Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Besh_tashabbus
#Kitoblar_taqdimoti

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “E’tirof” va “Mitti yulduz yog‘dusi” nomli she’rlar to‘plamlari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, “E’tirof” to‘plamida ijod maktabining 5 nafar o‘quvchisining ijod namunalari o‘rin olgan bo‘lsa, respublikamizda e’tiborga tushgan, taniqli yozuvchi-shoirlarning e’tirofiga sazovar bo‘lgan, Turon Fanlar akademiyasining faxriy akademigi G‘afurjon Tojiboyev va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yoqutxon Jamolovalarning mas'ul muharrirligidagi “Mitti yulduz yog‘dusi” she’riy to‘plamida esa maktabning 3 nafar ijodkor-o‘qituvchisi hamda 30 nafar o‘quvchisining she’rlari e’lon qilindi.
Tadbirda Abdulla Oripovning rafiqasi Xanifa aya Mustafayeva, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Qashqadaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Sharif Madiyev, podpolkovnik G‘ayrat Umirqulov va maktabning ijodkor o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirni maktabning direktor o‘rinbosari Yoqutxon Jamolova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Azizbek Norov tadbir ishtirokchilariga har ikkala she'riy to‘plamning mundarijasini tanishtirdi.
O‘z navbatida, Xanifa aya Mustafayeva Abdulla Oripov bilan bog‘liq xotiralarini yosh ijodkorlarga so‘zlab berdi.
Kitob taqdimoti so‘nggida “E’tirof” va “Mitti yulduz yog‘dusi” she’riy to‘plamlaridan she’rlari o‘rin olgan ijodkorlarga mazkur kitoblar taqdim etildi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
2👍1🔥1
#Kitoblar
#Taqdimot

⚡️19-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxonasiga Qashqadaryolik ijodkor Ro'ziqul Abduvali tomonidan o‘z muallifligidagi kitoblar taqdim qilindi.

⚡️Muallif maktabda tahsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning keyingi faoliyatlarida omad tiladi.

⚡️Ro'ziqul Abduvali 1939-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Asli kasbi shifokor. Xalqaro Turon Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, Turon Fanlar akademiyasi akademigi. O‘zbek va fors tillarida birdek qalam tebratadi.


Ro‘ziqul Abduvali "Shahrisabz qasidasi", "Ishtiyoq", "Taskin", "Maknuna"( Mohlaroyim Nodiraning fors tilidagi g‘azallari tarjimasi), "Kechgi shafaq jilosi", "Xalq hikmatli birikmalari" kabi kitoblar muallifidir.



🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍7👏2🔥1