Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

📣📣O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yuksak insoniy fazilatlar ulug‘langan samimiy, sodda, o‘tli she’riyatini o‘quvchi-yoshlarga chuqur singdirish maqsadida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 3 yo‘nalishda tashkil etiladi:
🔹1-yo‘nalish: Nazm (shoir she’rlariga nazira bog’lash).
🔹2-yo‘nalish: Nasr (Shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar, Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).
🔹3-yo‘nalish: Badiiy publitsistika (essе yozish, shoir she’ridan tahliliy maqola Word, Times New Roman,12 shrift shaklida).

👩🏻‍💼🧑🏻‍🏫Tanlovda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etadi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan tanlovning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib ishtirokchilarning ijodiy ishlari tanlov tashkilotchilariga taqdim etiladi.

📺📰Tanlov bilan bog‘liq jarayonlar ommaviy-axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

🗓Tanlovning birinchi bosqichi barcha ijod maktablarida 2021-yil 10-apreldan 20-aprelga qadar o‘tkaziladi va g‘oliblarning ishi hamda ular haqidagi ma’lumotlar tanlov tashkilotchilariga quyidagi telegram raqami orqali yuboriladi:
1)+998979907409
2)
+998911699820

⚡️🏆 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir faxrli o‘ringa bir nafardan g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda to‘qqiz nafar g‘olib aniqlanadi.
Tanlov g‘oliblariga:
1-o‘rin - (3 yo‘nalishda) uyali telefon va 1-darajali diplom;
2-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 2-darajali diplom;
3-o‘rin - (3 yo‘nalishda) kitoblar to‘plami va 3-darajali diplom beriladi.
Tanlov go‘liblari 2021-yil 26-aprel kuni Muhammad Yusuf nomli ijod maktabida “Qalblardan joy olgan shoir” mavzusida o‘tkaziladigan ma’rifiy tadbir doirasida taqdirlanadilar.
#diqqat_tanlov

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Tong nafasi ilhomlari” ijodiy ishlar tanlovi 1-dekabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tkaziladi.

«Tong nafasi ilhomlari” nomli ijodiy tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- nazm yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi she’rlar);

- nasr yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlov ruhidagi nasriy asarlar);

- badiiy tarjima yo‘nalishi (Erkin Vohidov asarlarining xorijiy tillarga tarjimalari);

- “Erkin Vohidov ijodi bilimdonlari” yo‘nalishi (Erkin Vohidov hayoti va ijodi yuzasidan o‘tkaziladigan savol-javoblar).

🥇💐“Tong nafasi ilhomlari” nomli ijodiy tanlov ishtirokchilaridan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar 1, 2, 3-o‘rinni egallagan g‘oliblar hisoblanadi.

👍https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi
#Diqqat_tanlov
#Men_Ózbekman

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari o‘rtasida “Men O‘zbekman” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi o’tkaziladi.

✔️
Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi informatsion rolik”
- yurtimizning boy tarixi va madaniyatidan so‘zlovchi turli qadamjolar, tarixiy inshoot va obidalar, hududlar nomi, ularning kelib chiqish tarixidan darak beruvchi ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi roliklar yaratish.

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik”
- yurtimizda yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, keksalarni qadrlash, oilalar farovonligi va baxtli bolalikni madh etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yurt tinchligi, osuda hayotimizni qadriga yetish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik”
(ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar)

Davlat ramzlari ifodalangan, yurtimizning go‘zal manzaralari va madaniyat o‘choqlarida tasvirga olingan “Men O‘zbekiston farzandiman” kabi ezgu g‘oyani o‘zida jamlagan heshteykni Facebook va telegramm sahifalariga joylashtirish. Eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar saralab olinadi.

✔️ Tanlovni uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida (1-avgustdan-15-avgustga qadar);
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy)
3-bosqich – respublika (Agentlik) miqyosida.

✔️Tanlov shartlari:
1. Taqdim etiladigan videoroliklar soni 2 tagacha, xajmi 200 megabaytgacha bo‘lishi mumkin.
2. Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:
davomiyligi – 3 daqiqagacha;
formati MPEG-4;
lavha formati 720 r (1280x720) yoki 480 r (854x480);
xajmi 40 megabaytgacha bo‘lishi kerak.
3. Videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtiroki shart emas.
4. Videorolikni suratga olish va montaj jarayonida maxsus dastur va uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi.
5. Videorolik janri (reportaj, videoklip, animatsion syujet va boshqalar)ni ishtirokchining o‘zi belgilaydi.
6. Videorolikda yoritilayotgan mavzu nomi ko‘rsatiladi. Muallif, ta’lim muassasasi nomi, sinfi yoki o‘qish kursi ko‘rsatilishi qat’iyan ta’qiqlanadi.

