#Diqqat_viktorina
⚡️⏳Bugun soat: 17:00 da "Zukko kitobxon" viktorinasi bo'lib o'tadi.
📌Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
Tanlov sharti: Ijod maktabi kanalida savollar e'lon qilingach, unga birinchilardan bo'lib javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi va ularga ballar beriladi, ya'ni har bir to'g'ri javobga - 1 ball. Shu tarzda bir oy davomida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi go'lib deb topiladi!
📚Yosh kitobxonlar, zukko kitobxon ekanligingizni isbotlash vaqti keldi.
❗️Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Gulsanam Jahongirovaning eng kichik hajmli janrda yozilgan hikoyasi, ya'ni "Drabbli" Keniya davlatining "The diaspora Times global" jurnalida e'lon qilindi.
🎊Ushbu yutuq bilan Gulsanamni tabriklaymiz!
Hikoyani quyida o'qishingiz mumkin:
"Tabriklaymiz, "Xayriya fondi" ochibsiz. Koʻplab koʻngli yarim, yetim bolalarga saxovat koʻrsatayotgan ekansiz, Alloh rozi boʻlsin. Yurtimizda sizga oʻxshagan jamiyatga nafi tegadigan ayollar koʻpaysin" - dedi muxbir. "Ming bor tashakkur!" - deya kulib qoʻydi ayol.
Buni televizorda tomosha qilayotgan bolakayning koʻzlaridan duv-duv yosh dumaladi. Onasi mashhur ayol— nochorlarga yordam koʻrsatadigan hojatbaror boʻlibdi. Shu payt mehribonlik uyining chiroqlari oʻchdi. Bola uxlashga yotdi...
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Diqqat_savollar
⁉️Diqqat, savollar:
1) Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi?
2) Hamid Olimjonning “Semurug‘, Bunyod va Parizod” ertagida Bunyod devni o‘ldirgani ketib qaytgunicha necha yil o‘tadi?
3) G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Shum bola Sariboydan jami qancha haq olgan?
4) Abdulla Qahhorning qaysi qissasi tugallanmagan?
✅ Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!

July-31-2023-Mt-Kenya-Times-ePAPER.pdf
4.6 MB
#Xushxabar
⚡️Boya xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Gulsanam Jahongirovaning eng kichik hajmli janrda yozilgan hikoyasi, ya'ni "Drabbli" Keniya davlatining "The diaspora Times global" jurnalida e'lon qilingandi.
✅ Ushbu jurnalning PDF variantini e'tiboringizga havola etamiz.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
⚡️Boya xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchisi Gulsanam Jahongirovaning eng kichik hajmli janrda yozilgan hikoyasi, ya'ni "Drabbli" Keniya davlatining "The diaspora Times global" jurnalida e'lon qilingandi.
✅ Ushbu jurnalning PDF variantini e'tiboringizga havola etamiz.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
✅ “Ilm-fan oromgohi” uchun qabul boshlandi!
“Ilm-fan oromgohi” loyihasining maqsadi - yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirish.
📍 Loyiha: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida 18-22 avgust kunlari tashkil etiladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi havolani to'ldiring: google havola
Deadline: 10.08.2023
🕊@ulugbek_sultonov

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Jonli_efir
🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar forumi” boshlandi.
❗️ Tadbir “Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat” shiori ostida bo’lib o’tmoqda.
👉 Forumni jonli efirda kuzating.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⚡️Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi
✅ Xabaringiz bor, 2022-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi maʼlum qilingan edi.
✅ Qayd etilishcha, muzokaralar chogʻida Ostona shahri markazida buyuk oʻzbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilingan.
✅ Shu munosabat bilan balandligi toʻrt metrdan ortiq boʻlgan mazkur haykal Oʻzbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida oʻrnatildi.
✅ Eslatib oʻtamiz, bugunga qadar Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, Oʻsh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
✅ Xabaringiz bor, 2022-yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi maʼlum qilingan edi.
✅ Qayd etilishcha, muzokaralar chogʻida Ostona shahri markazida buyuk oʻzbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilingan.
✅ Shu munosabat bilan balandligi toʻrt metrdan ortiq boʻlgan mazkur haykal Oʻzbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida oʻrnatildi.
✅ Eslatib oʻtamiz, bugunga qadar Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, Oʻsh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Ustozlar_forumi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
📍 Tadbirni kirish so’zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:
- Bugungi kunda o'qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta'lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o'rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog'lagan holda dars o'tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o'quv yili oldidan oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o'ziga xos maydon vazifasini bajaradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova:
- Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Bugungi kunda, tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ming nafar o‘qituvchi va 150 ming nafar tarbiyachilarimiz kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratadi. Ushbu forum ustozlarimizga tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko'mak berishiga ishonaman.
✔️ Shuningdek, tadbir doirasida fidoyi ustozlardan 24 nafari “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
❗️ Ko’krak nishonlari O’zbekiston Qahramonlari Muhabbat Sharopova, Anor Mahmudova, O'zbekiston xalq o'qituvchilari Baxtiyor Abdiyev va Rahmatilla Karimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qutuvchi Mirfozil Mirzaahmedovlar tomonidan ustozlarga topshirildi.
✔️ Ma’lumot uchun, mazkur forumda butun Respublikamiz bo‘ylab jami 322 nafar pedagog xodim qatnashishmoqda.
⚡️ Kunning ikkinchi qismida esa ishtirokchilar uchun 14 ta sho’bada o'quv treninglari tashkil etiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM