Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Bir_kuni
She’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?
Ustoz Ozod Sharafiddinovning ashaddiy shaxmatchi ekanini yaxshi bilgan bir muxlis kunlardan bir kun ustozdan so‘rab qoldi:
− Aytingchi, ustoz, Siz raqiblaringiz yurar-yurmasidan javob berasiz. Aytingchi, shu o‘yinda nechta yurishni oldindan ko‘rib turasiz?
Ozod aka shaxmat taxtasidan bir zum ko‘z uzib, shunday javob qilibdi:
− Bir kuni ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripovdan so‘radim. Davralarda mumtoz ijodkorlarning mashhur she’rlarini yoddan aytasiz. O‘zingizning she’rlaringizni ham hamisha yoddan o‘qiysiz. O‘z she’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?
Shoirimiz bu savolimga shunday javob berdi:
− Yozganlarimning deyarli barchasini, hali yozib ulgarmaganlarimning esa yarmisigacha yoddan bilaman. Shunga o‘xshatib aytsam, shaxmat partiyasining oxirigacha, keyingi partiyadagi yurishlarning esa yarmisigacha yurishlarni aniq ko‘rib turaman.
Sh. Otabek
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Abdulla Oripov Yaponiyada…
Abdulla Oripov Yaponiyaga safar chog‘ida poyabzal do‘koniga kiribdi:
Mahsulotlarni ko‘zdan kechirar ekan, yonidagi tarjimondan mahsulot sifatini so‘rabdi. Bu suhbatni tinglab turgan do‘kon egasi Abdulla Oripov qo‘lidagi ayoqmuyumni jahl bilan olibdi-yu peshtaqtaga qo‘yibdi. Abdulla Oripov: bu rivojlangan davlat bo‘lsa, bu yerda sifatsiz mahsulot bo‘lmaydi, deb xayolidan o‘tkazibdi. Shunda do‘kon egasi bu harakatini izohlab:
– O‘z tilini sotganga, narsa sotmayman degan ekan.
Izoh: Abdulla Oripovni do‘kon egasi yopon deb o‘ylagan.