#ỢZBEGIM_ZULFIYASI_TANLOVIGA
***
Saharlab ko'z ochgan o'rik shoxida,
Ilk bahor ifori siz-la taralar.
Shamol belanchakka solib o'ylarim,
Shu onda siz uchun bir she’r yaralar.
Kecha oqshom so’lim qirg'oq bo’yida,
Sizni eslamoqqa ochgandim kitob.
Nazmiy osmonlardan salobat to’kib,
Mayin boqardingiz go'yoki mohtob.
Sizni eslasam gar ma'sum chehrangiz,
Go'yo qarog'imda qalqiydi suzib.
Jismingiz yoritgan vafo libosi,
Dilimda muhabbat marjonin tizib.
Shon-shavkat tog'idan yiroqsiz butkul,
Axir go'zal qalbga bezak ne darkor.
Ishq rangidan tomgan nafis she'rlarning,
Har birin satrida zarhal izi bor.
She'r zavqidan yonar o'tli ilhomim,
Ayting, qanday yopay bu ishq kitobin.
Xalqim unutmagay yillar o‘tsa ham,
Shoiram, siz kabi so’nmas oftobin.
✍️Gulsevar Umrzoqova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktab o'quvchisi

O'TINCH
"Bas! Tarqaling og'ir xayollar
Yer yuzida yashnadi ko'klam".
Qalbdan chiqqan faryodlarim ko'p
Boshqa qaytib kelmasin alam.
Endi menga yo'llar ham ravon,
Faqat undan yurishim kerak.
Atrofimda umid gullasin,
Shodlik birla ushalsin tilak.
Yorug'likka dildan intilib,
Qayg'ularni yengib o'taman.
Tun cho'kadi kelar bir kun tong,
Hattoki bir umr kutaman.
Baxt ovozi eshitilganda
G'am-anduhlar asta tark eting.
Ko'z yoshlarim quvonchdan oqsin,
Menga endi gulchambar tuting.
"Bas! Tarqaling og'ir xayollar"...
✍️Farangiz Xaitova,
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-B sinf o'quvchisi

Forwarded from Бобур Бобомурод расмий канали
Qutlov
BOBUR BOBOMUROD 55 YOSHDA
Bugun, 27-fevral O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Bobur Bobomurod tug‘ilgan kun.
Bobur Bobomurod 1968-yil 27-fevralda Buxoro shahrida tug‘ilgan. “Ko‘zgudagi odam”, “Yolg‘iz qolgan ayol”, “Muhabbat yolg‘onlari”, “Elim bo‘ldi davlatli”, “Buxorodan kuyov qiling”, “Esiz odam”, “Chimyon taronalari”, “Sukutdagi go‘zal”, “Umr bahori”, “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan o‘zbekka”, “Ko‘rgim kelar sizni negadir”, “Vatan mehri” nomli sheʼriy to‘plamlari chop etilgan. Ayni paytda 3 jildlik saylanma kitobi va bir qator to‘plamlari nashrga tayyorlanayapti.
1998-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan, 2010-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Bobur Bobomurodning juda ko‘plab sheʼrlari mashhur sanʼatkorlar tomonidan xalqona va o‘lmas qo‘shiqqa aylantirgan. Shoir nafaqat sermahsul ijodkor, balki kamtar inson, jamoatchilik faoli hamdir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi shoirni tavallud topgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi, unga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, baxt-saodat, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya
“Abdulla Oripov” badiiy filmi tez kunda katta ekranlarda
❗️Ushbu filmni nafaqat kattalar, balki bolalar ham ko‘rishi kerak...
📹Kartinada adibning bolaligi, oʻsmirlik va yoshlik davri, taqdir sinovlari, oʻy-kechinmalari hamda hayotining soʻnggi damlari aks ettirilgan.
Tasvirga olish ishlari Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent hamda Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtdi.
📃Abdulla Oripov – Oliy Kengashning 1992-yil 10-dekabrdagi 11-sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi.

Forwarded from Азизбек
#LIVE🔴
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har oyda barcha sinf o'quvchilaridan ichki monitoring olish tizimli yo'lga qo'yilgan.
📚Ayni vaqtda ijod maktabining 7-8-sinflari o'quvchilari o'rtasida ichki monitoring bo'lib o'tmoqda.
✍️Hafta davomida bosqichma-bosqich ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika fanlaridan imtihonlar o'tkaziladi.
📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

#Zulfiya_tavalludining_108_yilligiga
🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor o'quvchilari O'zbekiston xalq shoiri, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiya tavalludining 108 yilligiga bag'ishlab uning "Seni kuylayman, hayot" she'ri asosida badiiy kompozitsiya yaratishdi.

#Press_tur
🔰Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda maktablarda o'quvchilarni an'anaviy ta'lim bilan birga zamonaviy kasb-hunarlarga yo'naltirish tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu uchun ta'lim maskanlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlaridan so'ng zamonaviy to'garaklar faoliyat yuritadi. Ulardan biri "Tikuvchilik va kashtachilik" to'garagidir.
🧵Bugun ushbu to'garak rahbari Ma'mura Samadova boshchiligida maktabning 9-sinf o'quvchilari Qarshi shahridagi "Sanam" MCHJ korxonasiga sayohat uyushtirishdi.
🧶Korxonaning kadrlar bo'limi boshlig'i Islom Jumanov o'quvchi qizlarga korxonaning tarixi, bugungi kundagi faoliyati haqida so'zlab berdi. Shuningdek, o'quvchilar korxonaning tajriba, bichish va tikish sexlarida bo'lib, u yerda ishchi-xodimlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

MANGU MUHR
(Zulfiya xotirasiga)
Inson umri turfa xil, qarang
O‘tib borar goh g‘amgin, goh shod.
Hislarimdan qalb tortib tarang,
Ko’z oldimga keladi bir zot.
Matonatdan edi tanasi,
Xalqim deya kuylar xalqona.
Oilada deganlar uni,
Vafoli yor, mehribon ona.
Yoridan ayrildi, lekin umrbod
Sadoqat otiga bo‘ldi jilovdor.
Vafo shevasiga tushmadi isnod,
Balki yorin ruhi edi madadkor.
U go‘zal hayot osmonida,
Yorqin yulduz bo‘lib charaqlar.
Xalqim esa aziz nomini,
Mangu qalbin tubida saqlar.
Bugun oramizda yo‘qdir ul inson,
Ammo biyron tillar she’rin aytadi.
Olis safarlarda bo‘lsa-da, ruhi
Zulfiya qizlari bo‘lib qaytadi.
Dildora Shodmonova
Abdulla Oripov nomli ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"OILADA OBRO‘YIM OSHIB KETGAN" — Prezidentning o‘qituvchi bilan suhbatidan...
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 12-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Xusniya Qodirova Prezidentga 1000 dollar maosh olishi haqida so‘zlab berdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram