Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

🇺🇿BUYUK VA MUQADDAS VATANIMIZ
MADHIYASI

⚡️Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

🔰Shu ma'noda, bugun erta tongdan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi binosi maydonida viloyatimizdagi ko'plab harbiy qismlardan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbariyati, xodimlari, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi bir qancha umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari, ijod maktabi o'qituvchi va ustozlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

☑️ Tadbirni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi direktori Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Lola Saodatova nutq so'zladi.

🎺🎷Janubi-g'arbiy harbiy okrugi gornizoni tomonidan orkestr sadolarida davlatimiz Madhiyasi ijrosida davlat bayrog'i ko'tarildi.

💐Shundan so'ng tadbir ishtirokchilari O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'ydi. Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov madhiyaning yaratilish tarixi, ulug' shoir nomi bilan ataluvchi ijod maktabining tashkil etilishi, Abdulla Oripov siymosi haqida so'z yuritdi. O'z navbatida, ijod maktabi o'quvchilarining madhiya haqidagi she'rlari tinglandi.

✔️ Harbiy va ichki ishlar organlarida ko'p yillik faoliyat yuritgan soha faxriylari tomonidan harbiy xizamatchilar uchun ma'rifat sabog'i o'tkazildi, Unda madhiya tarixi, uning mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Tadbir ishtirokchilari Abdulla Oripov hayoti va ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ma'lumot o'rnida, muzdeyda shoirning madhiya yaratishdagi 200 dan ortiq qoralamalaridan 17 nusxasi saqlanadi.

Ijod maktabida Lola Saodatova hamda o'quvchilar bilan birga "Madhiyam - sharafim, shonim!" mavzusida suhbat o'tkazildi. Unda madhiyaning siyosiy, ijtimoiy ahamiyati, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlari, shu bilan birga, Abdulla Oripov she'riyati haqida so'z bordi. Suhbat so'nggida Lola Saodatova o'quvchilarga Abdulla Oripovning turli she'rlaridan iqtiboslar yaratish vazifasini berdi. O'z navbatida, o'quvchilar o'zbek, turk, ingliz va rus tillarida madhiya haqida so'z yuritishdi.

🎥 Tadbir "O'zbekiston 24" telekanali xodimlari tomonidan tasvirga olindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍4🔥2
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

📆Bugun
10-dekabrOʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kunga 31 yil to'ldi!

🔰Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Madhiya atoqli bastakor Mutal Burxonov musiqasi, O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍2🎉2
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

ABDULLA ORIPOV

O'ZBEKISTON
MADHIYASI

Vujuding sog'ligi shartdir odamga,
Unutmang, ammo ruh tarbiyasini.
To'rt nafar turk qizi kelib xonamga
Ijro etdi o'zbek madhiyasini.

Dengizlardan osha, tog'lardan osha
Yurtim ko'z o'ngimda bo'ldi namoyon.
Go'yo diyorimni qildim tomosha,
Jannat xaritasin ko'rganimsimon.

Yuksak va shiddatli, latif ham mayin
Ohang taralardi Marmara bo'ylab.
Yurtim qo'shig'ini shu lahza tayin,
Osiyo, Yevropa turardi kuylab.

Misli ufurardi menga nafasin
Oltin vodiylarim, kumush tog'larim.
Ilg'adim Do'rmonda bulbullar sasin,
Ko'rindi shovullab turgan bog'larim.

Madad qo'llarini cho'zardi shu dam
Yiroq-yiroqlardan mardona bir ruh.
Dengiz tumanidek tarqab ketdi g'am,
Tog'lar qori kabi eridi anduh.

2013-yil 10-oktyabr,
Istanbul
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

🎥Quyidagi videolavhada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasini tantanali tarzda ijro etishganini ko'rishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

🇺🇿 10-dekabr - O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi qabul qilinganligiga 31 yil to'ldi.

📚Madhiya muallifi O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda atoqli bastakor, O'zbekiston xalq artisti Mutal Burxonov tomonidan yaratilgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍61🤗1
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

ABDULLA ORIPOV

O'ZBEKISTON
MADHIYASI

Vujuding sog'ligi shartdir odamga,
Unutmang, ammo ruh tarbiyasini.
To'rt nafar turk qizi kelib xonamga
Ijro etdi o'zbek madhiyasini.

Dengizlardan osha, tog'lardan osha
Yurtim ko'z o'ngimda bo'ldi namoyon.
Go'yo diyorimni qildim tomosha,
Jannat xaritasin ko'rganimsimon.

Yuksak va shiddatli, latif ham mayin
Ohang taralardi Marmara bo'ylab.
Yurtim qo'shig'ini shu lahza tayin,
Osiyo, Yevropa turardi kuylab.

Misli ufurardi menga nafasin
Oltin vodiylarim, kumush tog'larim.
Ilg'adim Do'rmonda bulbullar sasin,
Ko'rindi shovullab turgan bog'larim.

Madad qo'llarini cho'zardi shu dam
Yiroq-yiroqlardan mardona bir ruh.
Dengiz tumanidek tarqab ketdi g'am,
Tog'lar qori kabi eridi anduh.

2013-yil 10-oktyabr,
Istanbul
👍3🔥2🎉1🤩1
#10_dekabr_Oʻzbekiston_Respublikasi_davlat_madhiyasi_qabul_qilingan_kun

🇺🇿BUYUK VA MUQADDAS VATANIMIZ
MADHIYASI

⚡️Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.

🔰Shu ma'noda, bugun erta tongdan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi binosi maydonida "Madhiyam - shonim, g'ururim" mavzusida o'tkazilgan tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi mutaxassislari, viloyatimizdagi harbiy qismlardan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, ijod maktabi o'qituvchilari, o'quvchilar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

☑️ Tadbirni Janubi-G'arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Sharif Ma'diyev kirish so'zi bilan ochib berib, ishtirokchilarni tabrikladi.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ijrosida davlat bayrog'i ko'tarildi.

💐Shundan so'ng O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali oldida tarixi fanlari nomzodi, dotsent S.Murtozovaning madhiyamiz tarixi haqidagi fikrlari, ijod maktabi o'quvchilarining madhiya haqidagi she'rlari tinglandi.

✔️ Harbiy va ichki ishlar organlarida ko'p yillik faoliyat yuritgan soha faxriylari tomonidan harbiy xizmatchilar uchun Abdulla Oripov muzeyida ma'rifat sabog'i o'tkazildi, Unda madhiya tarixi, uning mazmun-mohiyati haqida so'z bordi.

Tadbir ishtirokchilari Abdulla Oripov hayoti va ijodiy faoliyatiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Ma'lumot o'rnida, muzdeyda shoirning madhiya yaratishdagi 200 dan ortiq qoralamalaridan 17 nusxasi saqlanadi.
👍2🔥2🎉2