Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.26K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.61K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Davra_suhbati

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uchrashuv va davra suhbati o'tkazildi.

🇺🇿Davra suhbatida Janubiy- G’arbiy Maxsus Harbiy okrug Faxriylar Kengashi raisi va a’zolari podpolkovnik Sh.Ma'diyev hamda G'.Umrqulov ishrok etdilar.

🇺🇿Musiqa to'garagi rahbari Z.Boboxo'jayev tomonidan ijro etilgan "O'zbek askari" qo'shig'i bayramga o'zgacha shukuh berdi.

🇺🇿Vatan ozodligi yo'lida mardona kurash olib borgan buyuk sarkardalarning jasorati, shonli hayotini targ'ib qilish orqali o'quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat'iyat tuyg'ularini mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan ushbu suhbat ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Assalomu alaykum!
Sizlar bilan yana bir xushxabarni boʻlishmoqchiman!


Bugun Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovining taqdirlash marosimida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Oʻquvchilarimiz tomonidan ilgari surilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Yildan yilga ichimlik suvi taqchillashib borayotgan bugungi kunda ayni shu kabi loyihalar juda ham ahamiyatli va dolzarb ekanligi xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.

2024-yilda 156 ta davlatdan ariza topshirgan 6 mingga yaqin ishtirokchilarning loyihalari orasidan finalda ishtirok etuvchi 33 ta loyiha tanlab olingan. Ular orasida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilarining gʻolib boʻlgani quvonarli hol, albatta.

Endilikda oʻquvchilarimizning ushbu global miqyosdagi loyihalarini moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Ularning ushbu natijalari ortida tinimsiz oʻqish va izlanish yotibdi. Ilm yoʻlida tunni kunga, kunni tunga ulagan har bir oʻquvchi kun kelib yuksak marralarni zabt etishi shubhasiz.

Aziz yoshlar, ilm oʻrganishdan aslo charchamang. Bugun oʻrganayotgan bilimlaringiz, egallayotgan koʻnikmalaringiz ertaga Yangi Oʻzbekiston nomini yanada koʻklarga koʻtaradi!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
#Besh_tashabbus
#Voleybol

🔰 Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla  Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda to'garak mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

🎗Shu ma'noda, to'garak rahbari M.Shoymardonova boshchiligida ijod maktabining 8-9-sinflar o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo'lib o'tdi va yakunda do'stlik g'alaba qozondi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar
#Tògaraklar_faoliyati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash "to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audioasarlardan namunalar yaratilmoqda.

📚O`tkir Hoshimov "Ikki eshik orasi"romanidan.
8-"A" sinf o‘quvchisi
Meylimurodova Asila

Fan o‘qituvchisi: Shodmonova Dildora
Montajchi: Shaxzod Rajabov
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli Prezidentimiz olib borayotgan ochiq tashqi siyosat tufayli mamlakatimiz yoshlariga dunyoning nufuzli universitetlari eshik ochyapti. Ertadan boshlab “Yangi O‘zbekiston” universitetining bir guruh talabalari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universitetida bir semestr mobaynida o‘qishni davom ettirishadi.

Talabalar Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarini tanlashgan. Yurtimizda bugun zamonaviy muhandislarga ehtiyoj katta.

Bundan 2 yil avval BAAga xizmat safarimiz davomida Xalifa universiteti bilan talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olgan edik.

Kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, ikkala universitet o‘rtasida bundan-da yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

@hilola_umarova