Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Ижодий_тўгарак_фаолиятидан

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg'ulotlaridan so'ng o'quvchilarni zamonaviy kasblarga yo'naltiradigan, ularning iste'dodlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan to'garaklar faoliyat yuritadi.

📚Nilufar Umarova rahbarligidagi "Ijodiy to'garak" ham ana shunday to'garaklardan biri. O'quvchi-yoshlar to'garak faoliyati davomida she'riy mashqlar yozish bilan birga adabiyotda "og'ir karvon" deya ta'riflanadigan nasrda ham ilk qadamlarini dadil tashlashmoqda.

✔️E'tiboringizga, ushbu to'garak a'zosi, ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Lazizabonu Ziyodullayevaning kichik hajmdagi hikoyasini taqdim etamiz.

💥YUPANCH

❇️Osmon bulut, maktabdan qaytayapman. O’zi torgina, shunday bo’lsa ham, chumolilar bu yo’lakchani katta yo’ldek tutishib, hatto menga ham yo’l bermasdilar. Hayron qoldim. Nahotki shu mitti jonzotlarning yumushari hammanikidan ham ko`p bo`lsa-ya?! Balki yomg`ir yog`ib ularning inlarini yopib qolmasidan u yerga kirib olishni o`ylayotgandirlar. Balki yomg`ir yog`ib yerlar loy bo`lganidan keyin o`sha yerda nobud bo`lmaslik uchundir bu shitobon ketish. Ularni bosib olmay, deya zo`rg`a oyoq uchida yurayapman.

❇️Mendan ozgina oldinda ketayotgan ona-bola bu sukutni buzishardi. Ona tinmay telefonda dugonasi bilan allaqanday zamonaviy liboslar-u, oyoq kiyimlar haqida gaplashar, bola esa tinmay shokolad yeyman deb onasini turtardi. Onasi esa unga e`tabor ham bermasdi. Bola zor qaqshab shokolad deb yig`lardi. Bolaning qaysarligi tutib yerga o`tirib yig'lay boshladi. Ona esa hanuz beparvo, ortiga ham qaramay ketaverardi. Qanchalar nodonlik. O`zi yaxshi ayolga o`xshaydi. Shu qadar telefonda gaplashishga berilib ketgandi, shu xolos.

❇️Ayol anchagina olislab ketgandi. Yugurib borib bolani turg`izmoqchi bo`ldim-u, shunda "Tarbiya" fani ustozim aytgan bir gapni shamollar yashin tezligida uchirib keldi. Yaponiyada bolalar yiqilsa, turg`izib olinmas ekan. Chunki ular o`zlari turishlari kerak, bu esa ularni kelajakda o`z kuchlariga ishonib ish ko`rishga asqotar emish. Agarda bolaga yordam berganingizni ota-onasi ko’rib qolsa , sizni darrov urishadi.

❇️Akincha, bizda bu holat boshqacha. Agarda biror-bir bola yiqilib ketguday bo’lsa darrov turg’izib, ovutishga tushamiz. Bu esa o’zligimizdan darak. Men xayolimdagi bo’lmag’ur fikrlarni quvib yuborib, bolani turg’izdim. U hali-hamon shokolod yeyman deb xarxasha qilardi. Shunda ukamga olib borayotgan shokoladimni bolaning qo’liga tutdim.

❇️Bolakay quvonib ketdi. Men ketayotganligimda bolaning onasi yonimda ekanligini his etdim. U menga rahmat aytib, bolasini yetaklaganicha ketdi. Shu payt jala quyib yubordi. Namchil havodan ezilgan, garchi ukamning istagini bajara olmaydigan bo'lib uyga qaytsam-da, o’zimni qushdek yengil his qilardim.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍2🔥2🥰1
#Ижодий_тўгарак_фаолиятидан

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Maktabdan taralgan navolar" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda Qarshi tumanidagi 34-maktabning o'quvchilari va ustozlarining ijodiy ishlari jamlangan.

