Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tanlov_ģoliblari
#Ertalabki_saflanish

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Ertalabki saflanish"kòtarinki kayfiyatda òtkazildi.

❇️"Ertalabki saflanish"da ijod maktabining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bòyicha direktor òrinbosari Yoqutoy Jamolova va ixtisoslashtirilgan fanlari bòyicha direktor òrinbosari P.Jòrayev "Tong nafasi" tanlovining 1 -bosqichi ģoliblarini taqdirladilar.

✳️Shuningdek, hafta davomidagi òquv-tarbiyaviy tadbirlar rejasi bilan tanishtirildi.

👉Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
#Ertalabki_saflanish

🔰Har dushanba kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
ertalabki saflanishda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi. Bugun ham bir qator masalalar tilga olindi.

✔️Avval xabar berganimizdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostidagi videoroliklar tanlovining umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'rtasida 1-o‘rinni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya egallagandi.

✔️Shu munosabat bilan maktab direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taqdim etilgan sertifikat hamda kitoblar to‘plamini Yusupova Shodiyaga topshirdi, shuningdek, 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kunga bag'ishlab o'tkazilgan maktab o'quvchilari o'rtasidagi shaxmat musobaqasi g'oliblari ham taqdirlandi.

🎯Bizni kuzatib boring: https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
#Ertalabki_saflanish

🔰Har dushanba kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
ertalabki saflanishda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi. Bugun ham bir qator masalalar tilga olindi.

❇️ Ertalabki_saflanishda maktab ma'muriyati, barcha sinf rahbarlari va o'quvchilar ishtirok etishdi.

✔️Ijod maktabining o'quv ishlari bo'yicha direktori o'rinbosari Javohir Sharipov o'quvchilarning bugungi kunda oldida turgan vazifalari, tartib-intizom, ichki monitoring, umuman olganda, o'quvchilarning darslarga puxta tayyorgarlik ko'rishlari lozimligini yana bir bor uqtirib o'tdi.

O'z navbatida, maktab direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova o'tgan hafta davomida bir qator tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarni taqdirlab, ularni yutuqlari bilan tabrikladi.

🥇Quvonarlisi, 9-sinf o'quvchisi Maftuna Narsillayeva Qozog'iston Respublikasi Turkiston shahrida "Qo'sh qanot" ijod fondi tomonidan o'tkazilgan xalqaro tanlovda g'olib bo'ldi.

🏆Shuningdek, 8-sinf o'quvchisi Arjumand Ma'murova Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o'tkazilgan "Har kuni bir kitob" ko'rik-tanlovining faol ishtirokchisi bo'ldi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

📌Maktabda buyuk ajdodlarimiz - Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga bag'ishlab ijodiy ishlar tanlovi o'tkazilgandi. Saflanish davomida Alisher Navoiy ijodiy tanlovi g'oliblari o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari va diplom bilan taqdirlanishdi.

⚡️Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlab o'tkazilgan ijodiy tanlov g'oliblari bilan tanishing:
Nazm va nasr yo'nalishida:
🥇1-o'rin - 7-sinf o'quvchisi Malikabonu O'roqova
🥈2-o'rin - 9-sinf o'quvchisi Farangiz Hayitova
🥉3-o'rin - 7-sinf o'quvchisi Dilshod Mamatov

🇺🇿Tadbir so'nggida davlat Madhiyasi sadolari ostida bayrog'imiz ko'tarildi.

📚Ma'lumot uchun: Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlab o'tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi g'oliblari ertaga shoir ijodiga bag'ishlab o'tkaziladigan mushoira kechasida taqdirlanadilar.

📌Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰Har dushanba kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida
ertalabki saflanishda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi.

❇️ Bugun 2022-2023-o'quv yilidagi so'nggi "Ertalabki saflanish" bo'lib o'tdi. Unda maktab ma'muriyati, barcha sinf rahbarlari va o'quvchilar ishtirok etishdi.

💥Ijod maktabi direktori v.v.b. Yoqutoy Djamalova va direktor o'rinbosari Javohir Sharipov tomonidan bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun o'tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi, har bir sinf rahbarining yillik hisobotlari va unda o'quvchilarning yutuq va kamchiliklari, mavjud muammolar, ularning hal etilishi bo'yicha kerakli tavsiyalar aytildi.

✔️Shuningdek, o'quvchilarning darsliklari ahvoli hamda ularning topshirilishi bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shu bilan birga, "So'nggi qo'ng'iroq"ni o'tkazish tartibi va qoidalari haqida aytib o'tildi.

📚"Ertalabki saflanish"da iqtidorli o'quvchilarning ko'rik-tanlov va tadbirlardagi ishtiroki e'tirof etildi. Muhammad Yusuf ijod maktabi tomonidan o'tkazilgan "Ulug'imsan, Vatanim" tanlovida 2-o'rinni egallagan 8-sinf o'quvchisi Boyqobilov Hikmatbek diplom va estalik sovg'alari bilan, shuningdek, Boymurodova Laylo, Abdurasulov Javohirlar estalik sovg'alari- o'zbek va jahon adabiyoti durdonalari - kitoblar bilan taqdirlandilar.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni
ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi. Bugun yangi o'quv yilidagi ilk saflanish bo'lib o'tdi.

📚Unda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Maktab rahbariyati dunyo va mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan o'quvchilarni tanishtirdi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, o'quvchiga qo'yiladigan vazifa va majburiyatlar, yotoqxonadagi tartib-intizom haqida tushunchalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida dushanba, ya'ni bugun
ertalabki saflanish bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, tarbiyachilar va o'quvchilar qatnashishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

📚Dastavval sinf rahbarlari dunyo va mamlakatimizning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan o'quvchilarni tanishtirdi.

🎊Maktab direktori Yoqutoy Djamalova Agentlik tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” turnirining viloyat hududiy bosqichida 1-o'rinni qo'lga kiritgan "Nasaf" jamoasi, ya'ni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-10-11-sinf o'quvchilaridan iborat yetti nafar jamoa a'zolariga o'z hisobidan pul mukofotlarini topshirdi.

Hafta davomida maktab faoliyatidagi yutuqlar, yangiliklar va bir hafta davomida bajarilishi zarur bo'lgan ishlar belgilab olindi.

✔️Shuningdek, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari, tarbiyachilar tomonidan qat'iy nazorat etilishi yuklatildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni
ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

Saflanishda chorak davomida o'z bilimi, iqtidori bilan o'rnak bo'la olgan "Eng bilimdon sinf"- 9- "A" sinf" hamda "Eng bilimdon o'quvchi" - 9-sinf o'quvchisi Davronova Zahro taqdirlandilar.

📚Unda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari ishtirok etishdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Dunyo va mamlakatimizning siyosiy va ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan tanishtirildi. Shuningdek, maktabning ichki tartib-qoidalari, o'quvchiga qo'yiladigan vazifa va majburiyatlar, yotoqxonadagi tartib-intizom haqida tushunchalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni
ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Hafta davomida maktab faoliyatidagi yutuqlar, yangiliklar va bir hafta davomida bajarilishi zarur bo'lgan ishlar belgilab olindi.

Saflanishda "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" va "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusidagi tanlovlar g'oliblari faxriy yorliq esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Sheral To'rayev tomonidan 7-sinflar o'rtasida o'tkazilgan olimpiada g'oliblari ham pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.


📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni
ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Saflanishda o'tgan hafta davomida o'quvchilar erishilgan yutuqlar, xususan, xalqaro sertifikatlar qo'lga kiritishda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan o'quvchilar maktab rahbariyati tomonidan e'tirof etildi.

❇️ Kelgusi rejalar belgilab olindi. 3-chorak yakunida bo'lib o'tadigna CHSB imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar berildi.

✔️Ayniqsa, o'quvchilarimizning STEAM fanlari bo'yicha o'tkazilgan olimpiadada yaxshi natijalarni qayd etishgani e'tirof etildi. Xususan, 8 "B"-sinf o'quvchisi Musurmonova Zarina ushbu olimpiadada faol ishtirol etgani uchun matematika fani o'qituvchisi Hamdamova Fayoza tomonidan pul mukofoti bilan rag'batlantirilgani e'tirof etildi. Mukofotni maktab direktori Yoqutoy Djamalova topshirdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰An'anaga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni
ertalabki saflanish bo'lib o'tadi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda yangi haftadagi rejalashtirilgan ishlar bayon etiladi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Saflanishda O'zbeksiton Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi va turli adabiy kechalar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, "Mahorat dars"larini o'z ichiga olgan "Adabiyot haftaligi" e'lon qilingani ta'kidlandi.

❇️ Kelgusi rejalar belgilab olindi. 3-chorak yakunida bo'lib o'tadigna CHSB imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar berildi.

✔️O'tgan hafta davomida erishilgan yutuqlar, xususan, ijod maktablari o'rtasida o'tkazilayotgan "Ijodiy olimpiada"ning maktab bosqichi g'oliblari taqdirlandi. Ayniqsa, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi tomonidan taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida o'tkazilgan “Vafo kuychisi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi Madinabonu Abdurashidova videorolik yo‘nalishi bo‘yicha 3-o'rinni qo'lga kiritgani e'tirof etildi. Jizzax ijod maktabi tomonidan yuborilgan sovg'alarni maktab direktori Yoqutoy Djamalova topshirdi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 3-chorakda o'tkazilgan so'nggi
ertalabki saflanish bo'lib o'tdi. Unda bir hafta mobaynida o'tkazilgan tadbirlar, tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda keyingi rejalashtirilgan ishlar bayon etildi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Saflanishda Agentlik tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkazilgan STEAM fani olimpiadasida informatika fanidan faxrli 1,2,3-o'rinlarni egallagan o'quvchilar - Omonov Azizbek, Azamat Eshmurudov, Diyor Saidjonov va Ismatullayev Eldur diplom bilan taqdirlandilar. Endilikda ular olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

📚Shuningdek, ijod maktabida har chorakda 7-8-sinflar o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan ona tili va adabiyot olimpiadasida faxrli o'rin olgan o'quvchilar ijod maktabi o'qituvchilari - Sh.To'rayev, D.Shodmonova va M.Olimjonovalar tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

🏆G'oliblarimiz bilan tanishing:

📌Ona tili va adabiyot fanidan maktab olimpiadasining fevral oyi natijalari

7-sinflar:

1-o'rin Kamolova Charos;
2-o'rin Hamidova Munira;
3-o'rin Elmurodova Shabnam.

8-sinflar:

1-o'rin Musurmonova Zarina;
2-o'rin Mengliyeva Xolida;
3-o'rin Baxtiyorova Fotima.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

🔰Bugun ertalab Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi foyesida
ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.

Saflanishda o'tgan hafta davomida o'quvchilar erishilgan yutuqlar, xususan, oʻquvchilarimiz Fargʻonada oʻtkazilgan ijodiy olimpiada va Sirdaryo viloyatida "Turon yoʻlnbarslari" respublika tanlovida faol ishtirok etishgani taʻkidlandi.

✔️ Sirdaryo viloyat hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi sovgʻlari, shuningdek, Muhammas Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan H.Boyqobilovga esdalik sovgʻalari va kitoblar jamlanmasi topshirildi. Ularning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilandi.

❇️ Kelgusi rejalar belgilab olindi. Chorak yakunida bo'lib o'tadigna CHSB imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar berildi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

IJOD MAKTABIDA O'QUV YILINING OXIRGI "ERTALABKI SAFLANISH"I BO'LIB O'TDI.

🔰 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida har dushanba kuni "
Ertalabki saflanish" da bir hafta mobaynida o'tkazilgan tanlovlar, musobaqalar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili o'tkaziladi.

❇️ Bugun 2023-2024-o'quv yilidagi so'nggi "Ertalabki saflanish" bo'lib o'tdi. Unda maktab ma'muriyati, barcha sinf rahbarlari va o'quvchilar ishtirok etishdi.

Ijod maktabi rahbariyati tomonidan choraklik summativ baholash jarayonlari, bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun o'tkaziladigan yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi, har bir sinf rahbarining yillik hisobotlari va unda o'quvchilarning yutuq va kamchiliklari, mavjud muammolar, ularning hal etilishi bo'yicha kerakli tavsiyalar aytildi.

💥Joriy yilning 19-may kuni Qashqadaryo viloyat "Zakovat" klubi tomonidan o'tkazilgan intellektual olimpiadaning yil sarhisobida 1-o'rinni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritgan "Zakovat" kubogi sohiblari - ijod maktabi jamoasi e'tirof etildi.


