Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#1_dekabr_Xalqaro_OITSga_qarshi_kurash_kuni
#Rasmlar_tanlovi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 1-dekabr - Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida tasviriy san'at ishlari tanlovi o'tkazildi.

🖼👨‍🎨 Ushbu tanlovda ijod maktabining 7- va 8-sinflar o'quvchilari ishtirok etishdi. O'quvchilar o'z suratlarida OITS - XXI asrning global muammosi bo'lib, unga olib boradigan yo'l jahannam yo'li ekani va ayrim yoshlar bu yo'lga kirib yosh umrini xazon qilganini aks ettirishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Azizbek Norov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

🔰Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassam.

✍️Madhiyamiz muallifi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bo'lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. 1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 30 yil to‘ldi.

📖Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 15-noyabrdagi topshiriq xatiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlab, madhiyamizni ifodali tarzda o'qishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

Imkoniyatlar:
- Doimiy malakaviy o’sish;
- Iqtidorli o’quvchilar;
- Xalqaro va respublika konferensiya hamda treninglar;
- Boshqa ko’plab imkoniyatlar.

🔷Talabgorlar haqidagi ma'lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:

👉🏻 [email protected]

🏛ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI MA'MURIYATI
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

🔰Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi, yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi mujassam.

✍️Madhiyamiz muallifi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bo'lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. 1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 30 yil to‘ldi.

⚠️ Qadrli yurtdoshlar! Ushbu chorlovda barchangizni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Konstitutsiya_baxtimiz_Qomusi
#Davra_suhbati

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Bosh
Qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan davra suhbati va ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

📚Tadbirda viloyat prokuraturasi bo'limi boshlig'i Ilhom Usmonov, bo'lim prokurori Asliddin Po'latov, jurnalist Inobat Abdullayevalar ishtirok etdilar.

📖Davra suhbatida ijod maktabi o'qituvchisi R.Xolov hamda mehmonlar tomonidan "Huquq va burchingizni bilasizmi?" mavzusida viktorina savollari asosida suhbat tashkil etildi.

Tadbirning 2-badiiy qismida ijod maktabi o'quvchilari - musiqa to'garagi a'zolari tomonidan "Baxtim Qomusi - Konstitutsiyam" mavzusida adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etildi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
📸Tadbirdan fotoreportaj (1-qism)