Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Har_satrida_Vatan_vasfi_tanloviga
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

Madhiyamni madh etib...
Madhiyam, soʼzlayin sirli tarixing,
Yurak qoʼrimdagi izhorlar bilan.
Serquyosh oʼlkamni kuylagan oʼzing,
Abdulla bobomning soʼzlari bilan.

Bugun sehrladi yana kuylaring,
Murgʻak qalbim yuksaldi bir bor.
Oʻzbek xalqimizga cheksiz himmating,
Titratdi yuragim mehr-la takror.

Buyuk shoir senga ming ishva berib,
Nafis sheʼriyatning tojini taqdi,
Faxr-la qoʼllarin koʻksiga qoʻyib,
Madhiyam, men qizing senga sheʼr bitdi.

Mudom yangrayvergin qalbda barhayot,
Goʼyo sen onamning munis allasi.
Alishib boʼlmagay tengsiz bir bayot.
Madhiyam, sen xalqim goʼzal yallasi.

Abdulla Oripov ijod maktabining
9 "B"-sinf oʻquvchisi Umrzoqova Gulsevar

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍3🔥3