#Bugun_Erkin_Vohidov_tavallud_topgan_kun
Abdulla Oripov
SOʻZ SEHRI
(Erkin Vohidov ijodi haqida)
📚Mana, bir necha oʻn yillardirki, biz dilbar bir sheʼriyatning muattar havosidan bahramand boʻlib kelayotirmiz. Bu – Erkin Vohidov sheʼriyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamoyili, gʻoyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uygʻotuvchi tashbehlar, oʻtkir xulosalar - bular bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir. Men Erkin Vohidovni sheʼriyatda oʻziga hos sehr sohibi deb bilaman. U sheʼriyatning oʻjar va asov, uchqur otini ustalik bilan jilovlab, mana uzoq yillardan buyon Sharqning sharafli nazm maydonida mohir chavandoz yangligʻ dong chiqazib kelayotir.
✅ Oʻylab qarasam, biz gʻalati davrlarni boshdan kechiribmiz: yaqin-yaqinlargacha ham koʻrinishdan dabdurust odamlar , adabiyotda avval shaklmi yoki mazmunmi deya betoʻxtov tortishib yurardilar. Albatta, bu bahsning zamirida boshqa bir murod yashiringan edi. Yaʼni, mahorat, sanʼat shart emas, yalangʻoch boʻlsa ham bizning gʻoyamizni takrorlayber! Ana shu tazyiq tufayli ne-ne isteʼdod egalari oʻzlarining benazir mahoratlarini namoyish eta olmadilar. Maktab darsliklarida: “Paxta tersang toza ter, chanogʻida qolmasin” kabi texnik qoʻllanmalar , ruhsiz gaplar sheʼriyat namunasi, deya taqdim etildi.
✔️Qirq yilcha muqaddam jamol koʻrsatgan Erkin Vohidov sheʼriyati oʻsha qorongʻu goʻshalarni birdaniga yorita boshladiki, shoirimiz oʻzining ilk kitobini bejiz “ Tong nafasi” deb atamagan edi. Oʻlmas aruz vazniga bepisand qarash hali hukmron bir sharoitda Sobir Abdulla, Habibiy, Charhiy singari moʻtabar siymolardan keyin mumtoz gʻazaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekiladi, deya karomat qilishayotganda, yosh avlod orasidan birinchilardan boʻlib Erkin Vohidov aruzning tabarruk ostonasida posbon yangligʻ paydo boʻldi.
❇️ Toʻgʻri, hozirgacha ham aruzda ijod qiluvchilar ozmuncha emas. Biroq, sogʻlom kishining nafas olishidek muntazam va ravon, asl aruz mavjudki, bu sanʼatga “bulhavas”larning aralashuvlari hech qanday samara keltirmaydi. Aksincha, sodda muallifni kuppa-kunduz kuni beobroʻ qilib qoʻyishi mumkin. Shu maʼnoda, gʻazalga tavajjuh bildirgan yoshlarimizga hozirgi zamon shoirlaridan Erkin Vohidov ijodi maktab boʻla oladi, deyman.
➡️ Yuqorida biz mazmun va shakl atrofida bahslar boʻlib oʻtganligini esladik. Takror aytamiz, u tamomila behuda bahs edi. Biz koʻrib va his qilib turgan olam bir butundir, yaʼni tan libosi ichra ruh yashaydiki, biz ikkisini yaxlit holda mukammal xilqat deya eʼtirof etamiz.
🔰Erkin Vohidov sheʼriyatida abadiy mavzular hazinasiga aniq zamon va makon kaliti orqali kirib boriladi. Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib oʻtgan va oʻtayotgan goh mashaqqatli, goh armonli, goh tugʻyonli, goh iftixorli yoʻllarning manzara va ohanglari , sadolari Erkin Vohidov sheʼriyatida toʻla mujassamdir. Hali oldinda uzoq, ravon yoʻllar kutib turibdi.
📗 Biz Mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonimiz uchun, ona xalqimiz uchun bundan buyon ham astoydil xizmat qilishga shaymiz. Goho yuksak togʻlarning boʻyu basti uzoqdan yaqqolroq koʻrinadi, deydilar. Lekin men u uzoq masofalarni kutib oʻtirmasdan, hozirning oʻzidayoq bir gapni ochiq-oydin aytib qoʻyaqolay: Men Erkin Vohidovdek isteʼdodli shoir bilan zamondosh boʻlganim bilan faxrlanaman.
1992-yil.

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing
11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.
U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.
U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.
Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.
Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.
Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.
@hilola_umarova

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yakuniga yetib borayotgan yilda ziyolilar, olimlar bir joyga jam bo‘lib, yil sarhisobini qildi.
Eng sermahsul ijod qilgan tarixchi-olim, ilmiy muassasa, ijodkor, yosh tadqiqotchilar taqdirlandi.
Yangi yil oqshomida “O‘zbekiston tarixi” telekanalida "Tarix e'tirofi - 2024" taqdirlash marosimi hamda bayram kechasini o‘tkazib yubormang!
@otabek_khasanov