Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.11K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Hashar_elga_yarashar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bugun umumxalq hashari òtkazildi.

Maktab binosining atroflari , yòlaklarga , ijod boģining atroflariga turli gul kòchatlari, manzarali daraxtlar òtkazildi, obodonlashtirildi.

Shuningdek, òquvchilar òz sinf xonalarining umumiy tozaligiga e'tibor berib, ozodalik ishlarini olib bordilar.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍3👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_tavalludining_82_yilligi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga baģishlab "Òzbekiston-Vatanim manim!"mavzusidagi adabiy-badiiy tadbirdan tayyorlangan videorolik.
👍3🔥1
#Ijod_maktabida_Navròz_tantanalari

Yuz ochib bildirdi qad birla sochi teng erkanin,
Zohir oʻlgʻondek tunu kun tengligi Navroʻzdin.

Alisher Navoiy

NAVRO'Z - BOQIY BAYRAM

🌺Yurtimizda ayni kunlarda tabiat uygʻonib, goʻzal diyorimizga barchamiz orziqib, sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Ayniqsa, tinchlik va sihat-salomatlikni ulugʻlaydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navroʻzning qadri oʻzgacha.

🌷Navroʻz bayramining butun mohiyatida xalqimizning ezgulikparvar qalbi namoyon boʻladi. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yana cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda.

🌼 Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida bayram tantanalari bo'lib o'tdi.

🌸Aslida, ijod maktabida bayram tantanalari kuni kecha boshlanib ketgandi. Nega deganda, 21-mart sanasi ijod maktabi uchun qo'shaloq shodiyona sifatida keng nishonlanadi. Chunki aynan shu kuni O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan.

📚Ijod maktabining faollar zalida buyuk shoir Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligiga bag'ishlab "O'zbekiston - Vatanim manim!" mavzusida o'tkazilgan adabiy-badiiy tadbir sahnasida o'quvchilar tomonidan Navro'z haqida adabiy kompozitsiya namoyish etildi.

🤼‍♀️Ijod maktabidagi bayram shukuhi xalq o'yinlariga, o'quvchilar ijrosidagi xalq qo'shiqlari, aytishuvlar va mushoira bazmiga ulanib ketdi. O'g'il bolalar milliy kurash, arqon tortish kabi sport musobaqalarida o'zaro bellashishdi.

💥Bugun shodiyonalar davom etdi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
👍5🤩1
📸Ijod maktabida o'tkazilgan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostidagi bayram tantanalaridan fotoreportaj (1-qism).
🥰4👍3
📸Ijod maktabida o'tkazilgan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostidagi bayram tantanalaridan fotoreportaj (2-qism).
👍7🥰2