Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Premyera
#Tὁgarak_hisoboti

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va fan to'garaklaridan so'ng zamonaviy to'garaklar faoliyat turadi. Rejissor Aktam Boyto'rayev rahbarligidagi "Aktyorlik mahorati" drama to'garagi ham ana shunday to'garaklardan biri sanaladi.

🎭Bugun ushbu to'garakning choraklik hisoboti spektakl namoyishi bo'lib o'tdi. Xususan, o'zbek xalq ertaklarining sara namunalariga kiruvchi - "Zumrad va Qimmat" ertagi asosida sahnalashtirilgan musiqiy sahna asari namoyish etildi.

✳️Rollarni ijod maktabining 7-8-sinf o'quvchilari ijro etishdi. Shuningdek, sahna asarini O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi viloyat boshqarmasi xodimlari ham tomosha qilishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov nomli Ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi q'abul qilinganligining
30 yilligiga bag'ishlab "Shuhrating porlasin toki bor jahon!" shiori ostida "Har satrida Vatan vasfi" mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Tanlov 3 yo‘nalishda o'tkaziladi.

1.Ijodiylik (nazm, insho, publisistika)
2. Eng yaxshi ijro (xor bòlib kuylash)
3.Tasviriy san'at


Barcha yo'nalishlarda mavzudan chetlashmagan holda,  madhiyamizning o'ziga xosligini aks ettirish zarur.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ijodiy ish namunalari 2022-yil 10-dekabrga qadar  maktabning 
@abdullaoripovyoshijodkorlar kanaliga qabul qilinadi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Тўгараклар_фаолиятдан
#Kashtachilik

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va fan to'garaklaridan so'ng zamonaviy to'garaklar faoliyat yuritadi.

🧶🧵Ma'mura Samadova rahbarligidagi "Tikuvchilik va kashtachilik" to'garagi ham ana shunday to'garaklardan biri sanaladi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilim_doirasida
#Intellektual_ring

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda "Madaniyat va maʼrifat" telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan "Bilim doirasida" ko‘rsatuvining bu galgi sonida Ogahiy hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarining o‘quvchilari bellashishdi.

🏆E'tiborlisi, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilari - Tillayeva Gulira'no, Shoyimqulova Rayhona, Boymurodova Madinadan iborat maktab jamoasi 31:25 hisobida Ogahiy nomidagi ijod maktabidan ustun kelishdi. Ular O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari - kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

O'z navbatida, ko'rsatuv shartlariga o'quvchilarni tayyorlashda mas'ul etib tayinlangan Nafosat Azizovaga, shuningdek, ijod maktabining barcha ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda
✔️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidan 1 nafardan jami 3 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turishibdi.

O’quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.

📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o’quvchilar ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

📆Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Dangal" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

Taniqli shoir Eshqobil Shukur ushbu so‘zning kelib chiqish tarixi haqida hikoya qiladi.

📺 "Bobo so‘z"

👉 @mm_telekanal

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Tolchovkon" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan jami 3 nafar o'quvchilar, xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Gulsevar To'rayeva ham ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turibdi.

O’quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.

📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkazilmoqda; unda o’quvchilarimiz ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

📆Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

Ayni paytda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib turgan o'quvchilarimiz Tokyo institute of science and technology oliygohida bo'lishdi.

O'quvchilarimiz bu yerda institut professorlari tomonidan tashkil etilgan "Earth and Life Science" mavzusidagi ma'ruzalarda ishtirok etishdi.

❗️Ma'ruzadan so'ng mazkur universitet talabalari bilan bu yerda ta'lim olish, imkoniyat va afzalliklar haqida muhokama bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari Tama High school maktabida bo'lishdi va dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

📆Eslatib o'tamiz, dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yeldirim" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Ijodiy_uchrashuv

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari bòyicha falsafa doktori, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Nilufar Umarova bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

🔶 Ijodiy uchrashuvda maktabning iste'dodli va ijodkor o'quvchilari ishtirok etdi.

🔶 Savol-javob tarzida o'tgan ijodiy uchrashuv davomida o'quvchilar adabiyot, she'riyat, she'r yozish dardi va uning beqiyos mashaqqati, bugungi voha adabiyoti, adabiy muhiti, Qashqadaryo she'riyatining betakror shoirlari haqida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🔶 Albatta, shoirlar ishtirok etgan davra ruhiyatni orom oldiradigan, dilga zavqu shavq ulashadigan she'rlarsiz o'tmaydi. Shoira Nilufar Umarova o'z ijodidan bir qator she'rlarini o'qigan bo'lsa, o'z navbatida, yosh ijodkor-o'quvchilar ham o'z she'riy mashqlaridan namunalar o'qishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram