Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.28K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan-20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• ma’lumotnoma shakli (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️Shuningdek, agar ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan talabgor xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadasida g‘olib (viloyat bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rin) bo‘lgan bo'lsa, bu haqida tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklashi lozim.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон
#Qabul_2022

❗️DIQQAT E'LON!

📣
📣IJOD MAKTABLARI 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Ijod maktablariga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-IYUNdan 20-IYUNga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktabi:
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi,
🔸 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi,
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi,
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi,
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi,
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi,
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga 7- sinfga qabul bo'lib o'tadi.

👉
Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:
Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Эълон

📣📣DIQQAT, E'LON!

Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 24-iyun kuni boshlanadi!

☎️Imtihon vaqti va manzili haqida talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

Kirish imtihonlari necha bosqichdan iborat?
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda o‘tkaziladi. Yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinovi - (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishi bo'yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (yozma ish)
2️⃣-bosqich: ijodiy imtihon (suhbat)
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o'tkaziladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эълон

YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA QABUL BUGUN YAKUNLANADI

⚡️ Shoshiling! Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o'qishga hujjatlar qabuli bugun soat 24:00da yakunlanadi.

✔️ Eslatib o'tamiz, hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ilmiy_ish
#Эълон

IBRAGIMOV JAVLON YORMATOVICHNING FILOLOGIYA FANLARI DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI TO‘G‘RISIDA

🔰A
bdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili fani o'qituvchisi Ibragimov Javlon Yormatovichning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili mustaqil leksemalarining xususiy birikuvchilari va ularning modellari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yilning 31-mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

🎉O'z navbatida, maktabimizning tajribali va salohiyatli o'qituvchilaridan biri bo'lgan Javlon Ibragimovga dissertatsiya ishi himoyasida omad tilaymiz!

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#ЭЪЛОН

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2024-yil 18-may kuni ijod maktabi o'quvchilarining ilmiy-ijodiy ishlari ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

💥 Ko'rgazmada fan va ixtisoslashtirilgan to'garak a'zolarining ilmiy-ijodiy ishlari namunalari, ijodkor o'quvchilarning loyiha ishlari, shuningdek, "Tasviriy va raqamli san'at", "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash", "Dizayn" to'garagi hamda o'quvchilarning ayrim fanlardan yaratgan ijodiy ishlari taqdimoti o'tkaziladi.

Ko'rgazmada hamkor tashkilotchilar, ota-onalar, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokii rejalashtirilgan.