🥇🏆Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

✔️
Hurmatli Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari! Ijodiy ishlaringizni quyidagi guruhga jo‘natishingiz mumkin: https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
Forwarded from Mahmudxon Kuchkarov
📣#Diqqat_tanlov

“TONG NAFASI ILHOMLARI” an’anaviy respublika tanlovi

✍️ Tanlov O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 86 yilligi munosabati bilan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:

Nazm – Erkin Vohidovga bag’ishlov she’r
Nasr – Erkin Vohidovga bag’ishlangan hikoya yoki esse
Badiiy tarjima – Erkin Vohidov she’rining xorijiy tillarga o'girmasi
Badiiy-publitsistika – Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid ilmiy yoki ijodiy maqola
Drama – Erkin Vohidov asarlari asosida sahna asari (videotasvirga olgan holda)
Qo’shiq – Erkin Vohidov she’riga bastalangan qo'shiq ( formati mp3 , mp4)
Videorolik – Erkin Vohidov she’rini ifodali o’qish va ijodiy yondashgan rolik.

📆 Ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar t.iss.one/MahmudxonKuchkarov telegram manzilida qabul qilinadi.

📄 Qo’shimcha ma’lumotlar bilan tanlov nizomi orqali tanishishingiz mumkin.
#Diqqat_tanlov‼️

🔰O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo'limi , Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda maktabgacha va maktab ta’limi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlab “O'zbekiston - Vatanim manim” mavzusida viloyatdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

📚Mazkur tanlov ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Abdulla Oripov hayoti va ijodini o‘rganish va targ‘ib etish, shoir ijodi mazmun-mohiyatining o‘quvchi-yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va milliy ma’naviyatimizda Abdulla Oripov ijodini ibrat qilib ko‘rsatish maqsadida o'tkazilmoqda.

📌Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

📜1-yo‘nalish:
nazm (Abdulla Oripov ijod namunalariga nazira bog‘lash yoki shoirga bag'ishlab o'z ijod namumasini yaratish);
📄2-yo‘nalish: insholar tanlovi;
🎥3-yo‘nalish: videorolik (Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini obrazli tarzda videoga olish. Video davomiyligi ikki daqiqadan va hajmi 100 mb.dan oshmasligi kerak).

🔖Tanlovga ijodiy ishlar 20-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.

📍Ijodiy ishlarni https://t.iss.one/abdullaoripovyoshijodkorlar guruhiga hamda +99899 342 27 88 telegram raqamiga yuborishingiz mumkin.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📢📢 #Diqqat_tanlov

❇️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Buyuk va muqaddassan, ona tilim!” mavzusida tanlov e’lon qiladi! Unda umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari qatnashishlari mumkin.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi. Dastlab tuman va shaharlardan g‘oliblar saralanadi. Viloyat bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi.
“O‘zbekchasi bor-ku” shartida o‘zbek tili imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chetdan kirib kelgan so‘zlar o‘rniga keltirilgan takliflar baholanadi. So‘ng diktant asosida savodxonlik darajasi aniqlanadi. “Mening fikrim” shartida davlat tili maqomini yanada yuksaltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar aks etgan videoroliklar ko‘rib chiqiladi.
🎁💐 Gʻolib va sovrindorlar munosib rag‘batlantiriladi.

🗓 Tanlovning tuman va shahar bosqichlari joriy yil 16-oktabrida, viloyat bosqichi 20-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

https://t.iss.one/qashqadaryo_manaviyat
#Diqqat_tanlov

⚡️"HAYOTIMGA HAMROHDIR CHOLG'U" TANLOVI
❗️

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Musiqa" to'garagi rahbari Zavqiddin Boboxo'jayev tomonidan ijod maktabi o'quvchilari o'rtasida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayramiga bag'ishlab "Hayotimga hamrohdir cholg'u" nomli musiqiy tanlov e'lon qilinadi.

🎻 Ushbu
tanlov 3 bosqichdan iborat:⤵️

1️⃣-bosqich - "Cholg'uda 3 ta kuy;
2️⃣-bosqich - "Estrada xonandalikda ovoz imkoniyati";
3️⃣-bosqich - "Xorijiy kompozitorga parodiya fonagramma.