📌Tadbirda o'quvchilarning ota-onalari, tumandagi maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilari, tumandagi umumta'lim maktabi o'quvchilari, ijodkorlar ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdulla Ayizov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari G'ulom Abdiyev, Sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi, ijodkor Nuriddin Egamov va ijodkorlar ishtirok etishdi.

☑️ Tadbirni ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova kirish so'zi bilan ochib, ota-onalar, o'quvchi-yoshlar talablariga ko'ra, ijod maktabida qabul jarayonlari, imtihonlar tartibi haqida ham ma'lumot berib o'tdi.

✔️E'tiborlisi, ijod maktabi o'quvchilari bundan bir yil avval "Aktyorlik mahorati" to'garagi a'zolari tomonidan sahnalshtirilgan "Orzular og'ushida" dramatik asari muallifi Abdulla Ayizov bilan uchrashdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍3🔥2
#Ижодий_тўгарак_фаолиятидан

MAJNUN

Yo`llarda sarsonman, bo`zlayman,
Yo`qlikdan to`g`ri yo`l izlayman,
Borini, barini ko`zlayman,
Dardimni o`zimga so`zlayman,
Muhabbat jallodin sizlayman,
Yuragim murvatin sozlayman,
Bor-budim olovda jizlayman.

Bisotim borimdir hissiz qalb,
Bosgan bu so`qmoqlar - izsiz, qalb,
Chehraviy tuyg`ular – so`zsiz, qalb
Armonlar qulog`im chertadi
Va lekin so`z demas, essiz, qalb.

Sog`inchlar, o`tinchlar, o`kinchlar,
Oymomo labida o`pichlar,
Jilmayar tanish bir kulguchlar,
Lek qalbim bag`rini shamshirdek
Tiladi tig`-uchlar – yutinchlar.

Shishadek chil-parchin bardoshlar,
Foydasi yo`q keyin ko`z yoshlar,
Biz balki armonli beboshlar,
Unutmang, muhabbat to abad
Eng avval sinovdan ish boshlar

Xayollar to`zg`igan sochimdek,
Hayotga to`lagan bojimdek,
Tushlarim ro`yodir, bir chindek,
Unutmam, unutmam… Unutman,
Sang`iyman goh arvoh, goh jindek.

Balki bu – bir qasd yo qasosmi,
Xushxabar, deb aytgan ovozmi,
Bu yurak jin urgur nosozmi,
Dunyodan, ro`yodan ketganda
Ishq, deya kuylovchi shovvozmi?

Sokin kuy avj olgan yiroqdan,
Tanim jiz titraydi titroqdan,
Ayting, kim kuylaydir u yoqdan,
Xavotir olgayman bu qalbim
Qadri past bilinsa ushshoqdan.

Men kimman? Telbaman, Majnunman,
Tuyg`ular shahridan surgunman,
Dil parcha, lek o’zi butunman,
Nidolar qa`ridan qasd bo`lgan,
Baytlarga jo`r b`olgan bir unman.

Yo`llarda sarsonman, bo`zlayman,
Yo`qlikdan to`g`ri yo`l izlayman,
Borini, barini ko`zlayman,
Dardimni o`zimga so`zlayman,
Muhabbat jallodin sizlayman,
Yuragim murvatin sozlayman,
Bor-budim olovda jizlayman.

Bilmam, ne qolar men Majnundan..?

✍️Javohir Abdurasulov,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔥7👍4
#Ижодий_тўгарак_фаолиятидан

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg'ulotlaridan so'ng o'quvchilarni zamonaviy kasblarga yo'naltiradigan, ularning iste'dodlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan to'garaklar faoliyat yuritadi.

📚Temirpo'lat Tillayev rahbarligidagi "Ijodiy to'garak" ham ana shunday to'garaklardan biri. O'quvchi-yoshlar to'garak faoliyati davomida she'riy mashqlar yozish bilan birga adabiyotda "og'ir karvon" deya ta'riflanadigan nasrda ham ilk qadamlarini dadil tashlashmoqda.

✔️E'tiboringizga, ushbu to'garak a'zosi, ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Guljahon Sadinovaning kichik hajmdagi hikoyasini taqdim etamiz⤵️

RO‘MOLCHA

Yana o‘g‘rilarning ishi o‘ngidan keldi. O‘g‘riboshi Ro‘zimurod otasi o‘tib qolgandan buyon shu yo‘l bilan tirikchilik qiladi.

Yaqinda ijaradan chiqib yangi uy olishadi. Sharofat xola o‘glining bu hunarini haligacha bilmaydi. O‘g‘lim halol ishlab pul topyapti, deb sevinchi ichiga sig‘may yuradi boyaqish. Ro‘zimurodning xayolida barcha yumushlarimni bitirib olsam, uylangach, shu qilig‘imni tashlayman, degan o‘y yuradi.

Shu safar rosa omadlari kelib, o‘ziga yetar boynikiga o‘g‘rilikka tushishdi. O‘g‘irlangan pulni to‘rtovlon bo‘lib olishdi. Ro‘zimurodning og‘zi qulog‘ida… Qaytishda onasiga sovg‘a-salomlarga qo‘shib ro‘molcha oldi. Ro‘molchaning bir chetiga qiyaroq qilib “o‘g‘lingizdan” deb yozilgan yozuvi ham bor.

Darvoza taqillashi bilan Sharofat xola o‘g‘lining kelganini sezib, darvozani ochdi. Ro‘zimurod qo‘lidagi ro‘molchani onasiga uzatdi. Ona o‘g‘li keltirgan ro‘molchani ko‘zlariga surtdi. Eri rahmatli juda qattiqqo‘l bo‘lganligi bois uning ko‘ngli bilan aslo hisoblashmasdi. Shu xonadonga kelin bo‘lib kelibdiki, umrida ilk bor tuhfa olayotgani uchunmi, beixtiyor ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ketdi.

Ro‘zimurod uyga kirib, ko‘rpachalar qatlami orasiga berkitib qo‘ygan quticha ichiga, bugun “ishlab” topgan 70 so‘mni uy sotib olish uchun yig‘ilayotgan pullari ichiga solib, joyiga yashirib qo‘ydi.

Ertasi kuni tong sahardan apil-tapil choyini ichib bo‘lib, hovliqib “ish”ga otlanmoqchi bo‘lib turgan paytda onasi o‘g‘liga uy ko‘rgani bormoqchiligini aytdi.

- Nasib etsa, chiroyli uy olamiz, bolam, - deya onasi uning izidan duo qilib qoldi.
Ro‘zimurod uydan chiqarkan, nihoyat o‘z uylari bo‘lishligini eslab faxrlanib qo‘ydi. Yo‘l-yo‘lakay ishlarini bitirib bo‘ldi hamki, sheriklaridan darak bo‘lmadi. Anchadan so‘ng bugun tunashlari kerak bo‘lgan uy burilishida “qulfbuzar” do‘sti Qalqonga duch keldi. Qolgan sheriklari ham birpasda paydo bo‘lib qolishdi. Qalqon quvonchidan qichqirib yubordi:

- Omadimiz chopdi, Ro‘zi! Bugun sizlarga o‘zim bayram qilib beraman, og‘aynilar, - deb shodon qichqirdi u.

- Tinchlikni, do‘stim, bu deyman tilla topib oldingmi?!

- Toshloq yo‘ldan kelayotgandim, bir hamyonga ko‘zim tushdi. Ichini ochib qarasam, naqd 600 ming so‘m! Omadni qara, oshna!

Qalqon ularni bog‘ yonboshidagi choyxonada mehmon qildi. Gap orasida: Qalqon, og‘ayni, qani pullaringni chiqar-chi, deya g‘udrandi Ro‘zimurod shirakayf holatda. Qalqon cho‘ntagidagi pullarni olib stol ustiga qo‘ydi. Ro‘zimurodning ko‘zi pullar orasida taxtlog‘liq turgan ro‘molchaga tushdi. U ro‘molchaning bir chetida yozilgan “o‘g‘lingizdan”, degan yozuvni qiynalib o‘qidi…

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍51🤩1

2023-2024-o'quv yilidagi ushbu to'garakning eng yaxshi sara namunalarini taqdim etib boramiz!

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍3🔥1