#To_quyosh_sochgayki_nur_tanloviga
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
QALAM
"Ulfatimdir sham yanglig‘
Kechalar tanho qalam",
Qismatimni tortiq etdim -
Aylading insho, qalam.
Sayr etib devonalardek
Karbalo dashtini men,
Yetmadim Majnun bo‘lib,
Vaslinga, ey Laylo qalam.
Mulki borliqni mujassam
Aylabon har misrada,
Har kaloming birla etding
Bul zaminni jo, qalam.
Senga kimlardur yetishdi,
Senga ayro tushdi kim,
Senga kimlardur hasadda,
Senga kim shaydo, qalam.
Kecha-kunduz band etib
O‘ylar, xayollar dengizin,
Doimo hamroh yasha,
Tark etmagil aslo, qalam!
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Erkin_Vohidov_tavalludining_87_yilligi
QALAM
"Ulfatimdir sham yanglig‘
Kechalar tanho qalam",
Qismatimni tortiq etdim -
Aylading insho, qalam.
Sayr etib devonalardek
Karbalo dashtini men,
Yetmadim Majnun bo‘lib,
Vaslinga, ey Laylo qalam.
Mulki borliqni mujassam
Aylabon har misrada,
Har kaloming birla etding
Bul zaminni jo, qalam.
Senga kimlardur yetishdi,
Senga ayro tushdi kim,
Senga kimlardur hasadda,
Senga kim shaydo, qalam.
Kecha-kunduz band etib
O‘ylar, xayollar dengizin,
Doimo hamroh yasha,
Tark etmagil aslo, qalam!
✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Hikmatbek Boyqobilov
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram