Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Qaror_ijrosi
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

❗️Davra suhbatida 10329-sonli harbiy qismdan kapitan Azamat Sayfiddinov, katta leytenant Nabi Sayfullayev, serjant Murodjon Boboyevlar ishtirokida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalar o‘qildi hamda gazetalar tarqatildi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Ona Vatan madhi tarannum etilgan she'riy kompozitsiya taqdim etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Qaror_ijrosi
#Baxshichilik_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarga "Baxshichilik maktabi" mavzusida "Mahorat darsi" òtkazildi

❇️Darsni Òzbekiston Xalq baxshisi Boyqòchqor Axmedov olib bordi.

✳️Òquvchilar mavzu doirasida òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ijod maktabida tahsil olayotgan yoshlar orasidan baxshilik san'atiga qiziqadigan òquvchilar ijodidan ham tinglandi.

🔰Ushbu san'at mohiyatini òquvchilarga teran anglatish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Qaror_ijrosi
#Mahorat_darsi
#Baxshichilik_san"ati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi va Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2021-yil 31-avgustdagi 95- va 01-03/1043-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlik tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Mahorat darsi" òtkazildi.

✳️Darsni Qoraqalpoģiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi, Òzbekiston xalq shoiri Kengasboy Karimov "Baxshilik maktablari va baxshilar"mavzusida masofaviy tarzda òtdi.

❇️Dars davomida òquvchilar Òzbekiston va Qoraqalpoģistondagi baxshichilik maktabi haqida òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

✳️Shuningdek , darsda iste'dodli òquvchilarning ijodiy ishlari, badiiy chiqishlari tinglandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabiga Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi boshlig‘i Davron Tojiyev tashrif buyurdi.

❗️Ijod maktabining 9-11-sinf o‘quvchilari hamda ustozlari bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbatida chet tili fanini rivojlantirish, takomillashtirish, bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarning ingliz tiliga qiziqishlarini kuchaytirish, chet tillarini ommalashtirish bo‘yicha samarali metodlardan foydalanish haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

💥 Suhbat davomida Davron Tojiyev mavzu yuzasidan o‘z taqdimotini namoyish etib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga to‘liq javob berdi.

📚 Suhbat yakunida Davron Tojiyev IELTS imtihonini topshiradigan o‘quvchilarimizga imtiyoz vaucherlarini topshirildi.

🎯 Bizni kuzatishda davom eting
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
#Harbiy_qismda_bir_kunim
#Qaror_ijrosi

Joriy yilning 15-fevral kuni Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo Hujumidan Mudofaa va Harbiy Havo Kuchlari qo'mondonligiga qarashli 63226-harbiy qismda òtkazilgan mashģulotlar , "Mahorat darsi"da ishtirok etdilar.

❇️Mashģulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovor mashģulotlari bòyicha nazariy va amaliy saboqlar oldilar.

✳️Shuningdek, o'quvch-yoshlar harbiy xizmarchilarning bir kunlik hayoti bilan tanishib, Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyģusini yana bir bor his etdilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasida belgilanganidek, mart - "Huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" tadbirlari doirasida suhbat òtkazildi.

🔰Qarshi shahar IIB katta inspektor-psixologi, podpolkovnik Alisher Xudoyqulov bilan "Mas'uliyat nima?" mavzusida òtkazilgan suhbatda òquvchi-yoshlar burch va vazifalari haqida , shu bilan birga òz qiziqish va maqsadlarini ham bayon etdilar

❇️Shuningdek, A.Xudoyqulov har bir insonning fuqarolik pozitsiyasi, oilaga, vatanga, jamiyatga mas'ullik hissi bilan yashash, òqish, ishlash haqida o'z fikrlarini bayon etdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining o‘quvchilari kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha Qarshi shahrida joylashgan "Vatanparvarlar" boģida òtkazilgan musobaqada ishtirok etdilar.

❇️O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligiga baģishlandi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Mahallamga_nihol_ekaman

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi "2022-yilgi Navròz umumxalq bayramiga tayyorgarlik kòrish va uni òtkazish tòģrisida"gi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham keng qamrovli obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hududi joylаshgan "Tabassum" mahallasidagi kòp qavatli uylar atrofi hamda maktabning orqa binosi hududi atrofiga manzarali daraxt va gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
#Qaror_ijrosi
#Yashil_makon
#Ekologik_tadbir

Òzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PQ-134-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yòl xaritasida belgilanganidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida obodonlashtirish va kòkalamzorlashtirish tadbirlari òtkazilmoqda.

❇️"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktabning orqa binosi hududi atrofiga biologiya o'qituvchilari M.Shoimova,
I .Eshniyozovar hamda 7-sinf o'quvchilari tomonidan turli gul kòchatlari òtqazildi.

