Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.72K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Diplomacy_education

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar "Diplomcay education" dasturi doirasida Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

Dastur doirasida o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari G'ayrat Fozilov hamda O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov bilan uchrashishdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar Rim shahrining e'tiborga molik tarixiy qadamjolari bilan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Premyera
#Anons

🎭 2022-yil 13-may kuni soat 15:00 da Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Abdulla Ayizovning “Orzular og'ushida” asari asosida yaratilgan spektakl premyerasi bo'lib o'tadi.
Sahnalashtiruvchi rejissor: Aktam Boyto'rayev
Spektakldagi rollarni ijod maktabining 7,8,9-sinf o'quvchilari hamda 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari ijro etishadi.
Mazkur spektakl premyerasiga barchani taklif etamiz! Premyera "ZOOM" platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Premyera linkini tez orada havola qilamiz. Bizdan uzoqlashmang.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Besh_tashabbus
#Zakovat

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarorining 4-bandi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 30-martdagi 03-02/4-413-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning har seshanba kuni o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o'yinining 1-mavsumiga start berilgan edi.
Bugun “Zakovat” intellektual o'yini 1-mavsumining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu o'yinda 8-A sinfining “Evrika” jamoasi 15 ballni to‘plagan holda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 7-B sinfining “Power of Ladies” jamoasi 14 ball bilan 2-o‘rinni egalladi. “Teorema” va “Lider” jamoalari bir xil natija, ya’ni 13 ball to’plagan holda 3-o‘rinni band etishdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Qarshi shahridagi 3- va 14-maktablar, Qamashi tumanidagi 67-maktab, Qarshi tumanidagi 41-maktab va Koson tumanidagi 13- va 85-maktablarning o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
🟢 Direktor o‘rinbosarlari – N.Oripova va Y.Jamolovalar maktabga qabul, imtihon, o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoit hamda imkoniyatlar haqidagi savollariga javob berishdi. Shuningdek, viloyatda tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida ham ma'lumotlar yetkazildi.
🟢 O‘quvchilar media savodxonlik, aktyorlik mahorati, dizayn kabi to‘garak xonalarida bo‘lishdi.
Ochiq eshiklar kuni viloyat televideniyesi tomonidan tasvirga olindi.
🟢 Ochiq eshiklar kuni davomida “Mitti yulduz yog‘dulari” kitobi taqdimoti, “Zakovat” intellektual o‘yini va "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkaziladi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
#Saralangan_satrlar

Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan, donolarcha savol ber.

©Gyote

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Xotira_abadiy_qadr_muqaddas
#Inson_aziz

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Inson aziz” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Qashqadaryo viloyati Faxriylar kengashi raisi, podpolkovnik Sharif Madiyev, podpolkovnik G‘ayrat Umirqulovlar va maktabning 9-sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
❇️ Urush o‘z nomi bilan urush. U hech qachon insoniyatga baxt-saodat keltirmagan. Biroq yov yurtga bostirib kelganda, dushmanga qarshi kurashgan, o‘z jonini tikib bo‘lsa-da, xalqi tinchligini ta’minlagan ajdodlarimizning jasoratlarini bugungi avlod unutmasligi zarur, urush qurbonlarini xotirlash, bugun keksalik gashtini surayotgan urush faxriylarini e’zozlash ham farz, ham qarz ekanini barcha birdek his etishi lozim. Uchrashuv davomida shu haqda so‘z bordi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
https://uza.uz/posts/370559

#OAV_biz_haqimizda

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Ma’naviyat – yoshlar ko‘zgusi” mavzusidagi ma’rifiy suhbat O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - uza.uz rasmiy saytida va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritildi.