Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Yangi yil !!Yangi orzularning ushalish yili bo'lib kel!! Jamoamiz ahilligi, birdamligi, hamjihatligini bardavom et!! Yaratgan barchaga muvaffaqiyatlarni yor etsin!
Barcha yurtdoshlarimizga kirib kelayotgan yangi 2024-yil muborak bo'lsin!
_______

"Happy New Year! May the coming year be a year of fulfillment of new aspirations! Let's embrace unity, solidarity, and kindness within our community! May success accompany everyone in their endeavors! Wishing a blessed 2024 to all our fellow citizens!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Har narsaning me'yori yaxshi. Odobning esa ortig'i.

✍️Shams Tabriziy


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#IT_oromgohi_2024

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan anʼanaviy Raqamli Avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berildi!

Mazkur oromgoh shu yilning 5–9-yanvar kunlari offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Onlayn yoʻnalishlar:
🔹.Net;
🔹Web Dizayn;
🔹AI (Tools);
🔹Front-end;
🔹No coding;
🔹Python.

Offlayn yoʻnalishlar:
🔸Raqamli dizayn;
🔸3D dizayn;
🔸Kibersport (Dota 2);
🔸Robototexnika;
🔸Website (no coding).

Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (onlayn va offlayn) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

📝Roʻyxatdan oʻtish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offlayn yoʻnalish uchun joylar chegaralangan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilganini belgilang
Anonymous Quiz
32%
Mediamahsulot
68%
Media mahsulot
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
60%
Chopag'on
40%
Chopog'on
Imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzni belgilang
Anonymous Quiz
32%
Asilzoda
68%
Aslzoda
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab, tanlov e'lon qiladi.


Tanlov 3 yo'nalishda o'tkaziladi:

1️⃣ "Mening qahramonim" mavzusida insho va esselar;
2️⃣ "Mening armiyam - mening faxrim!" mavzusida eng yaxshi tasviriy san'at asari;
3️⃣ "Armiya - Vatan tayanchi!"
mavzusida videoroliklar tanlovi.

❗️Eslatma: tanlovda Vatanimizning zalvorli tarixi, uni ulug'lash, Vatan himoyasi - muqaddas burch ekani, Vatanga sadoqat va fidokorlik, tug'ilib o'sgan ona zaminga mehr-muhabbat tuyg'ulari talqin etilishi, yoritilishi lozim.

❇️ Tanlov uchun ijodiy ishlarni @abdullaoripovyoshijodkorlar guruhiga 2024-yilning 21-yanvarigacha yuborishingiz mumkin.

🏆 Tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantiriladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

"El-yurt umidi" jamg'armasi 2023 -yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi natijalari
e'lon qilindi.

⚡️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini 2022-2023-o'quv yilida tugatgan, bugungi kunda O'zbekiston jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi - Norqulova Marjona "El-yurt umidi" stipendiyasining tillar yo'nalishida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

⚡️ Marjona AQShning Cincinnati universitetiga o'qishga qabul qilindi.

💥Marjonani tabriklaymiz va kelgusi o'qishlariga omad tilaymiz.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous Quiz
47%
Tanavvul
53%
Tanovul
#Nazm

ABDULLA ORIPOV

ODDIY ODAM


Iltimoslar tushar tez-tez menga ham,
Biri o'qish deydi, ish deydi biri.
Ularning ko'plari sodda chinakam,
Soddalikdan bo'lak yo'q hech bir siri.

Men-ku ular bilan piyoda, yayov,
Ketishga tayyorman Hirotga qadar.
Lekin qo'limda bor na qudrat, na dov,
Oddiy odamdirman bilsangiz agar.

Aslo ajablanmang kimligim ko'rib,
Kuchim yetar balki she'riy nidoga.
Men faqat siz bilan yonma-yon turib,
Iltijo qilmishim mumkin Xudoga.

2010-yil 11-oktyabr

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#ijod_maktablari

⚡️ OʻQUVCHILARIMIZ “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI STIPENDIATI

Ijod maktablarining olti nafar oʻquvchisi “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 2-ochiq stipendiyasi tanlovida "Jamgʻarma stipendiati" deb eʻtirof etildi.

📝 Ular bilan tanishing:
Sayyora Tileuniyazova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Gulqumar Jaqsilikova – Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Marjona Norqulova – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Abrorjon Arslonov – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Dilshoda Akromjonova – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Akbarxoʻja Toʻraxoʻjayev – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
the-green-door.pdf
77.8 KB
#Yosh_tarjimon_tόgaragi_faoliyatidan

https://telegra.ph/Yashil-eshik-01-05


🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11 -sinf o'quvchisi, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zosi Saidova Mushtariyning tarjimasi bilan tanishing.


📚Saidova Mushtariy atoqli yozuvchi O'Genrining "Yashil Eshik" hikoyasini o'zbekchaga o'girgan.