Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.25K subscribers
11.9K photos
1.22K videos
96 files
3.62K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#maqola

🔰Behbudiya kutubxonasi: 114 yil avval Samarqandda ochilgan, kuniga 14 soatlab ishlagan va… qarovsiz qolib yopilgan.

maqolani_oʻqish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Besh_tashabbus
#Voleybol

🔰 Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🎗Shu ma'noda, to'garak rahbari M.Shoymardonova boshchiligida ijod maktabining 8-sinflar o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo'lib o'tdi va yakunda do'stlik g'alaba qozondi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 5-fevralgacha davom etadi.

Quyida tanlov
Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📩 [email protected]

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Taqdimot

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini 2022-2023-o'quv yilida tugatgan, bugungi kunda O'zbekiston jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi - Norqulova Marjona "El-yurt umidi" jamg'armasi 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovida
eng yuqori natijalardan birini qayd etgan.

📚Bugun ijod maktabi kutubxonasida Marjona Norqulova maktabning 10-11-sinf o'quvchilari uchun "El-yurt" jamg'armasi faoliyati haqidagi taqdimoti o'tkazildi.

Taqdimotda jamg'armaga ariza topshirish tartibi, tanlov jarayoni, xorijiy oliy ta'lim muassasalarda tahsil olish imkoniyati haqida so'z bordi.


⚡️Ta'kidlash joizki, Marjona AQShning Cincinnati universitetiga o'qishga qabul qilindi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari Tursunova Gulasal, Boymurodova Madina, Nasrillayeva Maftuna, Xushvaqtova Irodalar "Qashqadaryo TV"ning "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.

🎥 Dastur davomida o'quvchilarimiz yutuqlari, qiziqishlari, maktab faoliyati, dars jarayonlari haqida so'z yuritishdi.

Ta'kidlash joizki, ijod maktabi va viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Unga ko'ra, o'quvchilarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularning jurnalistika, montaj, radio, dasturlash, diktor va muharrirlik kabi kasblarga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda mashg'ulotlar o'tkazilib borilmoqda.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube