#Zukko_kitobxon_viktorinasi
✅ Viktorinaning 5-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:
1) Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramatik dostonida Sulton Boyaziddan qaysi chopar maktub keltiradi?
(✅ To'g'ri javob: sulton Shabli - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Behruz Hayitov).
2) Hamid Olimjonning “Semurg‘, Bunyod va Parizod” ertagida Bunyod devni o‘ldirgani ketib qaytgunicha necha yil o‘tadi?
(✅ To'g'ri javob: 3 yil - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).
3) G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Shum bola Sariboydan jami qancha haq olgan?
(✅ To'g'ri javob: 22 tiyin choychaqa o'rniga 2 pud olma beradi - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Afro'za Hamidova).
4) Abdulla Qahhorning qaysi qissasi tugallanmagan?
(✅ To'g'ri javob: "Zilzila" - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Afro'za Hamidova)
⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.
📌 Viktorina davom etadi.

#Kun_tarixi
Bugun, ya'ni 9-avgust — Xalqaro kitobsevarlar kuni
📚 Mazkur bayram dastlab AQSHda kitobxonlar tomonidan norasmiy tarzda nishonlanib kelingan. Keyinchalik bu an'ana dunyoning turli nuqtalaridagi kitobxonlar orasida keng ommalashdi.
📗Har yili ushbu sanada turli davlatlarda kitob do'konlari tomonidan ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etilishi odat tusiga kirgan. Shoir-yozuvchilar o'zlarining yangi asarlari taqdimoti bilan kitobsevarlarni xushnud etadi.
✅ Zero, kitobxonlikni shu tarzda ommalashtirish mazkur bayram sanasining asosiy vazifalaridan biridir.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Foydali
📌 Nega ko'p kitob o'qish kerak?
📖Kitob o'qish diqqatni jamlashga yordam beradi. Voqealar rivojini yaxshiroq tushunish uchun ham diqqatli bo'lishingiz shart va bu narsa qolgan narsalarda ham yordam beradi.
📖Uyqusiz odamlarning uyqisini normallashtishga yordam beradi. Mutaxassislar tunda uxlay olmaydigan insonga uxlashdan oldin kitob o'qishni tavsiya qilishadi.
📖Kreativlikni oshiradi. Kitoblarda kreativlikka asoslanib yozilgan joylari sizning ham shunday narsalarni o'ylashingizga yordam beradi.
📖So'z boyligingizni oshiradi. Xoh o'zbek tilida bo'lsin yoki boshqa tilda, albatta, so'z boyligingiz oshadi, jumlalaringiz chiroyli chiqa boshlaydi.
📖Stressni kamaytiradi. Ishdan charchagan miyangizga biroz dam berishga va chalģitishga yordam beradi.

#Diqqat_viktorina
⚡️⏳Bugun soat: 17:00 da "Zukko kitobxon" viktorinasi bo'lib o'tadi.
📌Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
Tanlov sharti: Ijod maktabi kanalida savollar e'lon qilingach, unga birinchilardan bo'lib javob bergan ishtirokchilar g'olib deb topiladi va ularga ballar beriladi, ya'ni har bir to'g'ri javobga - 1 ball. Shu tarzda bir oy davomida eng ko'p to'g'ri javob yo'llagan ishtirokchi go'lib deb topiladi!
📚Yosh kitobxonlar, zukko kitobxon ekanligingizni isbotlash vaqti keldi.
❗️Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#eslatma
🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.
❗️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:
➖ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖ Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.
🗣 Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_savollar
⁉️Diqqat, savollar:
1) Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasida qaysi qahramon
akasining jasadini Afgʻonistondan olib keladi?
2) Robert Stivensonning “Xazinalar oroli” romanida qaroqchilar yigʻiladigan qovoqxonaning nomi nima?
3) Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Qiz bolaga tosh otmang” romanining bosh qahramoni qaysi kasb bilan shugʻullanadi?
4) "Noutilus" suv osti kemasi qaysi mashhur romanda uchraydi?
✅ Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat, san’at, hunarmandchilik va shu kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” Respublika tanlovini e’lon qiladi.
Batafsil: https://telegra.ph/VATAN-TARAQQIYOTIGA-MENING-HISSAM-07-27
Murojaat uchun telefon: 71 207 57 00
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” Respublika tanlovini e’lon qiladi.
Batafsil: https://telegra.ph/VATAN-TARAQQIYOTIGA-MENING-HISSAM-07-27
Murojaat uchun telefon: 71 207 57 00
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Besh_tashabbus
#AKT
🤖 Robot — sunʼiy mexanik qurilma. U, odatda, elektromexanik tizim boʻlib, odam mehnatini bajaradi.
🛰 Robot insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashinadir.
📚Robot atamasini ilk bor 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek „Robot U. Robot“ pyesasida ishlatgan.
⚡️Robotlardan foydalanish sohalari borgan sari kengaymoqda. Yaponiyada 6 ming metrgacha chuqurlikda ishlaydigan Robot-geolog, notani „oʻqib“ elektr gitara chaladigan Robot-mashshoq, AQSHda suv ostida ishlaydigan Robot-gʻavvos yaratilgan.
✅ Avtomobilsozlik rivojlangan mamlakatlarda (Oʻzbekistonda ham) Robotlar mashinalarni yigʻishda qatnashadi.
❗️E'tiborlisi, yangi 2023/2024-o'quv yilidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham "Robototexnika" fani o'qitiladi.

#Jahon_adabiyoti
Hayoti afsonalarga burkangan shoir – Homer
Gretsiya faxrining asarlarini bilish, aytib berish barcha uchun sharaf hisoblangan. Uning esa hayotda yashagan, yashamagani ham nomaʼlum.
“Dunyo adabiyoti”

✅ Viktorinaning 6-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:
1) Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasida qaysi qahramon
akasining jasadini Afgʻonistondan olib keladi?
(✅ To'g'ri javob: Turobjon - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).
2) Robert Stivensonning “Xazinalar oroli” romanida qaroqchilar yigʻiladigan qovoqxonaning nomi nima?
(✅ To'g'ri javob: Admiral Benbou - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).
3) Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Qiz bolaga tosh otmang” romanining bosh qahramoni qaysi kasb bilan shugʻullanadi?
(✅ To'g'ri javob: tadbirkorlik - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Dilnoza Itolmasova).
4) "Noutilus" suv osti kemasi qaysi mashhur romanda uchraydi?
(✅ To'g'ri javob: Jyul Vernning "Suv ostida 80 ming kilometr" romanida - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva)
⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.
📌 Viktorina davom etadi.
✅ Viktorinaning 6-turida savollarga hammadan birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan ishtirokchilarni e'lon qilamiz:
1) Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasida qaysi qahramon
akasining jasadini Afgʻonistondan olib keladi?
(✅ To'g'ri javob: Turobjon - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8 "B"-sinf o'quvchisi Madina Omonova).
2) Robert Stivensonning “Xazinalar oroli” romanida qaroqchilar yigʻiladigan qovoqxonaning nomi nima?
(✅ To'g'ri javob: Admiral Benbou - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Sevinch Nuriddinova).
3) Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Qiz bolaga tosh otmang” romanining bosh qahramoni qaysi kasb bilan shugʻullanadi?
(✅ To'g'ri javob: tadbirkorlik - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Dilnoza Itolmasova).
4) "Noutilus" suv osti kemasi qaysi mashhur romanda uchraydi?
(✅ To'g'ri javob: Jyul Vernning "Suv ostida 80 ming kilometr" romanida - javob muallifi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchisi Gulhayo Narzullayeva)
⚡️Viktorina shartiga ko'ra, savollarga birinchi bo'lib berilgan har bir to'g'ri javob uchun 1 ball beriladi.
📌 Viktorina davom etadi.
Forwarded from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#bilib_oling
Bargga yoki barkka?
Kirill alifbosida
Oʻzagi Г harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -га, -ган, -гача, -ганча, -гунча, -гани, -гудек kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, nutqda ham, yozuvda ham tovush almashishi (к + ка) kuzatiladi:
Барг + га = баркка
Тег + ган = теккан
Туг + гунча = туккунча
Баргга ❌
Баркка ✅
*Lekin oʻzlashgan soʻzlar aslicha qolaveradi:
Педагог + га = педагогга
Стоматолог + га = стоматологга
—
Lotin alifbosida
Oʻzagi G harfi bilan tugaydigan soʻzlarga -ga, -gan, -gacha, -gancha, -guncha, -gani, -gudek kabi qoʻshimchalar qoʻshilsa, talaffuzda tovush almashsa ham, yozuvda harflar aslicha yoziladi:
Barg + ga = bargga
Teg + gan = teggan
Tug + guncha = tugguncha
Barkka ❌
Bargga ✅
manba👇
@xatoliklar_lotin
Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep
Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook

1) Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda yer sayyorasida gul, ilon, tulki va yana 2 nafar kishiga duch keladi. Ularning nomlarini to'liq toping.
2) Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asarida dunyodagi birdan-bir harbiy boʻlmagan aviakema qaysi edi?
3) Nodar Dumbadzening "Men, buvim, Iliko va Illarion" asarida Serapiona nimaning nomi?
4) Xudoyberdi To'xtaboyevning qaysi asari boylikka mukkasidan ketgan ota-ona haqida hikoya qiladi?
✅ Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
⁉️Diqqat, savollar:
1) Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda yer sayyorasida gul, ilon, tulki va yana 2 nafar kishiga duch keladi. Ularning nomlarini to'liq toping.
2) Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" asarida dunyodagi birdan-bir harbiy boʻlmagan aviakema qaysi edi?
3) Nodar Dumbadzening "Men, buvim, Iliko va Illarion" asarida Serapiona nimaning nomi?
4) Xudoyberdi To'xtaboyevning qaysi asari boylikka mukkasidan ketgan ota-ona haqida hikoya qiladi?
✅ Savollarga javoblarni @zukkokitobxonga telegram profiliga jo'natishingiz mumkin.
📌Eslatma: ushbu tanlovda faqat Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari qatnashishlari mumkin!
#Kun_hikmati
Do‘stlik haqida
Yosh yigit so‘radi:
— Yo, ustoz, do‘stlik nimadur?
Donishmand javob berdi:
— Sizning do‘stingiz orzularingiz ushalishidir.
Chin do‘st — ekinzor dala. Siz bu dalaga mehr bilan urug‘ sepasiz va hosil yetishganda mamnunlik bilan yig‘ib olasiz.
Do‘stingiz — dasturxoningiz va o‘chog‘ingizdir.
Chunki siz tashnaligingizda do‘st oldiga kelasiz va uning huzurida orom topasiz.
✍️Jubron Halil
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Do‘stlik haqida
Yosh yigit so‘radi:
— Yo, ustoz, do‘stlik nimadur?
Donishmand javob berdi:
— Sizning do‘stingiz orzularingiz ushalishidir.
Chin do‘st — ekinzor dala. Siz bu dalaga mehr bilan urug‘ sepasiz va hosil yetishganda mamnunlik bilan yig‘ib olasiz.
Do‘stingiz — dasturxoningiz va o‘chog‘ingizdir.
Chunki siz tashnaligingizda do‘st oldiga kelasiz va uning huzurida orom topasiz.
✍️Jubron Halil
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#eslatma
🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning kirish imtihoni javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.
❗️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:
➖ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖ Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.
🗣 Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Nomzodlarni_saralash
🔰Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakant lavozimlariga ishga tanlov e'lon qilingandi. Ta'kidlash joiz, shu kungacha tanlov uchun ko'plab nomzodlardan hujjatlar qabul qilindi. Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi: 1) Suhbat (saralash bosqichi); 2) Pedagogik mahoratini aniqlash.
📆 Joriy yilning 16-17-avgust kunlari tanlovning suhbat bosqichi bo'lib o'tadi. Suhbat ishchi guruhdan iborat hakamlar hay'ati orqali o'tkaziladi. Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutaxassislari ham ishtirok etadilar.
✅ 16-avgustda ona tili va adabiyot, tarix, tarbiya fanlaridan, 17-avgustda esa ingliz tili va geografiya fanlaridan hujjat topshirgan nomzodlar uchun o'tkaziladi
⏰ Suhbat jarayonlari soat 9:00 da ijod maktabi o'quv binosining 1-qavat, 3-xonasida boshlanadi.
❗️Nomzodlar portfoliolari (oxirgi 3 yilda erishilgan yutuqlari) bilan kelishlari so'raladi.