Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.26K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📆28-dekabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun!
✔️Shu munosabat bilan e'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Iroda Shodiyevaning shoir
Erkin Vohidov qalamiga mansub "Xotira" she'rining ingliz tiliga o'girilgan tarjimasini havola etamiz.

Xotira
Erkin Vohidov she'ri

Doʻstim,
Xotirangdan qilma shikoyat,
Yoddan chiqarmoq ham yaxshi odatdir.
Yoddan chiqarmoq ham bir saodatdir,
Unutmaslik dardi ogʻir nihoyat.
Vaqtida unutsang,
Orom topar jon,
Qalb koʻtarib yurmas ortiq jafoni.
Mana men,
Yillarki, bir bevafoni
Esdan chiqarolmay kuyaman hamon.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Shodiyeva Iroda

Memento

My friend,
Don't complain from your memento,
Forgetting is good habit also.
Forgetting is happiness too,
Unforgettable is too hard sore.
If you forget in time,
Soul finds peaceful spot,
Heart doesn't carry torment anymore.
Here I am,
For several years, still opressed
By unable to forget the betrayer.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📆28-dekabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Erkin Vohidov tavallud topgan kun!

Shoir vafotini eshitib nogoh,
"Faust" ishonmaydi quloqlariga.
"Buyuk hayot tongi" javob berolmas,
"Aql va yurak" ning so'roqlariga.

"Orzu chashmasi" -yu, "Quyosh maskani"
"Iztirob" chekadi, "Nido" chekadi.
"Bedorlik" qiynaydi "Inson" ko'nglini,
"Ruhlar isyoni" ga navbat tegadi.

"Mening yulduzim" ham bosh ko'taradi,
"Charog'bon" "Ko'hinur" misoli sekin.
"Qo'shiqlarim sizga" deya "Lirika"
"She'riyat" ga ta'zim qiladi g'amgin.

Madina Omonova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "b"-sinf o'quvchisi

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📆28-dekabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Erkin Vohidov tavallud topgan kun!

Shoir vafotini eshitib nogoh,
"Faust" ishonmaydi quloqlariga.
"Buyuk hayot tongi" javob berolmas,
"Aql va yurak" ning so'roqlariga.

"Orzu chashmasi" -yu, "Quyosh maskani"
"Iztirob" chekadi, "Nido" chekadi.
"Bedorlik" qiynaydi "Inson" ko'nglini,
"Ruhlar isyoni" ga navbat tegadi.

"Mening yulduzim" ham bosh ko'taradi,
"Charog'bon" "Ko'hinur" misoli sekin.
"Qo'shiqlarim sizga" deya "Lirika"
"She'riyat" ga ta'zim qiladi g'amgin.

✍️Madina Omonova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9 "b"-sinf o'quvchisi

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📆28-dekabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun!

✔️Shu munosabat bilan e'tiboringizga Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Iroda Shodiyevaning shoir
Erkin Vohidov qalamiga mansub "Xotira" she'rining ingliz tiliga o'girilgan tarjimasini havola etamiz.

Xotira
Erkin Vohidov she'ri

Doʻstim,
Xotirangdan qilma shikoyat,
Yoddan chiqarmoq ham yaxshi odatdir.
Yoddan chiqarmoq ham bir saodatdir,
Unutmaslik dardi ogʻir nihoyat.
Vaqtida unutsang,
Orom topar jon,
Qalb koʻtarib yurmas ortiq jafoni.
Mana men,
Yillarki, bir bevafoni
Esdan chiqarolmay kuyaman hamon.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shodiyeva Iroda

Memento

My friend,
Don't complain from your memento,
Forgetting is good habit also.
Forgetting is happiness too,
Unforgettable is too hard sore.
If you forget in time,
Soul finds peaceful spot,
Heart doesn't carry torment anymore.
Here I am,
For several years, still opressed
By unable to forget the betrayer.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Узбегим
Шерали Жураев
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

📚28-dekabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Erkin Vohidov tavallud topgan kun.

