Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Qaror_ijrosi
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

❗️Davra suhbatida 10329-sonli harbiy qismdan kapitan Azamat Sayfiddinov, katta leytenant Nabi Sayfullayev, serjant Murodjon Boboyevlar ishtirokida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalar o‘qildi hamda gazetalar tarqatildi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Ona Vatan madhi tarannum etilgan she'riy kompozitsiya taqdim etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Konstitutsiya_baxtimiz_Qomusi
#Davra_suhbati

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Bosh
Qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

📚Tadbirda viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i Ilhom Usmonov, bo'lim prokurori Asliddin Po'latov, jurnalist Inobat Abdullayevalar ishtirok etdilar.

📖Davra suhbatida ijod maktabi o'qituvchisi R.Xolov hamda mehmonlar tomonidan "Huquq va burchingizni bilasizmi?" mavzusida viktorina savollari asosida suhbat tashkil etildi.

Tadbirning 2-badiiy qismida ijod maktabi o'quvchilari - musiqa to'garagi a'zolari tomonidan "Baxtim Qomusi - Konstitutsiyam" mavzusida adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etildi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Davra_suhbati

Ona Vatan! Nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon qo'llaymiz? Nega deganda, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan so'ng Ona Vatanda unib o'sadi.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida DXX chegara qo'shinlari 9205-harbiy qism tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar, podpolkovnik Aybek Davletmuradov, mayor Nodirbek Normuradov, mayor Akmal Eshov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya boshqarmasi leytenanti Abbos Nasriddinov hamda O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarilari ishtirokida o‘quvchilar bilan “Vatanni himoya qilish – sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda maktab tarbiyachilari ham qatnashishdi.

✔️Davra suhbatini ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi.

✔️Mazkur tadbir o'quvchi-yoshlarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini singdirish, ularda Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik hissini, masʼuliyatini oshirishga hissa qo'shdi.

✔️Davra suhbati davomida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida g'olib bo'lgan o'quvchilar so'zga chiqib, bugungi tadbir haqidagi o'z taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Davra_suhbati

INTERNETNING FOYDASI KO'P, ZIYONI-CHI?

🔰2024-yil, 24-yanvar kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faollar zalida dars mashg'ulotlaridan so'ng viloyat IIB tezkor qidiruv xizmatlari xavfsizlik bo'limi katta mutaxassisi, kapitan Suhrob Muhammadiyev va o'quvchi-yoshlar o'rtasida
davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️ "Axborot xavfsizligi: internet va uning salbiy oqibatlari" mavzusidagi suhbatda shuningdek, ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova va maktab psixologi Bahodir Karimov, tarbiychi-pedagoglar ishtirok etdilar.

Bugun internet yoshlar uchun foydali manbaga aylangani rost. Biroq internetdan yoshlar maʼnaviy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan maʼlumotlarning tarqatilishi, zoʻravonlik kabi gʻayriinsoniy hodisalarni targʻib etadigan lavhalarning muntazam eʼlon qilinishi, bu global tizimning baʼzan, yolgʻon va tuhmatlar manbaiga aylanib borayotgani, hech shubhasiz, yoshlarda axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Davra suhbatida shu va shu kabi mavzular haqida so'z yurutildi.

O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Davra_suhbati

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi shahridagi "Tabassum" MFY profilaktika inspektori Dilshod Kenjayev va maktab psixologi Bahodir Karimov ishtirokida o'quvchilar bilan “Odam savdosining oqibatlari” mavzusida
davra suhbati o'tkazdi.

📚 Tadbirda BMT maʼlumotlariga koʻra, har yili jahonda taxminan 2 million 800 ming kishi mazkur jinoyat qurboniga aylanayotgani, afsuski, jabrlanganlarning 80 foizini ayollar va bolalar tashkil etayotgani, ayrim kishilarning ishonuvchanligi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, bu jinoyatning ommalashuviga sabab boʻlayotganligi taʻkidlanib, odam savdosining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalari haqida soʻz yuritildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Davra_suhbati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan Inson huquqlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Ombudsmanning viloyatdagi vakili L.Saodatova hamda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat boshqarmasi mutaxassisi M.Ravshanova bilan o'tkazilgan
davra suhbati davomida o'quvchi-yoshlarni turli g'oyaviy xavf-xatarlardan himoyalash immunitetini shakllantirish, bola huquqlari haqida ma'lumotlar berildi.

Suhbat avvalida mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

Mutaxassislar o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javov berdilar.
Davra suhbati erkin, ochiq muloqot tarzida o'tkazildi.
#Konstitutsiyamizning_32_yilligi
#Davra_suhbati

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" shiori ostida "Huquqingizni bilasizmi?" mavzusida huquqshunos olimlar bilan uchrashuv o'tkazildi.


Qarshi davlat universiteti falsafa fanlari doktori, dotsent Zohid  Boymurodov, Qarshi davlat universiteti doktaranti Elbek Amirov tomonidan Konstitutsiyamiz bo'lim va boblari,  moddalari haqida batafsil ma'lumotlar berdilar.

Shuningdek, oquvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

✔️ Ta'kidlash joiz, ijod maktabida o'quvchilarga Konstitutsiyamizdagi moddalarning mazmun-mohiyatini yetkazishda ko'rgazmali materiallar burchagi tashkil etilgan.