#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Davomi
🔰Avval xabar berganimizdek, bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Ilm - saodat kaliti” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq”hamda ijod maktabi tashkil etilganligining 7 yillik tantanalari o‘tkazildi.
✅ Tadbirda bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, faxriy ustozlar, Qarshi shahridagi Prezident maktabi direktori Dilshod Farmonov, "Yurt tarovati" gazetasi bosh muharriri Nasiba Ibragimova, "Tabassum" MFY faollari, DXX mutaxassislari ham ishtirok etishdi.
✔️Bayramona dasturi 9-11-sinf oʻquvchilari tomonidan tayyorlandi. Dasturda milliy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos boʻlgan badiiy kompozitsion sahna koʻrinishlari bugungi kun bilan hamohang holda namoyish etildi.
⚡️Quvonarlisi, "Ijodiy" toʻgarak rahbari Temirpoʻlat Tillayev tashabbusi bilan nashr etilgan, ijodkor oʻquvchilarning ijodiy mashqlari jamlangan bayoz taqdim etildi. Shu bilan birga, T.Tillayev oʻz hisobidan 3 nafar ijodkor-oʻquvchining ijodiy mashqlarini alohida toʻplam holida va maktabning ijodkor oʻquvchilari jamlangan 2 ta bayozni 100 dan ortiq nusxada chop ettirib, ijod maktabiga taqdim etdi!
📚2023/2024-oʻquv yilida maktabimizni 18 nafar oʻquvchi bitirmoqda, ulardan 2 nafari muddatidan oldin talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻldi. Oʻquvchilarimizning barchasi ham xorijiy, ham milliy sertifikatlarga ega.
🎊 Farzandi ta'lim-tarbiyasiga befarq bo'lmagan, maktab bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yib, doimiy aloqada bo'lgan ota-onalar "Eng faol ota", "Bilimli qiz onasi", "A'lochi o'quvchi otasi", "Eng mas'uliyatli ota-ona", "Jonkuyar ona" nominatsiyalarida taqdirlandilar.
🔥 Bitiruvchi o'quvchilar tomonidan 10-sinf o'quvchilariga ramziy estafeta statuetkasi topshirildi
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram