Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

🔰 Bugun Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator xodim va pedagoglarni “O‘zbekiston Konstitutsiyasining
30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlikning viloyat hududiy bo‘lim rahbari v.v.b. Ubaydulla Oripov so'z olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot soha fidoyilariga ko‘rsatilgan katta e’tibor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

E'tiborlisi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining informatika fani o'qituvchisi Shavkat Boboyev ham ushbu mukofotga sazovor bo'ldi.

O'z navbatida, barcha pedagog va xodimlarni mazkur yuksak e'tirof bilan tabriklaymiz!

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👏6🔥1
Forwarded from Azizbek Norov
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

🔰 Bugun Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida maktabning harbiy chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash rahbari Otabek Ahmedovni “O‘zbekiston Konstitutsiyasining
30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugining Faxriylar kengashi raisi Sharif Madiyev so'z olib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot soha fidoyilariga ko‘rsatilgan katta e’tibor ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O'z navbatida, Otabek Ahmedovni mazkur yuksak e'tirof bilan tabriklaymiz!

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🎉7👍3🥰2