Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.34K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
📸Ijodiy uchrashuvdan fotoreportaj
#Tavallud

ABDULLA QAHHOR 116 YOSHDA

📅 Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan.


📚 Yozuvchi «Boshsiz odam» hikoyasini e’lon qilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi». Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» romanini ham yozgan.

✍️ «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasrini boyitgan. A. S. Pushkin, L. Tolstoy, N. V. Gogol, Chexov asarlarini tarjima qilgan.

Abdulla Qahhor 1968-yil 25-mayda Moskva shahrida vafot etgan.

Hamza nomidagi Davlat mukofoti (1966) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavallud

ABDULLA QAHHOR 116 YOSHDA

🎥Ushbu videorolikda Abdulla Qahhor uy-muzeyiga sayohat qilishingiz mumkin. Sayohatda yozuvchining hayoti va ijodiga oid qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Teran_qalb

🔶 Ustoz Abdulla Qahhor prozamizning eng baquvvat chinorlaridan biri edi. Lekin ayni vaqtda u zot she’riyatni ham g‘oyat nozik tushunardi. Men nasrda biror narsa yozmagan bo‘lsam-da, doimo Abdulla Qahhorning shogirdi sanalardim.

🔶 Ustoz Abdulla Qahhor bizning xotiramizda adabiyotning pokligi va butunligi uchun kurashgan, o‘z talabiga o‘zi ham qat’iy amal qilgan siymo sifatida qoldi.

🔶 U zot qing‘irlikni bilmas, tili o‘tkir bo‘lsa-da, birovning dilini noo‘rin og‘ritmas edi. Shogirdlariga mehr bilan boqar, ularning oldida boshqa yozuvchilarning asarlarini bo‘lar-bo‘lmasga yerga uravermas edi. Mana shu kabi fazilatlarni men kam odamlarda uchratganman.

🔶 Abdulla Qahhor g‘oyat ibratli, ayni vaqtda nihoyatda mashaqqatli hayot yo‘lini bosib o‘tdi.

✍️Abdulla Oripov, ("Teran qalblar", 1987-yil)

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Абдулла Орипов

СУҲБАТДОШ

Қанийди учраса шундай бир одам:
Сен ёқа бўлганда у ҳам енг бўлса.
Ёши, мартабаси тенг бўлмаса ҳам,
Албатта сен билан кўнгли тенг бўлса.

Қанийди учраса шундайин бир зот,
Гаплашсак жайдари ёронларга хос.
Дейлик: юлдузларда бормикин ҳаёт,
Қайси дармондори қайсимизга мос.

Қанийди учраса шундай суҳбатдош,
Бир-бирин асабин арралашмаса.
Бири кўз бўлганда, бири бўлса қош,
Суҳбатга ғийбат ҳеч аралашмаса.

✍️2008 йил 19 август

@abdullaorifijodi
#Olimpiada

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2023-yil 13-sentabrdagi 02-12-1604-sonli xatiga asosan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2023-2024-o‘quv yili uchun umumta’lim
fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazilmoqda.

📚Olimpiada 10 ta fan bo'yicha - matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, ona tili va adabiyoti, rus va ingliz tillari, tarix, geografiya fanlaridan o'tkazilmoqda.

📌 O'z navbatida, ijod maktabi o'quvchilariga mazkur olimpiadada omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

❗️Eslatib o'tamiz, imtihonlar belgilangan jadval asosida hafta mobaynida davom etadi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Тўгараклар_фаолиятидан

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'quvchilarning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni egallashlari uchun to'garaklar faoliyat yuritib, ular belgilangan grafik asosida o'tiladi.

🎨
Ana shunday to'garaklardan biri "Raqamli va tasviriy san'at" to'garagi bo'lib, to'garak rahbari Madina Siddiqova mashg'ulotlari doimo o'quvchilar bilan gavjum.

📌 Bugun "Batik san'ati va uning turlari" mavzusida mashg'ulot o'tkazildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram