Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.27K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸 Bugun maktabning faollar zalida jizzaxlik mehmonlar uchun "Musiqa" toʻgaragi rahbari - Zavqiddin Boboxoʻjayev va aʼzolari tomonidan musiqiy kompozitsion konsert dasturi namoyishidan fotoreportaj (1-qism).
📸 Bugun maktabning faollar zalida jizzaxlik mehmonlar uchun "Musiqa" toʻgaragi rahbari - Zavqiddin Boboxoʻjayev va aʼzolari tomonidan musiqiy kompozitsion konsert dasturi namoyishidan fotoreportaj (2-qism).
#Kun_hikmati

📚Oʻzining fikri boʻlmagan odamlar oʻzga fikrlar ichida kun kechiradi.

✍️Xurshid Do'stmuhammad

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Abdulla Oripov qaysi yili Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan?
Anonymous Quiz
53%
1998
18%
2000
17%
1991
11%
2005
Abdulla Oripov qaysi yili "Italiya yulduzi" ordeni bilan taqdirlangan?
Anonymous Quiz
34%
2011
34%
1999
21%
2015
11%
2014
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Aynaxan Xojamuratova "NextGen TechCamp of Central Asia" ishtirokchisi boʻldi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi faoliyati bilan
tanishdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi, Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida hududdagi
matematika, kompyuter ta’limi va informatika asoslari fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari Kasaba uyushmasi kubogida 1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida konsert dasturi
namoyish etildi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi jamoasi basketbol boʻyicha “Doʻstlik
spartakiadasi”da gʻolib boʻldi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Chiroqchi, Toshloq, Furqat, Qumqoʻrgʻon, Oqqo‘rg‘on tumanlari va Marg'ilon, Namangan shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarga ega boʻldi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari Xalqaro kosmonavtika kuni munosabati bilan poytaxtimizda tashkil etilgan forumda
ishtirok etdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Oʻzbekiston IT hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari bilan
uchrashuv oʻtkazildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

Oʻzbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Life science festival"da
ishtirok etdi.

Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida hududdagi CHQBT oʻqituvchilari uchun seminar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#22_aprel_Yerni_muhofaza_qilish_kuni

📅 Har yili 22-aprel sanasi butunjahon Yerni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan maʼqullangan.

🔰 Ushbu sanaga bag'ishlab, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rus tili o'qituvchisi G.Xonkeldiyeva tomonidan sinf soatida o'quvchilari bilan birga "Ona zamin" mavzusida dars o'tkazildi.


📚 Darsda Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb toʻrt yarim milliard yil boʻlgani, uning 29 foizdan ortiqrogʻi quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga toʻgʻri kelishi, ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yoʻgʻi 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib berishi haqida foydali ma`lumotlar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyati

ONA YER

Agar zabon bo'lsaydi unda,
Ohlaridan dengiz toshardi.
Bosgan har bir qadamingizda,
Gullar emas, gulxan yonardi.

Zamin uchun bir tomchi mehr,
Topilmaydi nahot yurakda?!
Axir ona yer emasmidi,
Inson nomin tutgan boshida.

Huvillab kimsasiz sahrolar,
Bir tomchi suv orzudek go'yo.
Yaxshilik bilmas eh bu odamlar,
Tabiat qotili misoli ro'yo.

"Mulkim"deya qaramoq uchun,
Avval unga e'tibor kerak.
Daraxtlarga bolta uribmas
Bittagina ekingchi terak.

Agar siz yer bo'lganingizda,
Shunchasiga ko'narmidingiz?
Yuzingizga otishsa axlat,
Ko'rmagandek yasharmidingiz?

Ona Yer, u doim hammamizniki,
Qadrlash ham albat burchimiz.
Tirikmizmi,nafas olyapmiz
Uni yashatmoq ham bu vazifamiz!

✍️ Umrzoqova Gulsevar,
ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi.
#Ijodiy_toʻgarak_faoliyati

Yer


Zamin ko'z ochganda, ulg'aydi olam
Butun mavjudot-u koinot bir-la
Yaraldi ulug' deb atalgan odam
Nafis sokinlikni uyg'otgan holda.

Mayli oyoq qo'ydik, ko'tara oldi
Lek ko'klam ko'rkidan ayirish ordir
Uni avaylamay, xor qilganlarga,
Afsus, bir kun kelib jazosi bordir.

Har kimda huquq bor, burch bor, mehnat bor
O'zganing davlati hech tatimaydi
Yer uchun talashgan kimsa qoshida
Bir so'zsiz, sukut-la tursang arziydi.

Pastga ham qarab qo'y, ey oqil inson
Axir shu yerda-ku bor-u yo'g'imiz
Bugun tozalashga loqaydlik qilsak,
Ne ahvolda qolar kelajagimiz.

Sen ona yeringni asrab-avayla
Ko'rganlar mardlikdan bir o'rnak olsin.
Har qadam bossang ham fahm- idrok et
Bizdan jannatmakon, hur bo'ston qolsin!|

✍️ Hayitova Farangiz,
ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi.
#Kun_hikmati

📚Toʻgʻri va haq yoʻldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan koʻra mahobatliroqdir.

✍️ Mahmud az-Zamaxshariy

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Musiqa" toʻgaragi rahbari Zavqiddin Boboxoʻjayev va 5 nafar "Yosh tarjimon", "Ijodiy', "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash "toʻgaragi aʻzolari "Qashqadaryo TV"ning "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.

🎥 Dastur davomida o'quvchilarimiz yutuqlari, qiziqishlari, maktab faoliyati, dars jarayonlari haqida va kelgusi maqsadlari haqida so'z yuritishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram