Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.36K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat

🔰Qarshi shahridagi "Yoshlar markazi"da o‘quvchilar o‘rtasida “Ayoz o‘tmoqda soz” turniri bo'lib o'tdi. Ushbu turnirda umumiy o‘rta ta'lim maktablari, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda o‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.

Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o'quvchilaridan tarkib topgan "Legends" jamoasi ham munosib ishtirok etib, 3-o'rinni qo'lga kiritdi!


Yakuniy natijalarga koʻra
:


🥇- oʻrin "Universam" jamoasi;
🥈- oʻrin "Uzbek power" jamoasi;
🥉- oʻrin "Legends" jamoasi (Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari).


🏆 Gʻolib va sovrindorlar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Smart watch" va kitoblar toʻplami bilan taqdirlandilar
.

🎊O'quvchilarimizni mazkur yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz!


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Bolam tutsin desang donolik yo'lin, kichiklikdan tegiz bilimga qo'lin.

✍️Yusuf Xos Hojib

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Forwarded from Qashqadaryo 24/7 (Хусан Комилжонов)
⚡️Қашқадарё мактабларида информатика фанидан олимпиада ўтказилади. Ғолибларга халқаро олимпиадаларга қатнашиш учун шароит яратилади

2023/2024-ўқув йили якунига қадар информатика фани бўйича 5-8 синф ўқувчилари ўртасида “мактаб-туман-вилоят“ босқичида олимпиадалар ташкил этилсин ва энг иқтидорли 50 нафар ўқувчиларни саралаб олиб, халқаро олимпиадаларга тайёрлаш ишлари бошлансин - вилоят ҳокими қарори.

https://t.iss.one/qarshiliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_vebinar

🔰Avval xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari tizimdagi barcha maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o'tkazilmoqda.

Mazkur vebinarda pedagog xodimlarga ta'limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o'quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta'limni tashkil etish bo'yicha metodik yordam ko'rsatish nazarda tutilgan.

✔️Bugun vebinarda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining barcha pedagog xodimlari ishtirok etib, trener Adiba Parpiyevaning "Loyiha ishi va uning fanlararo integratsiyasi" nomli darsni tinglashdi va zarur bilim hamda ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

🔰Bugun, ya'ni 10-yanvar kuni Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zbekiston FA akademigi (1943).


📚 «Tuyg‘ular» (1926), «Ko‘ngil naylari» (1929), «Mash’al» (1932) she’riy to‘plamlari, «Dilbar — davr qizi» (1932), «Uch» (1933), «Baxtigul va Sog‘indiq» (1934), «Qahramon qiz» (1936), «Gulnoz», «Kamonchi», «Navoiy» (1937) singari dostonlar yozgan.

Nasriy merosi 5 roman («Qutlug‘ qon», 1940; «Navoiy», 1942; «Quyosh qoraymas», 1943-59; «Ulug‘ yo‘l», 1967; «Oltin vodiydan shabadalar», 1949), 4 qissa («Shonli yo‘l», «Nur qidirib», «Bolalik xotiralarim» va «Bola Alisher») hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Pushkinning «Yevgeniy Onegin», Lermontovning «Maskarad», Molerning «Tartyuf» dramalarini tarjima qilgan.

✔️Oybek «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2001).

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#10_yanvar_Oybek_tavallud_topgan_kun

Abdulla Oripov

OYBEK HAQIDA QOʻSHIQ


Qalbi pok mardona elning,
Sen aziz farzandisan.
Ganju mulkka bergisiz el,
Gavhari, dilbandisan.
Har kalimang maʼrifatning
Ufqida oydek toʻlib,
El aro topding sharaf sen,
Ustoz Oybek boʻlib.
Shan hayoting odamiylik
Xayru soflikdan nishon,
Chaqnadi sheʼringda nurli
Eʼtiqod birlan imon.
Goh Navoiy suhbatingda,
Goh Torobiy, Yoʻlchi goh,
Sen sevikli davrim oʻgʻli
Begumon, beishtiboh.
Xizmatingdan, hikmatingdan
Elu yurt mangu rizo,
Oʻchmagay, noming asrlar
Soʻngidan bergay sado.

1986

✍️ Abdulla Oripov


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Hayrat_manzili

Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning Abdulla Oripovga Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligi uchun bergan tavsiyanomasi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#onlayn_vebinar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.

Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.

Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maroqli_taʻtil

✔️Ta'til - bu madaniy hordiq chiqarish, shu bilan birga, o'quvchilar uchun qo'shimcha imkoniyat hamdir. Bu paytda ular darsdan tashqari qiziqishlari, turli va yangidan-yangi soha hamda yo'nalishlarga ko'proq vaqt ajratib, shug'ullanishadi.


Shu ma'noda, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining nafaqat o'quvchilari, balki o'qituvchilar ham qishki ta'tildan unumli foydalanaib, turli tanlov va olimpiadalarda faol ishtirok etishmoqda, turli loyihalar ustida g'ayrat bilan ishlashmoqda.

🎥 Bu haqda batafsil quyidagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Harakatsizlikda baxt yoʻq.

✍️Fyodor Dostoyevskiy

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Toʻgaraklar_faoliyatidan
#infografika

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dars mashg'ulotlari va zamonaviy to'garaklardan so'ng 10 ta fan to'garaklari faoliyat yuritadi
.

✔️Bundan tashqari sport, kitobxonlik hamda o'quvchilarning qiziqishlari asosida shakllantirilgan, ularni kasb-hunarlarni egallashlariga qaratilgan to'garaklar ham faoliyat olib bormoqda.

📊Ushbu infografika orqali ijod maktabidagi fan to'garaklari haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli savollar asosida tashkil etilgan ushbu intellektual o'yinda "Internal" va "Yangi yulduzlar" jamoalari bir xil 14 ball to'plab, 1-o‘rinni egallashgan bo'lsa, "Zukkolar" jamoasi 13 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Jami 12 ball to‘plagan "Kameta" jamoasi esa 3-o‘rinni band etdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram