Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Kuz_tarovati

Abdulla Oripov

       O‘ZBEKISTONDA KUZ

Yurgil, dalalarga ketaylik, do‘stim,
Diqqinafas uyda yotmoq paytimas.
Oltin O‘zbekiston tuprog‘i bu kun
Bir pari faslning og‘ushida mast.
Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida,
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar.
Quyoshning erinchoq yog‘dularida
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar.
Har yonda to‘kinlik...
Kuzdan nishona...
Har yonda go‘zallik yoymish daftarin.
Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening shodliklarim, ezgu dardlarim, -
Mening ona xalqim...
Ey qadim, halol,
Rizqi ona yerga sepilgan xalqim,
Ushoq chigitni ham etmay deb uvol,
Million egatlarga egilgan xalqim!
Bir nafas boshingni ko‘targin-u, boq
Yer yuzida ajib viqor va nufuz.
Sening o‘zing kabi o‘ychan va quvnoq
Xushfe’l bo‘lib kelmish tuprog‘ingga kuz.
Ulug‘ Alisherning soch oqin ko‘rib,
Og‘ir xayollarga cho‘mgan bu fasl,
Qayrag‘och yonida g‘amgin o‘tirib,
Chollarga hassalar yo‘ngan bu fasl,
Azaliy ko‘rkini qiladi ko‘z-ko‘z...
Nahotki shuncha tez aylanar dunyo?!
Baxtli keksalikni yodga solar kuz.
Sokin xilvatlarga chorlaydi, ammo,
Do‘stginam, paytimas, aylab sayribog‘,
Xilvatda o‘y surish yarashmas bugun.
Zahmatkash o‘zbekning hosili qandoq?!
Kuzning falsafasi shudir biz uchun.
Ulug‘ mehnat kezar shan dalalarda,
Har yonda hokim bir tashvishli ilhom.
Quyosh bota boshlar ... gavjum qirlarga
Qoraya-qoraya to‘shalar oqshom.
Eh, kuzgi oqshomlar...
Dilimda mening
Teran tuyg‘ularim qo‘zg‘alar jo‘shib.
Qo‘zg‘alar-u, shu dam qalbimdan sekin
To‘kila boshlaydi oydin bir qo‘shiq.

1964
👍5