❗️"Yashil makon" loyihasi ostida òtkazilayotgan aksiya davom etadi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook|
#Qaror_ijrosi

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentinin 2021-yil 17-iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining mazkur sport turiga qiziquvchan o'quvchi-yoshlari bilan hamkorlikda ijod maktabida mutaxassislar tomonidan mashg'ulot o'tkazildi.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Amaliy_mashgʻulot
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan tuzilgan hamkorlik dasturi bo'yicha ijod maktabining 10-11-sinf o'quvchilari haftada 6 soat ham hazariy, ham amaliy mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

🎙Teleradiokanalda rejissyor yordamchisi, ovoz yozish rejissyori assissenti, muharrir yordamchisi va reportyor kasblariga oʻrgatish boʻyicha amaliy darslar telejurnalist Ozoda Yaxshiboyeva tomonidan olib borilmoqda.

🎥 Bu galgi dars mavzusi - radiomateriallarning montaj jarayoni bilan tanishish. Shu maqsadda oʻquvchilar “Oltin voha” radiosida informatsion dastur hamda “Reportaj” deb nomlangan eshittirishning montaj jarayoni bilan tanishishdi. Koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Shundan soʻng oʻquvchilar bilan radioda suhbat ham yozib olindi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti, Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o‘rtasida qo‘shma qarorlar imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu qoʻshma qarorga asosan, ijod maktabida Qarshi davlat universitetining "Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi", "Oʻzbek tilshunosligi" hamda "Ingliz tili va adabiyoti"  kafedralari hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼat institutining Maqom xonandaligi, Maqom cholg'u ijrochiligi va Doston ijrochiligi kafedralari filiallari tashkil etildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2024-yil 1-apreldagi PQ-147-son qarorida ijod maktablari o‘quvchilarini o‘z ijodiy faoliyat natijalarini,  jumladan ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn platformalarda tijoratlashtirishga o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish vazifasi belgilab berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida sifatli tashkil etish maqsadida 2024-yil 17-may kunlari Qashqadaryo viloyatida yuqori natijalarga erishgan tadbirkor yoshlar, biznes trener va motivatorlami jalb etgan holda seminar-trening o‘tkazildi.

💥Seminarda  Xalqaro kargo kompaniyasi va Qashqadaryo viloyat miqyosida 10 ga yaqin tadbirkorlik obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda politelin, plastik va boshqa turdagi ko‘plab ishlab chiqarish liniyalarini,  asbob-uskunalarini hamkorlik asosida buyurtma qilib keltirishda o‘zinig ilg‘or 10 yillik xalqaro savdo -sotiq tajribasi bilan ko‘maklashib kelayotgan Akmaljon To‘rayev va Qashqadaryo viloyatidagi  o‘quv markaz  - “It City Academy” asoschisi  Birlashgan Arab Amirligining bir necha top IT loyihalari va startaplaridagi  loyihalarida ishtirok etib kelayotgan Shahrixon Rahmatullayev,   “Enter Marketing Agentligi” direktori Ramzbek Nurkulov va  “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assosatsiyasi viloyat bo‘limi boshlig‘i Oynisa Ochilovalar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok  etishdi.

Seminar- treningda Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari hamda ijod maktabi o‘quvchilari bilan doimiy hamkorlikni o‘rnatish hamda o‘quvchilarni qiziqishidan kelib chiqib qo‘shimcha lotlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
#Mahorat_darsi
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchilarining kasbiy va ilmiy-ijodiy mahoratini oshirish bo‘yicha "Ustoz-shogird" an'analariga asoslangan masofaviy mahorat darsi o‘tkazildi.

"Maqom cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi professori Salohiddin Azizboyev va "Maqom xonandaligi" kafedrasi mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Nodira Pirmatova tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga o‘zbek milliy mumtoz musiqa namunalarini o‘rganish va o‘rgatish mahorati bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
#Qaror_ijrosi
#Zomin_seminari

An'anaviy "Zomin seminari" viloyat bosqichida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidan besh nafar ijodkor o'quvchilar qatnashdilar.

🔰O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi tomonidan o'tkazilgan saralash bosqichda ishtirok etgan ijod maktabi o'quvchilari Sertifikat va uyushmaning estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda seminarning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanma oldilar.

💥O'quvchilarimizga ijodiy barkamollik tilaymiz!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-iyundagi 01-05-923-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2024-yil 29-maydagi 304-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan 16 ta ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida o‘qituvchilar va ishchi xodimlar uchun seminar darsi o‘tkazildi.


🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-147-son qarori hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 31-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilariga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining Qashqadaryo viloyatidagi filiali - axborot-kutubxona markazi yetakchi mutaxassislari tomonidan ilk o'quv amaliyoti o'tkazildi.

"Skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash" kasbiga oid ilk ma'lumotlar berildi.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-147-son qarori hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 31-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-11-sinf o'quvchilariga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining Qashqadaryo viloyatidagi filiali - axborot-kutubxona markazi yetakchi mutaxassislari tomonidan Маxsus fandan amaliy mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.

Ijod maktabining 10-B sinf o'quvchilari ushbu maskanda dars jarayonlariga ishtirok etdilar.

ʼ"Skanerlash va raqamlshtirishʼʼ boʻlimi yetakchi mutaxassislari tomonidan skaner uskunalari va ularni ishlatish qoidalari hamda skanerlangan materiallarni saqlash haqida nazariy va amaliy ma'lumotlar berildi.
                                                                 

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram