Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тилим_байраминг_муборак

21-oktabr - O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
__
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.

Belanchaging uzra Koshg‘ariy,
Kuylab o‘tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringga,
Dil qonini berdi Navoiy.

Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim, birgina seni.

Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan,
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan.

Ammo dushman o‘ldirgan botir,
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir,
To‘ldirmoqqa yerni ovozga.

Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni,
Shimirding sen o‘xshab giyohga.

Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ki men ham o‘lmayman,
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman.

Xurshid Davron

#Bayram_muborak
#Bayramning_ikkinchi_kuni
#Fotoreportaj

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirlari doirasida bugun dastlab “Jadidlar. Turkistonga maktublar" nomli multimedia ko’rgazmasida sayohat tashkil etildi.

📍 Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchi-ustozlar Respublika bolalar kutubxonasida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

#Қадри_баланд_ўзи_улуғ_устозим
#Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Байрам_шукуҳи

Bayram tadbirlari doirasida kunning ikkinchi yarmida ustozlar uchun “Yangi O’zbekiston” bog’iga sayohat va “Bahodir Yalangto’sh” filmi namoyishi bo’lib o’tdi.

#Fotoreportaj #Bayram_muborak

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM