Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.38K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Qaror_ijrosi
#Mahorat_darsi_va_ijodiy_uchrashuv
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Y.Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Doston ijrochiligi kafedrasi mudiri Hayitov Zafar Soatovich va kafedranng katta o‘qituvchisi Safarov Bekzod tomonidan “Baxshichilik san’ati” mavzusida “Mahorat darsi” hamda o‘quvchi-yoshlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Mehmonlar "Zakovat" bilimdonlari uchun "Musiqiy tanaffus" da o'quvchi-yoshlarga yaxshi kayfiyat ulashishdi. 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Mahorat_darsi
#Matnshunoslik
#Qaror_ijrosi

Mumtoz adabiyotimizning boy ilmiy merosini o'rganish maqsadida ijod maktabida amaldagi tayanch o'quv rejasi asosida 7-8-sinflarda "Matnshunoslik" darslari o'tilmoqda.

Bugun ijodiy to'garak darslari doirasida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, f.f.f.d. Z.Nomozova o'quvchilarga “Alisher Navoiy asarlari tahlilida eski o'zbek yozuvining ahamiyati” mavzusida Mahorat darsi otdi. Mahorat darsida Alisher Navoiyning “Hayratu-ul-abror” dostonidagi dastlabki bobi sharhlandi va asar sharhida eski o'zbek alifbosining tutgan o'rni tahlil qilindi.
Mahorat darsi ilmiy va metodik jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi. Taqdim etilgan ma'lumotlar o'quvchilar uchun ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'ldi.
#Qaror_ijrosi

🇺🇿O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining  “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Milliy gvardiyasi "Chavandozlar maktabi" o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🇺🇿Hamkorlikning asosiy maqsadi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga ot sporti, merganlik, chavandozlik  sirlarini o‘rgatish, ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash, mahoratli sportchilarni tayyorlashdir.

🇺🇿O'tgan o'quv yillari kabi 2024-2025 o'quv yilida ham ushbu sport turiga qiziquvchi o'quvchi-yoshlar keng qamrovda belgilangan rejaga muvofiq ot sporti va kamondan o'q otish mashqlari bo'yicha o'quv mashg'ulotlari hamda musobaqalarga qatnashishlari belgilandi.
#Qaror_ijrosi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-147-son qarori hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 31-AF buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qarshi davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi bo'linmasi tashkil etilgan.

 Bugun ushbu kafedraning dotsenti, f.f.falsafa doktori Nilufar Jumaeva bilan ijod maktabining ingliz tili o'qituvchilari hamda "Yosh tarjimon" to'garagi a'zolari bilan uchrashuv va Tarjimonlik nazariyasi bo'yicha amaliy mashgʻulot o'tkazildi

Uchrashuv doirasida "Ustoz-shogird" an'analarini davom ettirish, shuningdek, turli yo'nalishdagi Xalqaro konferensiyalar, tanlovlar hamda nufuzli ko'rgazmalarda ishtirok etish masalalari bo'yisha ishlar rejalashtirildi.
                                                                

🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram