Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.31K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Davra_suhbati

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari bilan Inson huquqlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati mintaqaviy vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Ombudsmanning viloyatdagi vakili L.Saodatova hamda O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning viloyat boshqarmasi mutaxassisi M.Ravshanova bilan o'tkazilgan davra suhbati davomida o'quvchi-yoshlarni turli g'oyaviy xavf-xatarlardan himoyalash immunitetini shakllantirish, bola huquqlari haqida ma'lumotlar berildi.

Suhbat avvalida mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

Mutaxassislar o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javov berdilar. Davra suhbati erkin, ochiq muloqot tarzida o'tkazildi.
2-noyabr - O'zbekiston xalq shoiri, tarjimon, Aleksandr Faynberg tavallud topgan kun

Aleksandr Faynberg

               ESKI FONUS


Kuylama u eski fonusni menga,
Pushkin yo Blok deb chekmagil firoq.
Ularning shu’lasi mendan ko‘p yiroq,
Kuylama u eski fonusni menga.

Kuylama menga Rus qahratonini,
Qishning zamhariri yer uzra oqar.
Bestujev izillab qayonga boqar,
Kuylama menga Rus qahratonini.

Menga u yo‘llarni kuylamagin sen,
Shamol ham topolmas qorli sarhadlar.
Navjuvon Radishchev, ovloq bekatlar,
Menga u yo‘llarni kuylamagin sen.

Kuylama u sirli yurtlar haqida,
Kuylama maftunkor olis go‘shani.
Kuylama, kuylama faqat o‘shani,
Kuylama u sirli yurtlar haqida.

O‘zi yo‘q sevgini kuylama, jonim,
Ovozing, bardoshing yetmagay bu dam.
O‘chgay u fonusning shu’lalari ham,
O‘zi yo‘q sevgini kuylama, jonim.

✍🏻Abdulla Oripov tarjimasi
#ILM_JAVHARDUR
#Muzeyga_sayohat

🇺🇿 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari respulikamizdagi muqaddas qadamjolardan biri , vatandoshimiz,  ulug' alloma, kalom ilmining asoschisi Abu Muin Nasafiy majmuasiga sayohat qildilar.

O'quvchilar buyuk allomaga bag‘ishlangan  muzeyda bo'ldilar. XII asrda barpo etilgan toshquduq,  xonaqolar haqida ma'lumotlar oldilar. Muzeydagi katta devorda "Ilm-javhardur" deb nomlangan san'at asari va barcha eksponatlar o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.
#Tanlov_natijalari

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "O'zbek tili bayrami kuni"munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlar natijalari e'lon qilindi:

“Ona tilim - faxrim” mavzusida  7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esselar tanlovida :
1-o‘rin  9-“B” sinf o‘quvchisi Uroqova Malikabonu;
1-o‘rin  8-“A” sinf o‘quvchisi Obloqulova Shahrizoda;
1-o‘rin  7-“B” sinf o‘quvchisi Negmatova Gavhar;

10-11-sinf  o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilida eng yaxshi nutq” mavzusida maqolalar va notiqlar
tanlovida:

1-o'rin 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Feride;
1-o‘rin 11-sinf o‘quvchisi
Hayitova Farangiz;
2-o‘rin 11-sinf o‘quvchisi
Rayimova Durdona;
3-o‘rin 11-sinf o'quvchisi Boboqulova Munisa.

“Eng yaxshi she’rxon” tanlovida:

1-o‘rin 7- sinf o‘quvchisi
Hasanova Asila;
2 -o‘rin 8- sinf o‘quvchisi
Ubaydullayeva Sabina;
3-o‘rin 7-sinf o'quvchisi
Amirqulova Marjona;
3-o'rin 7-sinf o'quvchisi
Itolmasova Nilufar.

🔥Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz!Kelgusidagi o'qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🏆G'oliblar 2024-yil 11-noyabr kuni o'tkaziladigan "Ertalabki saflanish"da taqdirlanadilar.
⚡️Ijod maktabida "O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlar jarayonidan lavhalar.