibi, professor Muhammad Ali tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Dastavval mehmonlar Abdulla Oripov nomidagi muzeyda bo‘lib, shoirning hayoti va ijodiga oid eskponatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Ijod maktabining faollar zalida boshlangan tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochib berdi va Muhammad Aliga tavalludining 80 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Davlat sharqshunoslik universiteti professori Adham Alimbekov, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazarov, Qarshi davlat universiteti professorlari – Damin To‘rayev, Boynazar Yo‘ldoshev, Nafas Shodmonov, filologiya fanlari nomzodi Zebo Yaxshiyevalar so‘zga chiqib, Muhammad Ali ijodi va uning turkum asarlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari shoir ijodidan namunalar o‘qishdi.
Tadbir so‘nggida Muhammad Ali so‘zga chiqib, o‘z adabiy xotiralari haqida so‘z yuritdi va ijod maktabi kutubxonasiga o‘z asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, adabiyot, ijod, yozuvchi-shoirlar hayoti, bir-biridan g‘o‘zal she’rlarning yangrashi tadbirga o‘zgacha fayz ulashdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍5🤩1