Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.24K subscribers
11.9K photos
1.23K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
# Ochiq_dars
# Chingiz_Aytmatov
# Oq_kema

Abdulla Oripov ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Azizova Nafosat 7-A sinf o‘quvchilariga Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi, asarlari haqida ochiq dars o‘tdi.
🔰 Dars noan'anaviy shaklda tashkil qilindi. Darsda "T", "Bumerang" metodikasidan foydalanildi.
🖌 Adabiyot darsi tarix, tasviriy san'at fanlariga bog‘lab o‘tildi. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan "Oq kema" qissasi qahramonlariga ta'rif berishdi.
📌 Darsga faol qatnashgan o‘quvchilar fan o‘qituvchisi tomonidan rag‘batlantirildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Qaror_ijrosi
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

❗️Davra suhbatida 10329-sonli harbiy qismdan kapitan Azamat Sayfiddinov, katta leytenant Nabi Sayfullayev, serjant Murodjon Boboyevlar ishtirokida yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, buyuk ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'ruzalar o‘qildi hamda gazetalar tarqatildi.

🎤 Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Ona Vatan madhi tarannum etilgan she'riy kompozitsiya taqdim etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#Xalqaro_festival
#Misr_taassurotlari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Hamrayeva Sevinch ayni kunlarda Misr davlatida o‘tkazilayotgan "Taghrid Fayad Lebanese cultural" forum yuzasidan tashkil etilgan II Misr-O‘zbek madaniy kechasida ishtirok etmoqda.

🎇 Mazkur forum 2005 yil Qohira shahrida tashkil etilgan bo‘lib Arab dunyosining san'ati, adabiyoti, madaniyati, urf-odatini asrash, targ‘ib qilishni maqsad qilib olgan.

❗️Forum yuzasidan tashkil etilgan tanlovda o‘quvchimiz o‘z she'ri bilan ishtirok etib, Misr davlatida o‘tkazilayotgan xalqaro forumga qatnashish uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan edi.



🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
Audio
#Mening_ovozim
#Intervyu
#Òzbekiston_radiosi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining òquvchilari Respublika "Òzbekiston "radiosida òz ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi
#Qaror_ijrosi
#Baxshichilik_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarga "Baxshichilik maktabi" mavzusida "Mahorat darsi" òtkazildi

❇️Darsni Òzbekiston Xalq baxshisi Boyqòchqor Axmedov olib bordi.

✳️Òquvchilar mavzu doirasida òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ijod maktabida tahsil olayotgan yoshlar orasidan baxshilik san'atiga qiziqadigan òquvchilar ijodidan ham tinglandi.

🔰Ushbu san'at mohiyatini òquvchilarga teran anglatish maqsadida chora-tadbirlar rejasi belgilandi

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi