Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab, tanlov e'lon qiladi.


Tanlov 3 yo'nalishda o'tkaziladi:

1️⃣ "Mening qahramonim" mavzusida insho va esselar;
2️⃣ "Mening armiyam - mening faxrim!" mavzusida eng yaxshi tasviriy san'at asari;
3️⃣ "Armiya - Vatan tayanchi!"
mavzusida videoroliklar tanlovi.

❗️Eslatma: tanlovda Vatanimizning zalvorli tarixi, uni ulug'lash, Vatan himoyasi - muqaddas burch ekani, Vatanga sadoqat va fidokorlik, tug'ilib o'sgan ona zaminga mehr-muhabbat tuyg'ulari talqin etilishi, yoritilishi lozim.

❇️ Tanlov uchun ijodiy ishlarni @abdullaoripovyoshijodkorlar guruhiga 2024-yilning 21-yanvarigacha yuborishingiz mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantiriladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

"El-yurt umidi" jamg'armasi 2023 -yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi natijalari
e'lon qilindi.

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini 2022-2023-o'quv yilida tugatgan, bugungi kunda O'zbekiston jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi - Norqulova Marjona "El-yurt umidi" stipendiyasining tillar yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Marjona AQShning Cincinnati universitetiga o'qishga qabul qilindi.

💥Marjonani tabriklaymiz va kelgusi o'qishlariga omad tilaymiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Tanavvul
53%
Tanovul
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

ODDIY ODAM


Iltimoslar tushar tez-tez menga ham,
Biri o'qish deydi, ish deydi biri.
Ularning ko'plari sodda chinakam,
Soddalikdan bo'lak yo'q hech bir siri.

Men-ku ular bilan piyoda, yayov,
Ketishga tayyorman Hirotga qadar.
Lekin qo'limda bor na qudrat, na dov,
Oddiy odamdirman bilsangiz agar.

Aslo ajablanmang kimligim ko'rib,
Kuchim yetar balki she'riy nidoga.
Men faqat siz bilan yonma-yon turib,
Iltijo qilmishim mumkin Xudoga.

2010-yil 11-oktyabr

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ijod_maktablari

⚡️ OʻQUVCHILARIMIZ “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI STIPENDIATI

Ijod maktablarining olti nafar oʻquvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 2-ochiq stipendiyasi tanlovida "Jamgʻarma stipendiati" deb eʻtirof etildi.

📝 Ular bilan tanishing:
Sayyora Tileuniyazova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Gulqumar Jaqsilikova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Marjona Norqulova – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Abrorjon Arslonov – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Dilshoda Akromjonova – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Akbarxoʻja Toʻraxoʻjayev – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
the-green-door.pdf
77.8 KB
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

https://telegra.ph/Yashil-eshik-01-05


🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11 -sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Saidova Mushtariyning tarjimasi bilan tanishing.


📚Saidova Mushtariy atoqli yozuvchi O'Genrining "Yashil Eshik" hikoyasini o'zbekchaga o'girgan.
#Qish_ilhomlari
#Ijodiy_tògarak

Tong otmoqda, Vatanimda
Kezar ulug’ uyg’onish,
Porloq quyosh sochadi nur
Yashnatib har tomonni.
Kongillar shod, boglar obod,
Bulbullar etar xonish,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.

Asrlarni marjon kabi
Tergan boy tarixing bor:
Har lahzasi ibratnamo,
Har lahzasi - yuz doston.
Bir tomoning kokka tutash,
Bir tomoning - paxtazor,
Bir tomoning - mard-u maydon,
Bir tomon - ilm-u urfon.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim

Toglaringning orqasidan
Poylab necha Chingizlar,
Yerlaringga koz tikkanda
Har tomondan yovlaring,
Temur kabi “urho-ur”-la
Tarixga bitib izlar
Yurt haqqini talab qildi
Necha-necha dovlaring.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.

Kongillarning qafasida
Yashar “zanjirband bir sher”,
Xayollarni etadi band
Qalamdan oqqan mano.
“Kim u?” - deya sorasangiz
Deyman: “Ulug Alisher:
Soz qasrining sultonidir,
Gazal mulkida podsho”.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.

Har tomonda aysh-u ishrat,
Tomir otganda isyon,
Johillik avj olgan paytda
Tarqab zulm urugi,
Xalq ichidan porlab ziyo
Jadidlar chiqdi shu on:
Bir qolida bilim duri,
Bir qolda hurlik tugi.
Taraqqiyot muborakdir,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.

Vanihoyat, boshing uzra
Parvoz etdi istiqlol,
Gulga tolding, bilim nuri
Yoritdi har tomonni.
Jahon uzra farzandlaring
Noming taratar yaqqol,
Yurt sevgisi tolgan dillar
Yurt uchun berar jonni.
Taraqqiyot muborakdir ,
Gozal Ozbekistonim!
Har tomchisi - baxt timsoli,
Zavol bilmas ummonim.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tògaraklar_faoliyati
#Dizayn

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining Dizayn tògaragi a'zolari Oybekova Shirin va Ahmadova Madinaning Ibis Paint X va Flipa Clip dasturlaridagi hamda guashda chizilgan ijodiy ishlaridan namunalar.


💥To'garak rahbari Parizoda Shukurova tomonidan qishki ta'til davomida konkurs e'lon qilinib, bugun o'quvchilarning ushbu to‘garakka qiziqishi ortib bormoqda.
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Jim turmoqdan suhbatlashish yaxshi, yomon suhbatdoshdan yolg'izlik yaxshi.

✍️Hadis

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#bilib_oling

Texnik xato va imloviy xatoning farqi nimada?

Koʻpchilik texnik xato va imloviy xatoni farqlay olmaydi.

Suiisteʼmol soʻzini suyisteʼmol, suiistemol, suisteʼmol, suistemol, susteʼmol, sustemol kabi yozib qoʻysangiz, bu – imloviy xato. Yaʼni siz soʻzning qanday yozilishi toʻgʻri boʻlishini bilmaysiz. Qilgan xatolaringiz inson ehtimoliy qilishi mumkin boʻlgan imloviy xatolardir:

Suyisteʼmol deb yozganingizda yonma-yon kelgan unlilarning yozilishi bilmagan boʻlasiz.

Suisteʼmol yozsangiz, bu soʻzning ikki i bilan yozilishini bilmagan boʻlasiz.

Suiistemol yozsangiz, tutuq belgisi haqida bilimlaringiz yetarli emasdek tuyuladi.

Susteʼmol deb yozsangiz, aytilishi va yozilishida farq qiluvchi soʻzlar borasida bilimingiz kam, deyish mumkin.

Endi shu soʻzni suiisteʼmlo, suiistʼemol, siusteʼmol kabi yozsangiz yoki duiisteʼmol, suiisteʼnol kabi bir harfni boshqasiga almashtirib yozsangiz, bular imloviy emas, texnik xato boʻladi. Bir harfni boshqasiga almashtirib qoʻyishda oʻsha harf oʻzgarishi butunlay boshqa maʼnoni beradigan soʻz paydo boʻlishiga sabab boʻlmasligiga diqqat qilish kerak.

Texnik xatoni shunday tushuntirish mumkin: bunday xato qilgan odam imloni biladi, lekin qandaydir eʼtiborsizlik, shoshilish yoki boshqa sabab bilan shunga yoʻl qoʻygan boʻladi. Texnik xatoni toʻgʻri tushunish kerak. Har holda hammamiz odammiz – xato qilamiz.

Lekin imloviy xato bu qo'pol xato.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida asosiy dars mashg'ulotlaridan so'ng 8 ta ixtisoslashtirilgan to'garaklar faoliyat yuritmoqda. O'quvchilar o'z qiziqishlariga ko'ra, mazkur to'garaklardan biriga qatnashadi.

✔️Ijod maktabining 8 "A"-sinf o'quvchisi Sherbek Eshnazarov Shavkat Boboyev rahbarligidagi "Web dizayn" to'garagi a'zosi. U O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ijodiy va hayotiy faoliyatiga oid saytni yaratdi.

Ushbu sayt -
https://abdulla-oripov-haqida.netlify.app 5 ta bo'limdan iborat. Xususan, "Asosiy", "Ijodi", "Asarlari", "Tarjimalari", "Fotosuratlar" bo'limlari mavjud.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
O‘zbekistonlik o’quvchilar
20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga jo'nab ketdi.


Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan. Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.

Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_hikmati

📚Barkamolikka erishishda eng muhimi - fikrlar ustida ishlashdir.

✍️Lev Tolstoy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Yurtimizning ilmli, izlanuvchan yoshlari tom ma’noda bizning kelajagimiz. Ular erishayotgan har bir yutuq, o’z oldiga qo’ygan ulkan maqsad va rejalari bizga faxr va iftixor baxsh etadi.

Zero, biz ularning yangi tajriba va bilimlarga ega bo’lishayotganiga guvoh bo’lib, mamlakatimiz ertasi ishonchli qo’llarda ekaniga ishonamiz.

Shu yilning 11-yanvar kuni bo’lib o’tadigan “Tech4Good” musobaqasining global final bosqichida o’zbekistonlik yoshlarning ham ishtirok etayotgani meni juda quvontirdi.

Bu musobaqada O’zbekistonning “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan qatnashmoqda, ular orasida “Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova va Otabek Atabayev ham bor.

❗️Finalda shuningdek Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiya jamoalari ham ishtirok etishadi.

Mazkur bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar katta miqdordagi pul mukofotlari, esdalik sovrinlar hamda o‘z startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun 100 ming dollar grant bilan taqdirlanadi.

Talabalarimizga finalda omad va muvaffaqiyat yor bo’lishini tilayman!


Biz sizga ishonamiz, aziz yoshlar!