⚡️Tanlov go'liblari quyidagicha rag'batlantiriladi:

1-o'ringa - SKRIPKA.
2-o'ringa - Kitoblar jamlanmasi va diplom.
3-o'ringa - Kitoblar jamlanmasi va diplom.

📌Qo'shiqda so'zga bo'lgan e'tibor va so'z mas'uliyati aks etishi kerak.

🎺Tanlovda ijod maktabining barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilar o'rtasida 18-noyabr  O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 14-19-noyabr kunlari “Ulug‘imsan, Vatanim!” mavzusida videoroliklar tanlovi va yoshlar o‘rtasida Davlat bayrog‘iga hurmat ruhini shakllantirish, vatanparvarlikni ulug‘lashga bag‘ishlangan insholar tanlovini  e'lon qilinadi.

Tanlovda ijod maktabining barcha sinf o'quvchilari qatnashishlari mumkin.


Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri ERKIN VOHIDOV tavalludining 87 yilligi oldidan

Erkin Vohidov oilasi, Erkin Vohidov ijod maktabi hamda Fargʻona viloyat teleradiokompaniyasi hamkorlikda
TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR...
anʼanaviy tanloviga start beradi.


Yosh-u qari, shahar-u qishloqliklar, shoir-u nosir, olim-u fozil, OAV vakillari va blogerlar, diplomi bor-yoʻq, oʻqigan-oʻqimagan, amaldor-u amallaganlar, allachi-yu yallachilar, hamma-hammani, eng muhimi, adabiyotsevarlar, shoirning chin muxlislarini chorlab qolamiz!

Yoʻnalishlar:

1.“Erkin Vohidov hayoti va ijodining faol targʻibotchisi”
2.“Eng yaxshi videorolik”
3.“Eng yaxshi ijodiy asar”


Ijodiy ishlar 5-dekabrdan 20-dekabrgacha quyidagi telegram manzilda qabul qilinadi: https://t.iss.one/erkinvohidov_admin

Mukofot?
Albatta bor!


1-oʻrin NOUTBOOK HP 250;
2-oʻrin PLANSHET Redmi Pad se 2023;
3-oʻrin TELEFON Redmi Global 13S.

Yana savollar boʻlsa, operatorlarimizga bogʻlanishingiz mumkin:
+998 99 997 39 61
+998 99 858 26 91

Erkin Vohidov ijod maktabi

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab,
tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 3 yo'nalishda o'tkaziladi:

1️⃣ "Mening qahramonim" mavzusida insho va esselar;
2️⃣ "Mening armiyam - mening faxrim!" mavzusida eng yaxshi tasviriy san'at asari;
3️⃣ "Armiya - Vatan tayanchi!"
mavzusida videoroliklar tanlovi.

❗️Eslatma: tanlovda Vatanimizning zalvorli tarixi, uni ulug'lash, Vatan himoyasi - muqaddas burch ekani, Vatanga sadoqat va fidokorlik, tug'ilib o'sgan ona zaminga mehr-muhabbat tuyg'ulari talqin etilishi, yoritilishi lozim.

❇️ Tanlov uchun ijodiy ishlarni @abdullaoripovyoshijodkorlar guruhiga 2024-yilning 21-yanvarigacha yuborishingiz mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantiriladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida o'quvchilar ongida mustaqillikka sadoqat, zamonaviy tafakkur tarzi va yangiliklarga intilish tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish yo'lida "Yangi avlod jadidlari" elektron platformasi mobil ilovasini yaratish bo'yicha
tanlov e'lon qiladi.

⚡️ Ushbu tanlovda ijod maktabining barcha sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning barcha jarayonlarida ijod maktabining tarix, tarbiya, IT fanlari o'qituvchilari va tarbiyachilar mas'ul hisoblanadi.


🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovini e'lon qiladi.

⚡️ Ushbu tanlovda ijod maktabining barcha sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning barcha jarayonlarida ijod maktabining tarix, tarbiya, IT fanlari o'qituvchilari va tarbiyachilar mas'ul hisoblanadi.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 5-fevralgacha davom etadi.

Quyida
tanlov Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 5-fevralgacha davom etadi.

Quyida
tanlov Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 6-fevralgacha davom etadi.

Quyida
tanlov Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram