Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#ỢZBEGIM_ZULFIYASI_TANLOVIGA

***

Saharlab ko'z ochgan o'rik shoxida,
Ilk bahor ifori siz-la taralar.
Shamol belanchakka solib o'ylarim,
Shu onda siz uchun bir she’r yaralar.

Kecha oqshom so’lim qirg'oq bo’yida,
Sizni eslamoqqa ochgandim kitob.
Nazmiy osmonlardan salobat to’kib,
Mayin boqardingiz go'yoki mohtob.

Sizni eslasam gar ma'sum chehrangiz,
Go'yo qarog'imda qalqiydi suzib.
Jismingiz yoritgan vafo libosi,
Dilimda muhabbat marjonin tizib.

Shon-shavkat tog'idan yiroqsiz butkul,
Axir go'zal qalbga bezak ne darkor.
Ishq rangidan tomgan nafis she'rlarning,
Har birin satrida zarhal izi bor.

She'r zavqidan yonar o'tli ilhomim,
Ayting, qanday yopay bu ishq kitobin.
Xalqim unutmagay yillar o‘tsa ham,
Shoiram, siz kabi so’nmas oftobin.

✍️Gulsevar Umrzoqova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktab o'quvchisi
👍2🥰2
#ỢZBEGIM_ZULFIYASI_TANLOVIGA

O'TINCH

"Bas! Tarqaling og'ir xayollar
Yer yuzida yashnadi ko'klam".
Qalbdan chiqqan faryodlarim ko'p
Boshqa qaytib kelmasin alam.

Endi menga yo'llar ham ravon,
Faqat undan yurishim kerak.
Atrofimda umid gullasin,
Shodlik birla ushalsin tilak.

Yorug'likka dildan intilib,
Qayg'ularni yengib o'taman.
Tun cho'kadi kelar bir kun tong,
Hattoki bir umr kutaman.

Baxt ovozi eshitilganda
G'am-anduhlar asta tark eting.
Ko'z yoshlarim quvonchdan oqsin,
Menga endi gulchambar tuting.

"Bas! Tarqaling og'ir xayollar"...

✍️Farangiz Xaitova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-B sinf o'quvchisi
👏3🔥1