#Olimpiada
#2_tur
🔰Kecha xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o‘quv yili uchun 10 ta umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazilmoqda.
📚Bugun rus va ingliz tillari, geografiya, ona tili va adabiyot, biologiya fanlaridan o'tkazildi.
❗️Eslatib o'tamiz, olimpiada belgilangan jadval asosida hafta mobaynida davom etadi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Ижодий_тўгарак_фаолиятидан
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg'ulotlaridan so'ng o'quvchilarni zamonaviy kasblarga yo'naltiradigan, ularning iste'dodlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan to'garaklar faoliyat yuritadi.
📚Temirpo'lat Tillayev rahbarligidagi "Ijodiy to'garak" ham ana shunday to'garaklardan biri. O'quvchi-yoshlar to'garak faoliyati davomida she'riy mashqlar yozish bilan birga adabiyotda "og'ir karvon" deya ta'riflanadigan nasrda ham ilk qadamlarini dadil tashlashmoqda.
✔️E'tiboringizga, ushbu to'garak a'zosi, ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Guljahon Sadinovaning kichik hajmdagi hikoyasini taqdim etamiz⤵️
RO‘MOLCHA
Yana o‘g‘rilarning ishi o‘ngidan keldi. O‘g‘riboshi Ro‘zimurod otasi o‘tib qolgandan buyon shu yo‘l bilan tirikchilik qiladi.
Yaqinda ijaradan chiqib yangi uy olishadi. Sharofat xola o‘glining bu hunarini haligacha bilmaydi. O‘g‘lim halol ishlab pul topyapti, deb sevinchi ichiga sig‘may yuradi boyaqish. Ro‘zimurodning xayolida barcha yumushlarimni bitirib olsam, uylangach, shu qilig‘imni tashlayman, degan o‘y yuradi.
Shu safar rosa omadlari kelib, o‘ziga yetar boynikiga o‘g‘rilikka tushishdi. O‘g‘irlangan pulni to‘rtovlon bo‘lib olishdi. Ro‘zimurodning og‘zi qulog‘ida… Qaytishda onasiga sovg‘a-salomlarga qo‘shib ro‘molcha oldi. Ro‘molchaning bir chetiga qiyaroq qilib “o‘g‘lingizdan” deb yozilgan yozuvi ham bor.
Darvoza taqillashi bilan Sharofat xola o‘g‘lining kelganini sezib, darvozani ochdi. Ro‘zimurod qo‘lidagi ro‘molchani onasiga uzatdi. Ona o‘g‘li keltirgan ro‘molchani ko‘zlariga surtdi. Eri rahmatli juda qattiqqo‘l bo‘lganligi bois uning ko‘ngli bilan aslo hisoblashmasdi. Shu xonadonga kelin bo‘lib kelibdiki, umrida ilk bor tuhfa olayotgani uchunmi, beixtiyor ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ketdi.
Ro‘zimurod uyga kirib, ko‘rpachalar qatlami orasiga berkitib qo‘ygan quticha ichiga, bugun “ishlab” topgan 70 so‘mni uy sotib olish uchun yig‘ilayotgan pullari ichiga solib, joyiga yashirib qo‘ydi.
Ertasi kuni tong sahardan apil-tapil choyini ichib bo‘lib, hovliqib “ish”ga otlanmoqchi bo‘lib turgan paytda onasi o‘g‘liga uy ko‘rgani bormoqchiligini aytdi.
- Nasib etsa, chiroyli uy olamiz, bolam, - deya onasi uning izidan duo qilib qoldi.
Ro‘zimurod uydan chiqarkan, nihoyat o‘z uylari bo‘lishligini eslab faxrlanib qo‘ydi. Yo‘l-yo‘lakay ishlarini bitirib bo‘ldi hamki, sheriklaridan darak bo‘lmadi. Anchadan so‘ng bugun tunashlari kerak bo‘lgan uy burilishida “qulfbuzar” do‘sti Qalqonga duch keldi. Qolgan sheriklari ham birpasda paydo bo‘lib qolishdi. Qalqon quvonchidan qichqirib yubordi:
- Omadimiz chopdi, Ro‘zi! Bugun sizlarga o‘zim bayram qilib beraman, og‘aynilar, - deb shodon qichqirdi u.