#Umriboqiy_qòshiqlar
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

Abdulla Oripov

SOʻZ SEHRI
(
Erkin Vohidov ijodi haqida)

📚Mana, bir necha oʻn yillardirki, biz dilbar bir sheʼriyatning muattar havosidan bahramand boʻlib kelayotirmiz. Bu – Erkin Vohidov sheʼriyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamoyili, gʻoyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uygʻotuvchi tashbehlar, oʻtkir xulosalar - bular bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni sheʼriyatda oʻziga hos sehr sohibi deb bilaman. U sheʼriyatning oʻjar va asov, uchqur otini ustalik bilan jilovlab, mana uzoq yillardan buyon Sharqning sharafli nazm maydonida mohir chavandoz yangligʻ dong chiqazib kelayotir.

Oʻylab qarasam, biz gʻalati davrlarni boshdan kechiribmiz: yaqin-yaqinlargacha ham koʻrinishdan dabdurust odamlar , adabiyotda avval shaklmi yoki mazmunmi deya betoʻxtov tortishib yurardilar. Albatta, bu bahsning zamirida boshqa bir murod yashiringan edi. Yaʼni, mahorat, sanʼat shart emas, yalangʻoch boʻlsa ham bizning gʻoyamizni takrorlayber! Ana shu tazyiq tufayli ne-ne isteʼdod egalari oʻzlarining benazir mahoratlarini namoyish eta olmadilar. Maktab darsliklarida: “Paxta tersang toza ter, chanogʻida qolmasin” kabi texnik qoʻllanmalar , ruhsiz gaplar sheʼriyat namunasi, deya taqdim etildi.

✔️Qirq yilcha muqaddam jamol koʻrsatgan Erkin Vohidov sheʼriyati oʻsha qorongʻu goʻshalarni birdaniga yorita boshladiki, shoirimiz oʻzining ilk kitobini bejiz “ Tong nafasi” deb atamagan edi. Oʻlmas aruz vazniga bepisand qarash hali hukmron bir sharoitda Sobir Abdulla, Habibiy, Charhiy singari moʻtabar siymolardan keyin mumtoz gʻazaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekiladi, deya karomat qilishayotganda, yosh avlod orasidan birinchilardan boʻlib Erkin Vohidov aruzning tabarruk ostonasida posbon yangligʻ paydo boʻldi.

❇️ Toʻgʻri, hozirgacha ham aruzda ijod qiluvchilar ozmuncha emas. Biroq, sogʻlom kishining nafas olishidek muntazam va ravon, asl aruz mavjudki, bu sanʼatga “bulhavas”larning aralashuvlari hech qanday samara keltirmaydi. Aksincha, sodda muallifni kuppa-kunduz kuni beobroʻ qilib qoʻyishi mumkin. Shu maʼnoda, gʻazalga tavajjuh bildirgan yoshlarimizga hozirgi zamon shoirlaridan Erkin Vohidov ijodi maktab boʻla oladi, deyman.

➡️ Yuqorida biz mazmun va shakl atrofida bahslar boʻlib oʻtganligini esladik. Takror aytamiz, u tamomila behuda bahs edi. Biz koʻrib va his qilib turgan olam bir butundir, yaʼni tan libosi ichra ruh yashaydiki, biz ikkisini yaxlit holda mukammal xilqat deya eʼtirof etamiz.

🔰Erkin Vohidov sheʼriyatida abadiy mavzular hazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib oʻtgan va oʻtayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tugʻyonli, goh iftixorli yoʻllarning manzara va ohanglari , sadolari Erkin Vohidov sheʼriyatida toʻla mujassamdir. Hali oldinda uzoq, ravon yoʻllar kutib turibdi.

📗 Biz Mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonimiz uchun, ona xalqimiz uchun bundan buyon ham astoydil xizmat qilishga shaymiz. Goho yuksak togʻlarning boʻyu basti uzoqdan yaqqolroq koʻrinadi, deydilar. Lekin men u uzoq masofalarni kutib oʻtirmasdan, hozirning oʻzidayoq bir gapni ochiq-oydin aytib qoʻyaqolay: Men Erkin Vohidovdek isteʼdodli shoir bilan zamondosh boʻlganim bilan faxrlanaman.

1992-yil.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun

🎸 Ushbu videorolikda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi, "Musiqa" to'garagi a'zosi Javohir Abdurasulovning O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Erkin Vohidovning she'riga bastalagan qo'shiqni jonli ijro etganini ko'rishingiz mumkin.