Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.35K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Tanlovga

Ona tilim
Necha zamin tegrasida azob chekding, oh urding,
Nokaslar tovonida tuproqdayin topdalding.
Bobolarim etagin tutib xuddi boladek,
Õz baxting,xalqing uchun gõyo qayta tuğilding.

Seni shonli tarixin sõzlash har kas osonmas,
Ona tilim chõldagi tikonli bir xazonmas.
Yuksaladi toğdayin, jilvasi kõzni olar,
Qalbimdagi bitiklar bir sen uchun bitilar.

Yengding qancha sinovni ,barisi qoldi ortda
Endi shohsan mustaqil,porla yetti iqlimda.
Parvoz ayla,yoy quloch kõzlarda marjon lim-lim,
Meni bugun-u,ertam õzingsan Ona tilim!

✍️Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi
Narsillayeva Maftuna
#Tanlovga

Ona tilim—mening faxrimdir

O'tmishingga tashlasam nazar,
Xayollarim shamoldan o'zar.
Yangi asr avlodi yozar:
Ona tilim—mening faxrimdir.

Tarix bo'sag'asidan o'tding,
Qancha og'ir dardlarni yutding.
Garchand ulug' boshing tik tutding,
Ona tilim—mening faxrimdir.

Buguningga yuzlansam asta,
Yuksalganing ko'rdim birpastda.
Dushmanlarning o'zlari pastda,
Ona tilim—mening faxrimdir.

G'urur ila tilga olarman,
Har bir so'zing dilga solarman,
Butun umr senda qolarman.
Ona tilim—mening faxrimdir!

✍️Ijod maktabining 10 "B"-sinf o'quvchisi Raimova Durdona
#Tanlovga

ONA TILIMGA
Zabonlar aytsa gar so'zning qadrini,
Navoiy so'z ichra tanladi gulin.
Qatra yoshlar bo'lib Cho'lpon ko'zida,
Tirildi o'zbekning o'z ona tili.

Hali bashariyat yengil uyquda,
Bilmasdi neligin harf-u imloni.
Sen ustodi bo'lib uning qo'liga,
Tutding Nodiraning o'tli qalamin.

"Kechir"- deya Muhammadlaring
Bulbul bo'ldi Abdulla Orif
Tunlar senga xatlarin bitib,
Muhabbat qarida qoldi Majnuning.

Onam bedor senda  aytdi allasin,
Durdek terib orzularin shodasin.
O'z tili bor mag'rur o'zbek bolasi,
Ona tilim,sen yurtim madhiyasi.
    
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabining 10"B"-sinf  o'quvchisi Umirzoqova Gulsevar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi o'tkazildi.

7-sinf o'quvchisi Abdumajidov Shahobiddin tayyorlagan videorolik.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan "Hurfikrli Jadidlar" nomli videoroliklar tanlovi uchun ijod maktabining 8-sinf o'quvchisi Rustamov Jasurbek tayyorlagan videorolik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi o'tkazildi.

8-sinf o'quvchisi  Rustamov Jasurbek tayyorlagan videorolik.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
3-renessans.apk
15.3 MB
#Tanlovga

🔰Avval xabar berganimizdek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi e'lon qilingandi.

📲 Quyida 8-sinf o'quvchisi Elmurudov Mirali tomonidan tayyorlangan mobil ilova bilan tanishishingiz mumkin.

🖥 Ushbu havola esa kompyuter variant uchun: https://3-renessans-yoshlar-nigohida.netlify.app/

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlovga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida "Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans" g'oyasi asosida yoshlarda Vatan va millat taqdiriga mas'ullik hissini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida "Uchinchi Renessans - yoshlar nigohida" mavzusida loyihalar tanlovi e'lon qilingandi.

🖥 Quyidagi havola orqali 8-sinf o'quvchisi Ernazarov Sherbek tomonidan tayyorlangan veb-sayt bilan tanishishingiz mumkin:

https://uchunchi-renessans-yoshlar-nigohida.netlify.app/

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Tanlovga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida o'quvchilar ongida mustaqillikka sadoqat, zamonaviy tafakkur tarzi va yangiliklarga intilish tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish yo'lida "Yangi avlod jadidlari" elektron platformasi mobil ilovasini yaratish bo'yicha tanlov e'lon qilingandi.

🖥 Quyidagi havola orqali 10-sinf o'quvchisi Sa'dullayev Sarvar tomonidan tayyorlangan veb-sayt bilan tanishishingiz mumkin:

https://yangi-avlod-jadidlari.netlify.app/

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Yangi avod jadidlari.html
17.4 MB
#Tanlovga

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yanvar - axborot texnologiyalari oyligi" doirasida o'quvchilar ongida mustaqillikka sadoqat, zamonaviy tafakkur tarzi va yangiliklarga intilish tuyg'ularini kuchaytirish maqsadida "Jadidchilik - yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish yo'lida "Yangi avlod jadidlari" elektron platformasi mobil ilovasini yaratish bo'yicha tanlov e'lon qilingandi.

🖥 Quyidagi havola orqali 8-sinf o'quvchisi Ismatullayev Eldurbek tomonidan tayyorlangan mobil ilova bilan tanishishingiz mumkin.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram