Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.11K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ijodiy_uchrashuv
#18_oktabr_Samarqand_kuni

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bugun navbatdagi ijodiy diydorga mezbonlik qildi. Samarqanddan tashrif buyurgan aziz mehmon - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, "El-yurt hurmati" ordeni, "Shuhrat" medali sohibi , bir necha she'riy devon tuzgan taniqli shoir Farmon Toshev, viloyat hokimi maslahatchisi, Nuroniylar uyushmasi raisi Yanvar Inoyatov  hamda Qashqadaryo adabiy-ijodiy muhitining taniqli a‘zolari -O''zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'.Abdiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Xusan Temirov, Bo‘riboy Norqobilov, Qarshi davlat universiteti professorlari Abdurahim Erkayev, Nafas Shodmonov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

She‘r zavqiga to‘la lahzalarda Farmon Toshev Abdulla Oripov haqidagi xotiralari, shoirning she'rlari yo‘lida bitilgan "Qiyomat", "Nasihat" she‘rlarini o'qib, tahlil etdi.

❇️ Bugun "18-oktabr -Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Farmon Toshev ijod maktabiga Samarqand viloyati hokimining estalik sovg'alarini topshirdi.

Maktabimizning ijodkor o‘quvchilaridan mehmon shoirning yurtdoshi, samarqandlik o‘quvchimiz  Abdurasulov Javohir va Boyqobilov Hikmatlarning o'zgacha uslubdagi, yoniq she'riy namunalari yig‘ilganlar tomonidan e‘tiroflarga sazovor bo'ldi.

Ijodiy uchrashuv so'nggida  Farmon Toshev  o‘z ijod namunalari jamlangan kitoblaridan davra suhbati ishtirokchilariga hamda maktab kutubxonasiga  taqdim etdi
👍4🥰2