- Tinchlikni, do‘stim, bu deyman tilla topib oldingmi?!
- Toshloq yo‘ldan kelayotgandim, bir hamyonga ko‘zim tushdi. Ichini ochib qarasam, naqd 600 ming so‘m! Omadni qara, oshna!
Qalqon ularni bog‘ yonboshidagi choyxonada mehmon qildi. Gap orasida: Qalqon, og‘ayni, qani pullaringni chiqar-chi, deya g‘udrandi Ro‘zimurod shirakayf holatda. Qalqon cho‘ntagidagi pullarni olib stol ustiga qo‘ydi. Ro‘zimurodning ko‘zi pullar orasida taxtlog‘liq turgan ro‘molchaga tushdi. U ro‘molchaning bir chetida yozilgan “o‘g‘lingizdan”, degan yozuvni qiynalib o‘qidi…

2023-9-4.pdf
2.7 MB
#OAVda_chiqish
🔰Xorazm Ma'mun akademiyasining axborotnomasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili fani o'qituvchisi Gulandom Xonkeldiyevaning "Kelishik kategoriyasining rus tiliga tarjimasi masalasi" nomli maqolasi e'lon qilindi.
📚Muallif maqolada kelishiklar kategoriyasi tilshunoslar tomonidan rus tilidagi padej kategoriyasi bilan
umumiylik hosil qilishi, ularning tarjimasida turlichaliklar kuzatilishi, ba’zi o‘rinlarda kelishiklar rus tiliga padejlardan boshqa morfologik shakllar vositasida tarjima qilinishi mumkinligi kabi masalalarga ham to'xtalgan.
✅ Dissertatsiya natijalarini eʼlon qilish OAK tomonidan tavsiya etilgan.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan o‘zbek tilida nutq so‘zladi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Audio
#OAV_biz_haqimizda
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bitiruvchilari - Shodiya Yusupova, Botirali Hamroyev, Dilnavo Sobirova, Maftuna Xudoynazarova, E'zoza Yo'ldoshevalar "O'zbekiston" radiosining "Bolalar uchun" radioeshittirishida ishtirok etishdi.
📚Bitiruvchilarimiz eshittirish davomida 2022/2023-o'quv yilida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilarining barchasi 100 foizlik natijani qayd etib, talaba bo'lishgani, bunda ustozlarining hissasi beqiyos ekani, maktabdagi dars va ta'lim berish jarayonlari, keyingi reja va maqsadlari haqida so'zlab berishdi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bitiruvchilari - Shodiya Yusupova, Botirali Hamroyev, Dilnavo Sobirova, Maftuna Xudoynazarova, E'zoza Yo'ldoshevalar "O'zbekiston" radiosining "Bolalar uchun" radioeshittirishida ishtirok etishdi.
📚Bitiruvchilarimiz eshittirish davomida 2022/2023-o'quv yilida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilarining barchasi 100 foizlik natijani qayd etib, talaba bo'lishgani, bunda ustozlarining hissasi beqiyos ekani, maktabdagi dars va ta'lim berish jarayonlari, keyingi reja va maqsadlari haqida so'zlab berishdi.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#faxr_tuygʻusi
⚡️ FARZANDI PREZIDENT MAKTABIGA OʻQISHGA KIRGAN OTA-ONA BILAN SUHBATLASHDIK
✅ Abbos Poʻlatov – Buxoro shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oʻquvchisi.
⏰ "Kim oʻylabdi deysiz, oddiy oilaning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb. Haqiqat bor ekan, oʻqigan bola kirar ekan. Oʻqishga kirganini birinchi boʻlib ustozi bizga aytdi. Koʻzimga yosh keldi... "
🗣 Maʼlumot uchun, Abbosning otasi Yodgor Roʻziyev – maktabda qorovul boʻlib ishlaydi. Onasi Matluba Rahmatova – uy bekasi.
⏺ Iqtidorli oʻquvchimizga Olot tumanidagi 34-maktab boshlangʻich sinf rahbari Nilufar Xudoyqulova taʼlim bergan.
