Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
1.57K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
96 files
3.58K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from American Center Tashkent
Tanlovimizda ishtirok etishni unutmang!👇

📢📢📢She’rxonlar diqqatiga! Aprelda o’tadigan Milliy she’riyat oyligini nishonlash maqsadida “Video Poetry” 🖋📖 tanlovini e’lon qilamiz🤩🤩🤩 Ingliz yoki o’zbek tilidagi she’riy 🎥 videosini Instagramga qo’ygan eng yaxshi ikki nafar ishtirokchiga planshet 📱va she’riy kitoblar📚 taqdim etiladi. Tanlov shartlari bilan Elchixona websaytida tanishish mumkin: https://uz.usembassy.gov/uz/u-s-embassy-tashkent-announces-poetry-contest-titled-video-poetry-uz/.
Videolaringizni 🗓18-aprelgacha yuboring. G’oliblar BMT Ingliz tili kuni – 23-aprelda e’lon qilinadi. Barchaga omad tilaymiz! 💫💫💫🥳🥳🥳
Forwarded from Nargiza Kuchkarova
Танлов шартлари:

Иштирокчилар ўзбек ё инглиз тилида шеър ўқиб, кичик видео (узунлиги бир дақиқадан ошмаган) қилишлари, U.S. Embassy Tashkent ва American Spaces in Uzbekistan саҳифаларига аъзо бўлиб, кузатиб боришлари, #USUZ30 #Americanspacesinuzbekistan ва #Usembassytashkent ҳештегларини ишлатиб, Instagram тармоғига қўйишлари лозим. Илтимос, танловга видео тақдим этаётганда учта ҳештегни ҳам қўйишни унутманг.

Ўқилаётган шеър бирор замонавий ва ё классик америкалик шоир қаламига мансуб бўлиб, у инглизча (аслият) ва ё ўзбекча таржима шеър бўлмоғи лозим.

Ҳар бир иштирокчи кўпи билан иккита шеър юбориши мумкин.

Танловга видео тақдим этишнинг охирги муддати: 18 апрель 2021 йил.  

Танловда иштирок этиш ёши чегараланмаган, унда ҳамма қатнашиши мумкин.

Танлов Ўзбекистон ватандошлари учун.

Ғолиблар қуйидаги мезонларга қараб танлаб олинади:

Шеърнинг ифодали, образли ўқилгани 

Ижодкорлик билан ёндашилганлиги

Видео чиройли олингани (гўзал фон, тиниқлик ва ҳ.)

Техник жиҳатдан сифати

Ҳакамлар юқоридагиларни инобатга олган ҳолда икки нафар мутлоқ ғолибни танлаб олади: битта ўзбек ва битта инглиз тилида. Ғолиблар 23 апрель – Инглиз тили кунида АҚШ элчихонаси ва “American Spaces” ижтимоий тармоқ саҳифаларида эълон қилинади.

1-18 апрель – Танлов кунлари. Иштирокчилар шу вақт оралиғида Instagram тармоғига видеолар қўядилар.

18-22 апрель – Ҳакамлар ғолибларни аниқлайдилар.

23 апрель – Ғолибларни эълон қилиш ҳамда видеоларни АҚШ элчихонаси ва “American Spaces” ижтимоий тармоқдаги саҳифаларига қўйиш.
Президент мактабларида овқатланиш аутсорсинг усулида ташкил этилади

Батафсил
👇👇👇
https://qalampir.uz/n/37090

Тelegram | Facebook | Instagram | Youtube |Qalampir FM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bu birinchi qadamlaringiz, amalga oshirayotgan yangi ijtimoiy loyihalaringiz - avvalo, sizning ulkan g'alabangiz, qolaversa, ota-onangiz, ustozlaringiz yutug'idir.

Shubhasiz, siz bu imkoniyatlardan to'laqonli foydalanasiz, qiziqarli dasturlar ustida ishlaysiz, bilimingizni yanada oshirib, nufuzli o'qiv yurtlariga kirasizlar. "Zamin" fondi bu yo'lda sizga doim yelkadosh bo'ladi, qo'llab-quvvatlaydi!"

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva

———

«Это ваши первые шаги, первые социальные проекты, которые вы реализуете. Это, в первую очередь, ваша большая победа, а также заслуга ваших родителей и учителей.

Уверена, что вы воспользуетесь этими возможностями, поработаете над интересными программами, расширите свои знания, поступите в престижные образовательные учреждения. Фонд Zamin всегда будет рядом с вами на этом пути и поддержит вас!»

Председатель Попечительского совета фонда Zamin Зироат Мирзиёева
#Yangi_loyiha_taqdimoti

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 8- sinf o‘quvchisi Tojiddinov Shermuhammadning "Adabiyot gulshani" deb nomlangan yangi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu mobil ilova O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag'shlangan. Taqdimot jarayoni respublika "Madaniyat va ma'rifat" kanalida tasvirga olindi.
#Yangi_elektron_dastur
#Abdulla_Oripovni_birga_o'rganamiz

Joriy yilning 15-aprel kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Omonov Azizbek va Sa'dullayev Sarvarning yangi elektron dasturi taqdimoti o‘tkazildi. Unda respublika "Madaniyat va ma'rifat" telekanali katta muharriri Ilhom Avazov, jurnalist Muhiddin Sattorov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassislari, Qarshi iqtisodiyot instituti o'qituvchilari hamda ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etdilar.
#PIIMA #Press_tur #Taqdimot

⚡️Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida press-tur bo'lib o'tdi. Unda:

▶️ job.piima.uz sayti va mazkur sayt uchun tayyorlangan ijtimoiy video-rolik taqdimoti o'tkazildi.
▶️ Maktabdagi pedagog kadrlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
▶️ Maktab kutubxonasi, robototexnika xonasi, musiqa xonasi, yotoqxona va chet ellik o‘qituvchilar yashaydigan mehmonxonadagi sharoitlar bilan tanishtirildi.
▶️ Davra suhbatida jurnalistlar savollariga jabob berildi.

👉 Batafsil

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qalblardan_joy_olgan_shoir
#Tanlovga

Muhammad Yusuf xotirasiga

Qirda bosh ko‘targan lolaqizg‘aldoq,
Uyalib atrofga qaraydi bundoq.
Dalada bir o‘zi qolgandek go‘yo,
Xayol girdobida turibdi shundoq.

Sizning she'rlaringiz eshitib maysa,
O‘zin o‘xshatadi ulkan chinorga.
"O, ota makonim" so‘zin eshitib,
Atrofga qaraymiz, o‘xshaysiz borga.

Rayhon yaprog‘ini ochib duoga,
Sizga jannatlardan so‘raydi joylar.
"Tanish teraklar" ham sog‘inch dog‘ida,
Xira nur sochmoqda bu to‘lin oylar.

Otasiz qolgandek bedapoyalar,
Yaylovda yugurmay jayron, soyalar.
Hatto lolalar ham tortadilar uf,
"Qani qayda", - deya Muhammad Yusuf.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza.

✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati