Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Tanlovga

"Yulduzli tunlar"ni òqib...

Tun yarmidan oshgan osmon yulduzlar bilan to'la mayin shamol etni junjiktirib esar Axsi qal'asi mayoqlaridan taralayotgan nur atrofni g'ira-shira yoritardi. Qal'a darvozasining qorovuli sergak bo'lib sinchkovlik bilan atrofni kuzatmoqda edi. Shu payt Isfaradan kelayotgan chopar ko'rindi. U yo'lda to'xtamay kelganini oti oq ko'pikka cho'milganidan bilinardi. Choparni Umarshayx Mirzoning ishonchli mulozimi Qosimbek qarshiladi. U Isfaradagi vaziyatni so'raganida choparning yuzida tundlik yugirgandek bo'ldi. Qosimbek angladi-ki, demak Isfara ham qo’ldan chiqqan. Sodiq bek va amirlar xiyonat qilib, yoģiyga qal'ani topshirgan. 
    Umarshayx Mirzo bu xabarni eshitib o'zini yo'qotib qòydi. Sababi Marģilon ham qil ostida, u ham qóldan chiqsa davlat parokanda bólib ketishi  muqarrar edi. Umarshayx Mirzoning xayoliga yanada dahshatli o’ylar bosib, tanasini beixtiyor titroq bosdi. 
                         ***
      Andijon.  Andijon ko’chalari suv quygandek jimjit. Jazirama  yoz issig'I uchun hamma pana joylarda kirib ketgan,  Bobur Mirzo ham chorboģda salqinda dam olayotgandi. Bundan xiyla burun chavondozlik va qilichbozlik mashqlari tinkasini quritgandi. Endi turli xayollar orasida shonģib ketganidan oldiga buvisi Eson Davlat Begim kelganini payqamay qoldi. 
—Nimalarni xayol qilursiz Amirzodam. 
Bobur shunda  chuqur xayolga botib ketganini anglab, darrov ózini ònglab oldi-yu bolalarcha sof beģubor tabassum bilan:
Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh. 
deb buvisiga qaradi. Buvisi Bobur shuncha vaqt nimalarni xayol qilganini, Navoiyga muhabbati kuchli ekanini ekanini angladi va “Durust, durust” ,  — deb qóydi. 
  Bobur yana xayol oģushiga botdi. Otasi uni Andijonga jónatishdan oldingi manzaralar gavdalana boshladi. Ósha kuni Umarshayx Mirzo óģli Bobur bilan vaqt ótkazdi. Kópincha u davlat ishlari bilan band bólar, boshqa vaqtlarda amir-u beklar davrasida bólardi. O'sha kun Umarshayx Mirzo o'ģlidan  so'radi:
—Nimalarni yoqtirursen Bobur ?
—Menmi?... Men bilasizmi hazratim, kóproq yolģiz qolishga, turli kitoblarni mutolaa qilishga, Navoiy xazinalaridan gavhar, durlar terishga, qilichbozlik va chavondozlikka qiziqurmen. 
—Navoiyga muhabbat qóyganing yaxshi. Agar bu beboshliklar tugasa, albatta seni Hirotga — Navoiyning oldiga elturmen.
   Bobur óshanda ichiga siģmat ketgandi.  Hozir ham otasi bilan Hirotga borishini ko’z oldiga keltirdi-yu  entikib ketdi. 
  Shu paytda ot dukuri eshitildi-yu, Qosimbek otdan sakrab Eson Davlat Begim va Boburga ta'ziya bildirib Umarshayx Mirzodan aytilib qolganini aytdi. U Axsidan Andijongacha to'xtamay kelgan ko'zlari changga to'lgan va majolsiz edi. Eson Davlat Begim birdan uvvos solib yubordi. Bobur joyida ilon chaqqan qimir etmay qoldi.  Majolsiz bólib qolgan Eson Davlat Begim hushdan ketdi. 
                ***
  Bobur har tarafdan qiyin vaziyatda qolib ketdi. Bir tarafdan Xo'jand, Marģilon,Isfara qo'ldan chiqqan, bundan tashqari kichik oģasi Jahongir Mirzo hokimyatni õz qõliga olish uchun isyon boshlamoqda edi.  Umarshayx Mirzo vafotidan keyin o'zini Boburga yaxshi ko'rsatishga harakat qilib, uning ishonchiga kirib olgan Ahmad Tanbal va Yoqubbek boshchiligidagi beklar  hozir Jahongir Mirzo tarafda edi. Endigina 12 yoshga tõlgan bola uchun bularni o'ylashning õzi bir dahshat edi. Bobur endi kimga ishonishni ham bilmay qoldi. Ana shunday qõrqinchli xayollar iskanjasida qolib ketgandi. Tanasini titroq bosib, yuragi orqaga tortib ketdi. Shu payt Boburning oldiga onasi Qutluģ Nigor Xonim kirib keldi. Qo'lida shoyi matoga õralgan qandaydir uzun, yo’ģon matoh ko'tarib kirdi va Boburga muloyimlik bilan shunday dedi:
—  Bu sening bobong —Amir Temurning qilichidur. Agar jang boshlasang albatta shu qilich bilan jangga otlan bolaginam!
👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Abdurasulov Javohirning Zahiriddin Muhammad Bobur ģazaliga yozgan muxammasi.
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazir Hilola Umarova ham ishtirok etdi:

- Ajdodlarimizni bilish, ularni o'rganish o'tmishimizga va bugunimizga bo'lgan ehtirom hissini yanada oshiradi. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bir pallada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir mehmonlariga alohida kayfiyat baxsh etdi.

❗️Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy va Bobur davrini o'zida aks ettirgan cholg'u asboblari, hunarmandchilik namunalari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

⚡️Ko'rgazmada, shuningdek eski va zamonaviy maktabda ta'lim olish jarayonlari ham sahnalashtirilganligi mehmonlarda katta tаassurot qoldirdi.