📈 Qolaversa, Abbos Buxoro shahridagi Prezident maktabidan tashqari Olot tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga 84.8 ball bilan 1-o'rinda kirgan.
📍
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#faxr_tuygʻusi
📍
Buxoro shahridagi Prezident maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3. Filologiya.pdf
1007.3 KB
#OAVda_chiqish
🔰Dissertatsiya natijalarini eʼlon qilish bo'yicha OAK tomonidan tavsiya etilgan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetining ilmiy jurnalida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining direktori Yoqutoy Djamalovaning "Pedagogik faoliyat tizimida o'qituvchi nutqining o'rni" nomli ilmiy maqolasi e'lon qilindi.
📚Muallif maqolada til faqat muloqot vositasigina emas, fikrlashning o‘ziga xos shakli ekanligi, til birliklaridan samarali foydalanib, madaniy nutq shakllantirish ko‘nikmalarini har bir shaxs ta’lim-tarbiya jarayonida, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishish natijasida egallashi, bu jarayonda o‘qituvchi nutqi, uning zaruriy me’yorlarga amal qilingan shakli muhim ahamiyat kasb etishi kabi masalalarga ham to'xtalgan.

Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Yurt, yurak va yoʻrgʻa
Maʼnosi bir-biridan tamoman farqlanadigan bu soʻzlarning ildizi bir soʻzga – qadimgi turkiy tildagi yoʻrimoq – harakatlanmoq, yurmoq feʼliga borib taqaladi. Yurt soʻzi qadimgi turkiy tilda chodir, boshpana, qoʻnib oʻtiladigan er maʼnosini anglatgan. “Devonu lugʻatit turk”da esa xaroba holidagi bino izlari, qoʻrgʻon va boshqalar deb izohlangan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻatiga koʻra, yurak soʻzi ham yoʻrimoqdan hosil boʻlgan. Turkiy tillar etimologik lugʻati esa bu maʼlumotni shubha ostiga oladi. Bunga yurak soʻzi eskiligi, Oʻrxun-Enasoy bitiklarida ham mavjudligini asos qilib keltiradi. Bu soʻz “Devonu lugʻatit turk”da ham bor. Mahmud Koshgʻariy yuraklig, yuraklandi kabi soʻzlarni ham keltiradi. Bu soʻzlar mardlik va shijoat maʼnolarini ifodalash uchun ishlatilgan.
Yurak soʻzi tanadagi markaziy aʼzo, qalb, dil kabi maʼnolarni anglatishini bilamiz. U qardosh turkiy tillarda bu maʼnolardan tashqari ichak-chavoq, qorin, oshqozon, jigar, oʻt pufagi kabi maʼnolarda ham qoʻllanadi.
Yoʻrgʻa soʻzi oʻzbekchada mayda qadam tashlab, tez yuradigan degan maʼnoda ishlatiladi va ot yoki eshakning yurishini ifodalaydi. U juda koʻp turkiy tillarda ayni shu maʼnoda ishlatiladi.
@oriftolib

#Chavandozlar_maktabi
#Kamon_mashqi
🔰 Joriy yilning 20-sentabr kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quvchilarni harbiy-vatanparvarlik, milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli hamda muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida dars mashg'ulotlaridan so'ng otlar ishtirokida mashg'ulot hamda kamondan o'q otish darsi tashkil etildi.
✅ Ijod maktabining CHYOT rahbari O. Axmedov, tarbiyachi-pedagoglar - P. Jo'rayev, B. Berdiyevlar ishtirokida 30 nafar o'quvchilar “Chavandozlar maktabi” faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
🏇 Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi” direktori, podpolkovnik B.Ravshanov tomonidan mahorat darsi o'tkazildi. Ot spoti murabbiyilari, chavandozlar - A.Rustamov, S.Sodiqov va Q.Najimovlar amaliy mashg'ulotlar olib borishdi.
🎤 Viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi”da o‘smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko‘pkari bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ishlariga asosiy e'tibor qaratiladi.
⏩Hamkorlikdagi ushbu tadbirni tashkillashtirishda ko'maklashgani uchun ijod maktabi jamoasi nomidan viloyat Milliy gvardiya tizimidagi “Chavandozlar maktabi”ga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.