Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyati

ONA YER

Agar zabon bo'lsaydi unda,
Ohlaridan dengiz toshardi.
Bosgan har bir qadamingizda,
Gullar emas, gulxan yonardi.

Zamin uchun bir tomchi mehr,
Topilmaydi nahot yurakda?!
Axir ona yer emasmidi,
Inson nomin tutgan boshida.

Huvillab kimsasiz sahrolar,
Bir tomchi suv orzudek go'yo.
Yaxshilik bilmas eh bu odamlar,
Tabiat qotili misoli ro'yo.

"Mulkim"deya qaramoq uchun,
Avval unga e'tibor kerak.
Daraxtlarga bolta uribmas
Bittagina ekingchi terak.

Agar siz yer bo'lganingizda,
Shunchasiga ko'narmidingiz?
Yuzingizga otishsa axlat,
Ko'rmagandek yasharmidingiz?

Ona Yer, u doim hammamizniki,
Qadrlash ham albat burchimiz.
Tirikmizmi,nafas olyapmiz
Uni yashatmoq ham bu vazifamiz!

✍️ Umrzoqova Gulsevar,
ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi.
🔥8👍1
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyati

Yer


Zamin ko'z ochganda, ulg'aydi olam
Butun mavjudot-u koinot bir-la
Yaraldi ulug' deb atalgan odam
Nafis sokinlikni uyg'otgan holda.

Mayli oyoq qo'ydik, ko'tara oldi
Lek ko'klam ko'rkidan ayirish ordir
Uni avaylamay, xor qilganlarga,
Afsus, bir kun kelib jazosi bordir.

Har kimda huquq bor, burch bor, mehnat bor
O'zganing davlati hech tatimaydi
Yer uchun talashgan kimsa qoshida
Bir so'zsiz, sukut-la tursang arziydi.

Pastga ham qarab qo'y, ey oqil inson
Axir shu yerda-ku bor-u yo'g'imiz
Bugun tozalashga loqaydlik qilsak,
Ne ahvolda qolar kelajagimiz.

Sen ona yeringni asrab-avayla
Ko'rganlar mardlikdan bir o'rnak olsin.
Har qadam bossang ham fahm- idrok et
Bizdan jannatmakon, hur bo'ston qolsin!|

✍️ Hayitova Farangiz,
ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi.
👍92🔥1