"Ijodiy to'garak" a'zolarining viloyat va respublika nashrlarida ijodiy ishlarining chop etilganligi ijodkor o'quvchilar uchun katta rag'bat ekanligi ta'kidlandi.

📚"Ertalabki saflanish"da iqtidorli o'quvchilarning ko'rik-tanlov va tadbirlardagi ishtiroki haqida ma'lumot berildi. Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi tomonidan o'tkazilgan "Vatan bayrog'i" ijodiy ishlar tanlovida faxrli 1, 2, 3-o'rinlarni egallagan 5 nafar 8,10-sinf o'quvchilari - Hayitova Farangiz, Esonova Zemfira, Umrzoqova Gulsevar, Raimova Durdona, Panjiyeva Gulruh e'tirof etildi. Shuningdek, o'quvchilarga "So'nggi qo'ng'iroq" ni o'tkazish tartibi va qoidalari haqida aytib o'tildi.

⚡️Saflanishda O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etilib, davlatimiz bayrog'i ko'tarildi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ertalabki_saflanish

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2024-2025 o'quv yilining dastlabki "Ertalabki saflanish" bo'lib o'tdi. Unda maktab rahbariyati, o'qituvchilar, sinf rahbarlari va o'quvchilar qatnashishdi.
🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'imiz ko'tarildi.
Dunyo va mamlakatimizning siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi so'ngi yangiliklar bilan o'quvchilarni tanishtirildi.
⚡️So'ng ta'til davomida va hafta davomida erishilgan yutuqlar e'tirof etildi. Sinf rahbarlariga tashakkurnoma bildirildi.

Bir hafta davomida bajarilishi zarur bo'lgan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar sinf rahbarlari, fan o'qituvchilari, tarbiyachilar tomonidan qat'iy nazorat etilishi ta'kidlanib, ichki tartib-intizom, odob-axloq qoidalari har bir sinfda o'rganilishi asosiy vazifa etib belgilandi.
#Ertalabki_saflanish

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "
Ertalabki saflanish"da tanlov g'oliblari va ishtirokchilari rag'batlantirildi.

🇺🇿O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan turli yo'nalishdagi tanlov ishtirokchilari rag'batlantirildi. Shuningdek, hafta davomida erishilgan yutuqlar e'tirof etildi.

O'quvchilarga ijoddan to'xtamaslik, o'z ustida ko'proq izlanish zarurligi ta'kidlanib, Zomin ishtirokchilari e'tirof etildi.

Maktab "Zakovat "klubi koordinatori Ravshan Xolov va klubning liderlaridan , 11-sinf o'quvchisi Abror Axmedov yangi loyiha haqida ma'lumot berdilar.

🇺🇿Davlat Madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i ko'tarildi.


❇️ Kelgusi hafta rejalari belgilab olindi. 1-chorak yakunida bo'lib o'tadigna CHSB imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko'rish bo'yicha vazifalar berildi.
#Ertalabki_saflanish

🔰Bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 2-chorakdagi dastlabki "
Ertalabki saflanish" bo'lib o'tdi. Unda 1- chorak davomida o'tkazilgan turli tanlovlar, dars va to'garak mashg'ulotlari va boshqa masalalar tahlili hamda keyingi rejalashtirilgan ishlar maktab rahbariyati tomonidan bayon etildi.

Saflanishda "O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Eng yaxshi esse" , "Eng yaxshi notiq", "Eng yaxshi she'rxon" tanlovi g'oliblariga Faxriy yorliq va estalik sovg'alari topshirildi.

❇️ Shuningdek, Germaniya davlatidа o'tkazilgan onlayn tanlovda "Kompyuter grafikasi" to'garagi a'zolari Sertifikat va sovg'a bilan taqdirlandilar.

📚Ijod maktabida har chorakda o'tkaziladigan ona tili va adabiyot olimpiadasida faxrli o'rin olgan o'quvchilar - Gulmurodova Marg'iyona (1-o'rin), Qalqonova Zumrad (2-o'rin), Ahmadova Madina (3-o'rin) ustozlari tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi, davlatimiz bayrog'i ko'tarildi.