Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tashrif
#Akademiklar_bilan_uchrashuv

🔰 Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov bilan oʻz vaqtida hamfikr va hamnafas boʻlgan, zamondosh, ham ijodiy, ham siyosiy faoliyatlarida chambarchas hamkorlik qilgan mehmonlar - Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonov va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov
tashrif buyurishdi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqamasi boshligʼi Ubaydulla Oripov
va Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Nilufar O'taganovalar ham ishtirok etishdi.

📚 Qalandar Abdurahmonov shoir Abdulla Oripov haqida "Buyuklar kahkashonida" kitobi muallifi, Akmal Saidov "Oʻzbekiston - dilbar Vatanim", "Sen bahorni sogʻinmadingmi?" kabi kitoblar muallifi.

✔️ Davra suhbati tarzidagi uchrashuv samimiy ruhda va savol-javob shaklida boʻlib oʻtdi. Mehmonlar oʻquvchilarga Abdulla Oripov shaxsi, hayoti va ijodi haqida ilgari oʻqimagan, eshitmagan qiziqarli maʼlumotlarni, shoirning asarlari yaratilish jarayonlarini, xususan, Dante Aligyerining "Ilohiy komediya" asarining "Doʻzax" qismini tarjima qilish tarixini hikoya qilib berishdi. Bugungi kunda mamalakatimizda adabiyotga yuksak eʻtibor berilayotgani, bevosita Prezidentimiz tomonidan adabiyot ahliga gʻamxoʻrlik qilinayotgani, buning yaqqol misoli sifatida buyuk ijodkorlar nomida ijod maktablari ochilib, samarali faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi, xususan, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari erishayotgan yutuqlar eʻtirof etildi.

❇️ Ijodkor oʻquvchilarimiz Abdulla Oripovning "Oʻzbekiston - Vatanim manim" sheʻrini rus, ingliz, nemis, turk, tojik tillarida aytdilar va bu mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Mehmonlar maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq oʻzbek va jahon adabiyotiga oid kitoblar jamlanmasi tuhfa etishdi.

📚 Tadbir soʻngida mehmonlarga ijod maktabi nomidan ijodkor-oʻquvchilarning ijodiy ishlari jamlangan 2 ta sheʼriy bayozi hamda Abdulla Oripov sheʻrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlar diski sovgʻa qilindi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tashrif

❇️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga "Oltin qalam"gazetasining bosh muharriri, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning umr yo'ldoshi, shoira Nazira as-Salom va Buxoro viloyati Ma'rifat targ'ibotchilaridan bir guruhi tashrif buyurishdi.

❇️Mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida bo'ldilar. Tashrif davomida Nazira as-Salom xalqimizning atoqli shoirlari - Abdulla Oripov va Muhammad Yusufning hamkorlik rishtalari, ijodiy aloqalari haqidagi xotiralarni o'rtoqlashdi.
#Tashrif

🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga  O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tashrif buyurdi.

  Umida Teshabayeva Maktabgacha va maktab ta'limi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat axborot-kutubxona markazi,  Qarshi shahar bolalar axborot-kutubxona markazi hamda viloyatdagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablari kutubxonachilari uchun o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilish doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida kutubxonaning umumiy fondi, o'quvchilarning audiotaqdimotlari, elktron darsliklar, ilmiy -metodik adabiyotlar bilan, shuningdek, O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ham bo'lib , muzey eksponatlari bilan yaqindan tanishdi va o'z tavsiyalarini berdi.