Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq

🎓 ILM – ENG BUYUK SHARAF!

⚡️ 2025-yil 24-may kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida 2024–2025 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va maktab tashkil etilganining 8 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov, Qashqadaryo viloyat prokuror o‘rinbosari Sirojiddin Fayziyev, “Tabassum” MFY faollari, DXX mutaxassislari, maktab rahbariyati, ustozlar, o‘quvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

🇺🇿 Tadbir Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So‘ngra Qashqadaryo viloyat prokuror o‘rinbosari Sirojiddin Fayziyev kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

🌟A’lo baholar bilan tahsil olgan, namunali xulqli iqtidorli o‘quvchilar alohida e’tirof etildi. Ular orqali ota-onalarga “Minnatdorchilik xat”lari topshirildi.


❇️ Tadbir oʻziga xos badiiy kompozitsion tarzda taqdim etilib,O'quvchilar tomonidan tayyorlangan dastur va sahna koʻrinishlari milliy qadriyat va anʼanalarimiz asosida namoyish etildi.


Bitiruvchi o‘quvchilar 10-sinfga ramziy estafeta statuetkasini tantanali tarzda topshirdilar.

Ijod maktab direktori Yoqutoy Djamalova bitiruvchilarni tabriklab, Prezidentimiz tabrigini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. Ta’lim tizimidagi yutuqlar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritib, bitiruvchilarga keyingi faoliyatlarida omad tiladi.

📸 Tadbir lavhalari va tafsilotlar sahifamizda!

#IjodMaktabi #Bitiruv2025 #Soʻnggi_qoʻngʻiroq #8YillikTantana

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍6