Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#сўраган_эдингиз

Yangi baholash tizimiga doir 3 savolga 3 javob


Xabaringiz bor, 2024-2025-oʻquv yilida mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi va ayni vaqtda ushbu taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilim darajasi mazkur tizim asosida baholanmoqda.

👉 Shu oʻrinda yangi baholash tizimi boʻyicha pedagoglar va ota-onalardan kelib tushayotgan ayrim savollarga javob berib oʻtsak.

1. Savol: Biz turli ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali CHSB test savollarini olyapmiz, ammo ushbu savollarda turli tafovut va noaniqliklarni kuzatyapmiz. Buning sababi nimada?

❗️ Javob: Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab oʻquvchilari bilimini baholash uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan namunaviy test savollari ishlab chiqilgan hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining e-maktab.uz platformasiga joylashtirilgan.

Pedagoglar va ota-onalardan yangi baholash tizimi boʻyicha barcha fanlarga tegishli namunaviy test savollarini faqat e-maktab.uz platformasidan yuklab olishlarini soʻraymiz. Boshqa turdagi axborot kanallari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi savollarning toʻgʻriligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos emas.

2. Savol: CHSB imtihonlari uchun sarflanayotgan qogʻoz va bosmaxona xarajatlari qaysi mablagʻlar hisobidan qoplanyapti? Buning uchun ota-onalardan mablagʻ talab etiladimi?

❗️ Javob: Yoʻq, ota-onalardan mablagʻ talab etilmaydi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 17-oktabrdagi tegishli buyrugʻiga asosan, 2024-yil I va II chorak imtihonlari Toshkent shahar, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi tanlab olingan va yangi baholash tizimi joriy etilgan 168 ta maktabda e-maktab.uz platformasi orqali onlayn, qolgan 1332 ta maktabda anʼanaviy tarzda tashkil etilishi belgilangan.

Anʼanaviy tarzda imtihon oʻtkaziladigan 582 ta maktab uchun ajratiladigan (6400 ta oʻram) qogʻoz mahsulotlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasida islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Shuningdek, ushbu maktablarning nazorat materiallari hududiy boshqarmalarga maxsus ajratilgan printer qurilmalarida chop etiladi.

Qolgan 750 ta maktabga ajratiladigan nazorat materiallari oʻrnatilgan tartibda vazirlik tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etib kelinmoqda.

Mazkur xarajatlar uchun ota-onalardan pul mablagʻlari talab etilishi mumkin emas.

3. Savol: Agar imtihon kunlari farzandim kasal boʻlib qolganligi sababli sinovlarda qayta ishtirok etsa, imtihon ballari tushib ketar ekan, shu toʻgʻrimi?

❗️Javob: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Mezonlarga asoslangan baholash tizimini umumiy oʻrta taʼlim maktablariga joriy etish boʻyicha tartib”da bu haqida batafsil aytib oʻtilgan.

Unga binoan, asosli sabablar (kasal boʻlganligi, yaqin qarindoshlaridan birining vafoti, turli olimpiada va tanlovlardagi ishtiroki)ga koʻra baholash jarayonida qatnasha olmagan oʻquvchilar uchun sinovlar alohida oʻtkaziladi. Bunda oʻquvchilarga amaldagi baholash mezonlari (maksimal 40 ball)ga koʻra olgan ballari qoʻyiladi.

Uzrsiz sabablarga koʻra baholashda qatnashmagan, ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlashtirilgan yoki 12 balldan past natija qayd etgan oʻquvchilarning maksimal bali 26 balldan oshishi mumkin emas.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_oyligi
#Tanlov

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" ni o'tkazish haqidagi 350-son buyrug'i hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 150-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" tadbirlar doirasida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi" mavzusida insholar, eng yaxshi rasmlar tanlovi e'lon qiladi.

🎨 Tanlovda ijod maktabining 7-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

❇️Ijod namunalari joriy yilning 28-noyabriga qadar ijod maktabining "Tasviriy san'at " va "Adabiyot" xonasiga topshirishlari so'raladi.

O'quvchilar chizgan rasmlarning eng yaxshilari ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarda yoritib boriladi.

🏆Tanlov g'oliblari joriy yilning 2-dekabr kuni "Ertalabki saflanish" da Faxriy yorliq hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
Audio
#100_ta_eng_sara_asarlar #Togaraklar_faoliyati

✔️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi hamda Adabiyot fani o'rtasida integratsiya samarali yo'lga qo'yilib, o'zbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan audionamunalar yaratilmoqda.

Rabindranat Tagor
"Nur va soyalar" asaridan .


Fan to'garagi rahbari:  S.Chariyeva 

"Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari: Sh.Rajabov       

Matnni 9- sinf o'quvchisi Hamroyeva Ko'hinur o'qidi.


🔵Bizni ijtimoiy  tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Iqtibos

📚Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayotning ma'no kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada go'zal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.

✍️Albert Eynshteyn
#Zamin_Creаtive

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida  Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilari hamda ijod maktabi o'quvchilari uchun "Zamin Creative” inklyuziv ijod studiyalarida  har haftaning dushanba,  chorshanba va payshanba kunlari o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.

❇️ “Zamin Creative” ta'lim dasturi bo'yicha  "Teatr san'ati ", "Dizayn" va "Media savodxonlik" sohalarida malakali ustozlar hamda surdotarjimon o'qituvchilar  tomonidan o'quvchilarga saboq berilib, ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga bo'lgan qiziqishlari rivojlantirilmoqda.


В творческой школе имени Абдуллы Орипова по понедельникам, средам и четвергам каждую неделю в инклюзивных творческих студиях «Замин Креатив» проходят образовательные занятия для учащихся 17-й специальной школы г. Карши и учащихся творческих школ.

❇️Квалифицированные преподаватели по направлениям «Театральное искусство», «Дизайн» и «Медиаграмотность» по образовательной программе «Замин Креатив» . а преподаватели сурдопереводчиков проводят занятия со студентами и развивают у них интерес к освоению современных профессий .
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Internet – zamonaviy dunyomizning ajralmas bo‘lagiga aylangan.

Xabarlar oqimi, kontentlar virtual olamni tinmay bezab turadi.

Albatta, foydasi ko‘p, lekin bugun ko‘rinmas bu olam hayotimizni, o‘y-fikrlarimizni o‘z manfaati yo‘lida boshqarishni istaganlar uchun qulay vosita ham.

Bu haqida esa tahlil, tadqiq, fikrlar orqali qancha bong ursak, shuncha kam.

“Bong” ko‘rsatuvini ota-onalar, pedagog, tarbiyachilarimiz, yoshlarimiz – hamma ko‘rishini tavsiya qilaman.


@otabek_khasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Jadidlar izaidan" tanlovining Qahqadaryoda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan hududiy bosqichi xususida.

@yangidavr_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴Ayni paytda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh o'quvchilari "San'at" fani ustozi hamrohligida Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida rejissor F.Boynazarovning "Muhabbat "spektakli premyerasida ishtirok etmoqdalar.

❇️Ushbu spektakl O'zbekiston Qahramoni, muallima Muhabbat Sharopova haqida bo'lib, yozuvchi Sh.Xudoynazarovaning " Muhabbatga yo'g'rilgan umr" asari asosida sahnalashtirilgan.
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube