#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi
🔰Shoir, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ilgan.
✅ Uning “Koʻklam” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1929-yilda bosilib chiqdi. Soʻng “Olov sochlar” (1931), “Oʻlim yovga” (1932), “Poyga” (1932) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etildi.
✅ Shoir tarjimon sifatida u Pushkin, Tolstoy, Gorkiy, Mayakovskiy, Serafimovich, Shevchenko, Lermontov, Ostrovskiy, Korneychuk asarlarini tarjima qildi.
✅ Hamid Olimjon “Daryo kechasi” (1936), “Oʻlka” (1939), “Baxt” (1940) toʻplamlari, “Ikki qizning hikoyasi” (1935—1937), “Oygul va Baxtiyor” (1937), “Semurgʻ” (1939) dostonlarini yaratgan.
✅ E'tiborlisi, Abdulla Oripov hamda Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktablari o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Muntazam ikkala maktab o'quvchilari ham o'zaro e'lon qilingan turli tanlovlarda faol ishtirok etishadi, tajriba almashishadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

Abdulla Oripov
HAMID OLIMJON XOTIRASIGA
Oʻrik gullaganmish kechagi tunda,
Bahor mujdasi bu, yayragin, ey jon.
Yillar oʻtar ekan, bugungi kunda
Oltmishga kiribsiz, ustoz Olimjon.
Bir yonda Hulkar bu, bir yon Omon bu,
Bir yon shoiramiz — mashhuri olam.
Sizning tegrangizda ahli zamon bu,
Sizning tegrangizda doʻstlar boʻlmish jam.
Barhayot Oybek bu — qutlaydi mamnun,
Qutlar Gʻafur Gʻulom — dongdor zamondosh.
Sizni qutlayotir doʻst-yorlar bukun,
Qutlar Oʻzbekiston — magʻrur egib bosh.
Yetimtov bagʻridan chiqqan navqiron,
Siz bu — sheʼrimizning eng jarang sasi.
Sizning satringizda qurmish oshyon
Uchirma qush kabi sheʼr ilohasi.
Oltmishga kiribsiz, yodingiz ammo
Shabnamday maʼsumu koʻklam kabi yosh.
Axir qancha qadim boʻlmasin dunyo
Bagʻrida nur borki. qarimas quyosh.
Hayot boʻlsaydingiz turardingiz shod
Ulkan shu davraning eng oʻrtasida,
Tiriklik shaʼnini ulugʻlab kushod
Doston insho etib, bitib qasida.
Hayot boʻlsaydingiz har salqich sahar
Oshko buloqlarga quyardingiz lab.
Yurardingiz elda aziz, moʻtabar,
Sonsiz shogirdlarning manglayin silab.
Yaxshiyam boqiydir dilbar sheʼriyat,
Samandar misoli oʻlim bilmas jon.
Minnatdor yurt sizni qutlaydi faqat,
Kutlugʻ bu ayyomda, ustoz Olimjon.
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xoʻp ishvakordir,
Sir kabi sermavjdir, Pomirday poydor.
Tole yulduzining qutlugʻ ziyosi
Saodat burjida balqqay, zamon bu.
Qadim bir diyor bu — yoʻqdir qiyosi,
Ajib bir boʻston bu — Oʻzbekiston bu.
Ustoz, sozga solay boqiy hayotni,
Boqiy sheʼr qoshida bosh egay bir on.
Shodlik va baxtini kuylagan zotni
Shodlik bilan eslar odatda zamon.
1970.

#Ijodiy_tògarak
G'azal
“Na bo‘lg‘ay bir nafas men ham yanog‘ing uzra xol bo‘lsam”
Sening hajring bilan ohlar chekib axiyri “dol” bo‘lsam.
Yuzing oftob erur senga qaray olmoq mashaqqatdur,
Agar bir bora boqsam so‘ng tag‘in mayli ne hol bo‘lsam.
Jahon kezding g‘arib ko‘nglim etib bundan-da xorroq,
Agar dengizga otlansang, sening-chun ko‘hna sol bo‘lsam.
Demasman menga tinmasdan kalom aytgin, ayo dildor,
Bu ne baxtdur rizo bo’lgum nigohingda savol bo‘lsam.
Sening yo‘lingni poylarman tun-u kunlar chekib oh-zor,
Kelib bir bora amr etsang, egib boshim qarol bo‘lsam.
Vakilman ahli junun nomidan poyingda, ey yoro,
Etardim ming shukurlar gar ayoqingda zavol o‘lsam.
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.

#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan
Eng gullagan yoshlik chog’imda...
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo’yi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo’qoldim.
Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Hamid Olimjon, 1937 yil
In the blooming spring of my youth
In the blooming spring of my youth,
You blossomed in the garden of my heart.
Only then, my eyes witnessed spring,
Only then my heart recognized the truelove.
Birds sing, expressing joy to my soul,
Makes me intoxicated by the magnitude of your love.
I spent days and nights immersed,
Lost in the enchantment of your love.
Handpicked blossoming flowers,
Symbolized the depth of my affection.
With every passing moment,
In every breath, I recall.
Since then, you've been crossing my thoughts,
Since then, you've been dwelling in my heart.

✍️Translated by Shodiyeva Iroda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Mohigul Olimjonova tomonidan betakror shoir, dramaturg va jamoat arbobi Hamid Olimjon tavalludining 114 yilligiga bag'ishlab, "Baxt va shodlik kuychisi" mavzusida 7-sinflar bilan ochiq to'garak mashg'uloti o'tkazildi.
📚Dastavval Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid videorolik namoyish etildi, o'quvchilar shoir haqida so'zlab berishdi, she'rlaridan namunalar o'qishdi.
✅ O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning shoirni madh etib yozgan she'ri asosida badiiy kompozitsiya ijro etishdi.
✔️ Mashg'ulot davomida o'quvchilar ijodkor hayoti va ijodiga oid savollarga javob berib, rag'bat kartochkalari bilan taqdirlanishdi, dars so'nggida Javohir Abdurasulov ijro etgan "Eng gullagan yoshlik chog'imda" qo'shig'ining videoroligi namoyish etildi.